press

press

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 10 nafar bitiruvchilari Samarqand shahridagi Hilton Garden INN mehmonxonasida o‘z amaliyotlarini yakunlab maxsus sertifikatga ega bo'lishdi. Bitiruvchilarimiz bir oy mobaynida universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Quvonarlisi, mehmonxona ma’muriyati bitiruvchi talabalarimizdan 3 nafarini bilan mehnat shartnomasi imzoladi.

Bugun 22-aprel kuni Koreyaning Kvanju shahri, Kvansan-gu tumani mahalliy Kengashi raisi Pak Byun Kyu va ushbu hududda joylashgan Honam universiteti rektori janob Park Sang Cheol boshchiligidagi rasmiy delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni oliygohimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. D.Nasimov kutib oldi and delegatsiya a’zolari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida universitet tarixi, yo‘lga qo‘yilgan o‘quv tizimi va xorij bilan o‘rnatilgan hamkorlik xususida ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek Kvansan-gu tumani mahalliy Kengashi raisi janob Pak Byung Kyu tumanda yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, oliy ta’lim muassasalari xususan Honam universitetida mavjud ta’lim yo‘nalishlari haqida ishtirokchilarga  ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Koreyaning Honam universiteti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-19-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan “O‘zbekshunoslik” kafedrasini tashkil qilish yuzasidan anglashuv memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun: Honam universiteti 1978 yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda 40 dan ortiq ta’lim yo‘nalishida 9200 nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Ahamiyatlisi, ushbu universitetda O‘zbekistondan borib ta’lim olayotgan talabalar soni ham anchaginani tashkil qiladi.

Joriy yilning 20-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari, abiturientlar uchun “Ta’lim forumi” o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida so‘z olganlar bu kabi tadbirlar yoshlarning oliy ta’lim muasassalariga o‘qishga kirishi uchun qulay imkoniyat ekanligi xususida gapirishdi.  Ta’lim forumi ko‘rgazma shaklida tashkil qilinib unda nafaqat yurtimizdagi oliy ta’lim muasassalari balki Kanada, Rossiya, Polsha, Yaponiya, Bolgariya kabi davlatlardagi nufuzli universitetlar vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Ta’lim forumida ko‘plab bitiruvchi o‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib mahalliy va xorijdagi oliy ta’lim muasassalari haqida to‘liq ma’lumotlar olishdi.   

Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida respublika o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi.

Mazkur o‘quv-seminarda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etishdi. Ushbu seminarning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning mustahkam asosini yaratish va bu yoʻlda esa oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni belgilab olish  va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Ikki kunlik seminar mazmunan boy, tajriba almashishga, samarali ish faoliyatini tashkil etishga katta zamin yaratdi. Anjumanning ikkinchi kunida Buxoroning tarixiy obidalari bo‘ylab tashkil etilgan sayyoxat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova ham  ishtirok etdi va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

2024-yil 22-aprel kuni respublikamizda “Xalqaro yer kuni” nishonlanadi.  Shu munosabati bilan, joriy yilning 18-aprel kuni “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan  “Yer  sayyorasini  asrash”ga  qaratilgan  talabalar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbir davomida oliygoh Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova talabalarga Butunjahon Yer kuni dunyodagi eng yirik dunyoviy bayram sifatida e’tirof etilishi, bu sananing ahamiyati, toza atrof-muhit uchun kurashish ishtiyoqi dunyoda kundan-kunga ortib borayotgani to’grisida gapirdi. Shuningdek,  talabalarni Butunjahon Yer kunida   daraxt ko‘chatlarini ekishga va ona tabiatimizni asrab avaylashda o‘z hissalarini qo‘shishini va turli belgilanmagan joylarga turli chiqindilarni tashlab ketmaslikka chaqirdi.

Juma, 19 Aprel 2024 09:23

E’LON

Alimardonova Zebuniso Mamarajabovnaning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha «SURXONDARYO VILOYATINING TURIZM RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 27-aprel kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Chuncheongbuk-do provinsiyasining gubernatori Kim Yong Xvan boshchiligidagi delegatsiya bugun 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni  universitetimiz birinchi prorektor D. Nasimov kutib oldi va universitet faoliyati, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, muvaffaqiyatlar xususida gapirdi. Ma’lumki bugungi kunda oliygohimiz Koreya Respublikasining qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Uchrashuvda  delegatsiya rahbari, gubernator Kim Yong Xvan Chuncheongbuk-do provinsiyasidagi talabalar uchun imkoniyatlar, hududdagi oliy ta’lim muasassalari, ularning faoliyati xususida to‘liq ma’lumot berdi. Ahamiyatlisi, delegatsiya tarkibida Chuncheongbuk-do provinsiyasining  ta'lim sohasida hamkorlik bo'yicha maxsus maslahatchisi Li Young Eun xonim, Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von, Semyung universiteti, Chungbuk provinsial universiteti va Chungbuk sog’liqni saqlash va fanlar universiteti vakillari tomonidan qator taqdimotlar o‘tkazildi. 

  

     Men ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga, xususan turizm sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlab beradigan universitetga kelganimdan juda xursandman. O‘zbekistonda bunda zamonaviy universitetning faoliyat yuritishi oliy ta’lim sohasining ulkan muavaffaqiyatidan dalolat beradi, biz ham kelajakda oliygohingiz bilan hamkorlik qilishdan benihoya xursandmiz, - deydi Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von.

 

     O‘zaro muloqotdan so‘ng “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Koreyaning Jungwon universiteti  rektori janob Xvan Yun Von va Semyung universitetlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumlari imzolandi.

18-aprel kuni Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi.

Ochilish marosimida BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Eisa Yusuf, BAA delegatsiyasi vakillari, mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirda nutq so‘zlagan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov ko‘rgazmaning ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

«Sharja qadimiy tarixga ega. Bu hududda ko‘plab eksponatlar topilgan. Ahamiyatli tomoni shundaki, bu topilmalarning 80 foizi ilk bor O‘zbekistonda ko‘rgazmaga qo‘yildi, — dedi vazir. — Ko‘rgazmadan Arabiston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar tarixi hamda Sharja Amirligining neolit davridan Islomgacha bo‘lgan davriga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalar o‘rin olgan».

Ochilish marosimida nutq so‘zlagan Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy esa O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining tarixi, madaniyati bir-biriga juda yaqin ekanligini qayd etdi.

«Sharja amirligi arxeologik topilmalari ko‘rgazmasining aynan O‘zbekistonda ochilgani o‘ziga xos ahamiyatga ega. Negaki ikki davlatning madaniyati, tarixi, e’tiqodi mushtarak», — dedi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy.

Ma’lumot uchun, Sharjadagi Mleyxa arxeologik yodgorligida saroy, istehkomlar, uylar va insonlar hamda hayvonlar qabrlari topilgan. Topilmalarning umumiy maydoni 3 kmga cho‘zilgan. Mleyxadan uzoq bo‘lmagan hududda esa arxeologlar oltin, kumush, bronza, temir, fil suyagi, alebastr, shisha va boshqalardan yasalgan, bezatilgan buyumlar ham topilgan. Bu buyumlarda qadimgi Misr, Yunon, Rim, Parfiya, O‘rta Osiyo, Hindiston madaniyati izlarini ko‘rish mumkin. Ko‘rgazma 22 maygacha davom etadi.

Joriy yilning 15-aprel sanasida Toshkent shahrida O’zbekiston va Tojikiston Respublikalari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi tashkil etildi. Forumda ishtirok etish uchun Tojikiston Respublikasi Ta'lim va fan vaziri boshchiligidagi Tojikiston Respublikasi Prezidentining Ijro apparati hamda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi mas'ul xodimlari, 18 ta Tojikiston OTMlari rektor va rrorektoglaridan ibogat delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi.

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti forum doirasida Tojikiston Respublikasining Tojiskiston milliy universiteti, Tojikiston davlat savdo universiteti hamda Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va san’at instituti bilan anglashuv memorandumlari imzoladi. Memorandumlardan ko’zlangan asosiy maqsad hamkor universitetlardan ko’proq almashinuv asosida xorijiy talabalar ulushini oshirish, universitetlar o’rtasida professor-o’qituvchilar amaliyotini xalqaro grantlarga qatnashish orqali oshirish hamda ikki davlat OTMlari o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada boyitishdan iborat.

Chorshanba, 17 Aprel 2024 10:48

Universitetimiz jamoasi uchun XUShXABAR!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet dotsenti Mustaev Kamol Turonovich professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.  Universitetimiz jamaosi fidokor va jonkuyar hamkasbimiz, professor Kamol Turonovichni ushbu ulkan muvaffaqiyati bilan muborak etamiz va kelgusidagi ilmiy va ijodiy ishlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz. Kamol Turonovich universitetimiz Siz bilan faxrlanadi. 

9 dan 72 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar