Ofis registratori

 

Ofis-registrator: 

Telefon: 

Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Ofis registratori – talabalar yutuqlarini ro’yxatga oladigan va akademik reytingni monitoring qilish va hisobot berishning barcha turlarini tashkil etadigan akademik xizmat. U universitetda o’quv jarayonini tashkil etish, talabalarning bilim darajasi va monitoringini nazorat qilish tizimi, akademik yozuvlarni ro’yxatga olish, shakllantirish va saqlash jarayoniga rahbarlik qiladi.

Ofis registratori bo’limining maqsadi – bakalavriat va magistratura dasturlari o’quv jarayonini tashkil qilish, o’tkazish va boshqarishdagi yuqori darajadagi ishonchlilik, samaradorlik va javobgarlikni ta’minlash. Maqsad va vazifalarning bir qismi sifatida ofis registratori akademik guruhlar va ro’yxatga olish guruhlarini yaratadi;

o’quv-uslubiy boshqarma va bo’limlarga dars jadvalini tuzish va pedagogik yuklamani hisoblash uchun ma’lumot beradi;

statistik hisobotlarni va ekspertiza hisobotlarini tayyorlash jarayonida barcha turdagi faoliyatlar to’g’risida o’z vaqtida ma’lumot beradi.

Ro’yxatga olish bo’limi universitetning o’quv jarayonining kredit tizimi doirasida monitoringini tashkil etuvchisi bo’lib, uning faoliyati quyidagi vazifalar bilan belgilanadi:

O’quv jarayoni yutuqlarini ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish jarayonini takomillashtirish.

Ushbu maqsad va vazifalarga quyidagilar orqali erishiladi:

  • aniq va o’z vaqtida ma’lumot olish uchun talabalarni butun mashg’ulot davomida qo’llab-quvvatlovchi ma’lumotlar bazasini yangilash;
  • statistik hisobotlarni tayyorlashning sifatini oshirish.

Ofis registratori vazifalari:

  • Talabalar kontingenti uchun turli xil ichki va tashqi so’rovnomalarga javoblar tayyorlash;
  • Talabalar harakatiga buyruqlarni tayyorlash va tasdiqlash;
  • Bitiruvchi talabalarning shaxsiy yig’majidlarini universitet arxiviga topshirishga tayyorlash va o’tkazish;
  • Talabalarning o’zlashtirishini monitoring qilish;
  • Bakalavr va magistrlar uchun o’quv mashg’ulotlari hamda imtihon sessiyalari jadvalini tuzish;
  • O’quv xonalari to’g’risida ma’lumot berish, o’quv mashg’ulotlari, imtihonlar, ofis soatlari va edvayzerlar soatlari uchun auditoriyalar ajratish;
  • O’quv jarayoni qonun-qoidalari va tartiblarini ishlab chiqish hamda tahlil qilishda doimiy ishtirok etish;

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar