Payshanba, 18 Aprel 2024 15:41

Universitetimizga tashrif buyurgan Koreyaning Chuncheongbuk-do provinsiyasidagi oliygohlari bilan hamkorlik bo‘yicha Memorandumlar imzolandi

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Chuncheongbuk-do provinsiyasining gubernatori Kim Yong Xvan boshchiligidagi delegatsiya bugun 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni  universitetimiz birinchi prorektor D. Nasimov kutib oldi va universitet faoliyati, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, muvaffaqiyatlar xususida gapirdi. Ma’lumki bugungi kunda oliygohimiz Koreya Respublikasining qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Uchrashuvda  delegatsiya rahbari, gubernator Kim Yong Xvan Chuncheongbuk-do provinsiyasidagi talabalar uchun imkoniyatlar, hududdagi oliy ta’lim muasassalari, ularning faoliyati xususida to‘liq ma’lumot berdi. Ahamiyatlisi, delegatsiya tarkibida Chuncheongbuk-do provinsiyasining  ta'lim sohasida hamkorlik bo'yicha maxsus maslahatchisi Li Young Eun xonim, Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von, Semyung universiteti, Chungbuk provinsial universiteti va Chungbuk sog’liqni saqlash va fanlar universiteti vakillari tomonidan qator taqdimotlar o‘tkazildi. 

  

     Men ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga, xususan turizm sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlab beradigan universitetga kelganimdan juda xursandman. O‘zbekistonda bunda zamonaviy universitetning faoliyat yuritishi oliy ta’lim sohasining ulkan muavaffaqiyatidan dalolat beradi, biz ham kelajakda oliygohingiz bilan hamkorlik qilishdan benihoya xursandmiz, - deydi Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von.

 

     O‘zaro muloqotdan so‘ng “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Koreyaning Jungwon universiteti  rektori janob Xvan Yun Von va Semyung universitetlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumlari imzolandi.

O'qilgan 139 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar