Xorijlik abituriyentlarga

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish qoidalari

Xorijlik fuqarolarni qabul qilish borasidagi ushbu ma’lumotnoma O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qarori va “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Nizomi, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

Xorijiy fuqarolarni qabul qilish va ta’lim jarayonini tashkil etish:

Universitetda o’qishni istagan xorijiy fuqarolar tanlangan yo’nalish bo’yicha muvofiq tilda (o’zbek, rus, ingliz) ariza yozib, barcha tegishli hujjatlarni qabul komissiyasiga topshirishlari lozim;

OTMga hujjat topshirayotgan nomzodlarning ma’lumoti o’rta va umumiy ta’lim darajasidan past bo’lmasligi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim;

Xorijlik fuqarolar tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  • Rektor nomiga ariza;
  • Pasport nusxasi va uning tasdiqlangan tarjimasi;
  • Oxirgi vizaning nusxasi va ro’yxatdan o’tganlik hujjati;
  • Ma’lumoti to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi, uning rus tiliga o’girilgan va tasdiqlangan varianti;
  • Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar (IELTS, TOEFL)
  • 3x4 hajmdagi 8 dona fotosurat.

Imtihonlar o’tkaziladigan kun va joy universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Soxta hujjatlar taqdim etgan fuqarolar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi va imtihon topshirish huquqidan mahrum etiladi.

Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolar rektor buyrug’i asosida talabalikka qabul qilinadi.

OTMda o’qiyotgan xorijiy talabalarga viza yordamini ko’rsatish va pasport olishga ko’maklashish:

  • OTMning xorijiy talabalari O’zbekiston Respublikasining vaqtinchalik rezidentlari hisoblanadi;
  • xorijiy fuqarolar O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida ro’yxatdan o’tishlari shart.

Viza muddatini uzaytirishga qaror qilgan xorijiy fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

  • viza muddatini uzaytirish maqsadida xalqaro munosabatlar bo’yicha prorektor nomiga ariza;
  • talabaning mazkur oliy ta’lim muassasasida o’qishini tasdiqlovchi dekanat ma’lumotnomasi – 3 nusxadada;
  • to’lovchi va OTM o’rtasida tuzilgan shartnoma kelishuvining nusxasi;
  • pasport nusxasi – 3 nusxada;
  • ro’yxatdan o’tganlik hujjatining nusxasi – 3 nusxada;
  • 3x4 hajmdagi fotosurat va anketaning to’ldirilgan shakli.

Xorijiy talabalarni o’qishdan chetlatish tartibi:

  • akademik qarzdorlik bo’lganda;
  • o’qishni davom ettirishga to’sqinlik qiluvchi sog’liq bilan bog’liq muammolar paydo bo’lganda;
  • talabalar safidan chetlashtirilgan xorijiy fuqarolar bir oy muddat ichida O’zbekiston Respublikasi hududini tark etishlari lozim;
  • xorijiy fuqarolarni talabalar safidan chetlatishning boshqa holatlari yoki o’qishini ko’chirishi “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Nizomiga muvofiq amalga oshiriladi.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar