Xalqaro faoliyatni rivojlantirish bo'limi

 

Bo’lim boshlig’i: 

Telefon: 

Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Xalqaro faoliyatni rivojlantirish bo’limi o’quv va ilmiy hamkorlik borasida dunyoning 54 ta xorijiy universitetlari bilan xalqaro kelishuvlar va memorandumlar imzolagan. Chunonchi, Indoneziya, Belorusiya, Ukraina, Bosniya va Gersegovina, Rossiya Federasiyasi, Turkiya, Xitoy, Ispaniya, Germaniya, Qirg’iziston, Tojikiston, Pokiston, Chexiya, Singapur, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Fransiya va Koreya davlatlarining oliy ta’lim muassasalari OTM universitetimizning eng yaqin hamkorlari hisoblanadi.

Xalqaro faoliyatni rivojlantirish bo’limi – universitetning tarkibiy bo’linmasi bo’lib, u ta’lim, ilmiy-tadqiqot va jamoatchilik faoliyati sohasidagi dunyo standartlari darajasidagi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida universitetning xalqaro hamkorligini rivojlantirishni tashkil qiladi.
Xalqaro nufuzli tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari faoliyatidagi samarali ishtiroki “Ipak yo’li” universitetining xalqaro hamkorlik dasturlaridagi muhim jihati hisoblanadi. Universitet ko’pgina ilg’or xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo’lib, ta’lim va fan sohasida ushbu birlashmalar qoshidagi universitetlar bilan faol hamkorlik qiladi.

Bo’limning asosiy vazifalari

Universitet, uning fakultetlari va kafedralarining chet ellik hamkorlar bilan xalqaro munosabatlari loyihalarini muvofiqlashtirish, hujjat bilan ta’minlash va amalga oshirish;

Xorijiy sheriklar va hamkorlikning yangi yo’nalishlarini izlash, tashqi aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash bo’yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;

Muzokaralar tashkil etish, xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik to’g’risida bitimlar va kelishuvlar ishlab chiqish, ularning bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining keng ko’lamli va barqaror xalqaro aloqalaridan faol ravishda foydalanib, xorijiy universitetlarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish va o’tkazish.

Ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish xalqaro faoliyatning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bo’lim faoliyatining maqsadlari

Mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash, qo’shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan xalqaro hamkorlik dasturlarida universitetning ishtirokini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;

Universitetning xalqaro rivojlanishining strategik ustuvorliklari, maqsadlari va tamoyillarini ishlab chiqish;

Xalqaro hamkorlik “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti faoliyatining barcha yo’nalishlarini rivojlantirish va modernizasiyalashning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va universitetning ta’lim makonini kengaytirish, ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashning strategik muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Strategik istiqbolli xalqaro hamkorlik sohasidagi eng muhim vazifalar quyidagilardan iborat:

  • universitetning xalqaro miqyosda rivojlanishi, dunyoning yetakchi OTM talablariga javob beradigan ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini yaxshilash;
  • universitetlararo aloqalarni amalga oshirishda ishonchli va nufuzli hamkorlikni yo’lga qo’yish;
  • ta’lim dasturlariga xalqaro maqom berish;
  • o’quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish uchun universitetga xalqaro resurslarni jalb qilish.
  • Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tarmoqli universitetini yaratish.

Ushbu universitetni yaratishdan maqsad MDHga a’zo davlatlarning yagona (umumiy) ta’lim makonida Erasmus Mundus analog dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Loyihaning asosiy maqsadi – oliy ta’limning sifati va jozibadorligini oshirish, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar hududida oliy ta’lim sohasida hamkorlik va universitetlararo aloqalarni mustahkamlash;

O’zbekistonda turizm sohasining barqaror rivojlanishi uchun OTM bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish va turistik xizmatlar sifatini oshirish maqsadida turizm sohasining ehtiyojlarini inobatga olgan holda, o’quv rejalarini ishlab chiqish orqali ta’lim jarayonini takomillashtirish.

Loyihaning asosiy maqsadi – o’quv rejasi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish, “vaziyatli” o’qitish usullarini amalga oshirish, turizm sohasi uchun kasbiy tayyorgarlik jarayonida murabbiylik dasturlarini joriy etish.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’limi o’quv va ilmiy hamkorlik borasida ko’plab xalqaro kelishuvlar, grantlar, loyihalar va Memorandumlar imzolagan:

  • Indoneziyaning SAHID Institute of Tourism oliy dargohi bilan Memorandum;
  • Maksim Tank nomidagi Belorusiya davlat pedagogika universiteti;
  • Rossiya Federasiyasining Sochi davlat universiteti;
  • Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro instituti (MOTXI);
  • Qozon Federal universitetining Xalqaro munosabatlar instituti;
  • Qozon davlat madaniyat instituti;
  • Tatariston Respublikasi Fanlar Akademiyasining A.X.Xalikov nomidagi arxeologiya instituti;
  • Palembang politexnika turizm instituti (Indoneziya);
  • Antaliyadagi turizm akademiyasi (Turkiya);
  • Kiyev texnologiyalar va dizayn milliy universiteti;
  • Belgorod davlat milliy-tadqiqot universiteti;
  • Medan politexnika turizm instituti (Indoneziya);
  • UN-MCSR (“Ipak yo’li” shaharlari uyushmasi, Aqlli shahar Alyansi va yangi sanoat Qo’mitasi);
  • Gonkong politexnika instituti;
  • Gunadarma universiteti (Indoneziya);
  • Kutaxya Dumlupinar universiteti (Turkiya);
  • Guilin turizm universiteti (Xitoy);
  • Shanxay turizm instituti;
  • Roviri va Virgili universiteti (Ispaniya);
  • Drezden amaliy fanlar universiteti (Germaniya);
  • Bali Xalqaro turizm maktabi;
  • Prof. dok. Hamka nomidagi Muhammadiya universiteti (Jakarta);
  • Dian Nusantara universiteti (Jakarta);
  • Shimoliy Sumatera Muhammadiya universiteti;
  • Bhayangkara universiteti (Jakarta);
  • Borobudur universiteti (Jakarta);
  • Kusuma Negara iqtisodiyot maktabi (Jakarta);
  • Jakarta informatik boshqaruv va hisoblash maktabi “STI&K” (Jakarta)
  • Cendekia Abditama Multimediya muhandisligi maktabi “STTC” (Tangerang);
  • Aloqa, radio va televidiniye akademiyasi “AKMRTV” (Jakarta);
  • Nusa Megarkenjana iqtisodiyot universiteti (Yogyakarta);
  • Pradniya Paramita informatik boshqaruv va kompyuter maktabi (Malang) va Bali mehmonxonalar maktabi;
  • Darul Uloom Mujaddia Naeemia (Pokistan),
  • Tuzla universiteti (Bosniya va Gersegovina).
  • Qirg’iz-o’zbek universiteti (Qirg’iziston, O’sh);
  • O’zbekiston-Singapur Turizm makrazi (S.E.A. Business Centre Ptc. Ltd.)
  • Panjakent pedagogika instituti (Tojikiston);
  • Sanya universiteti;
  • Shandun Oliy maktabi;
  • Logistika Oliy maktabi (Chexiya);
  • Fransiya akademiyasi;
  • Xazar universiteti (Ozarbayjon);
  • Qozog’iston turizm va mehmondo’stlik xalqaro universiteti;
  • Talas davlat instituti (Qirg’iziston);
  • Rossiya turizm xalqaro akademiyasi Armaniston filiali (Armaniston);
  • Kokshetau davlat universiteti (Qozog’iston).

Quyidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki diplomli ta’lim bo’yicha ikki tomonlama kelishuv imzolangan:

  • Saxid politexnika maktabi (Jakarta, Indoneziya);
  • Saxid turizm instituti (Surakarta, Indoneziya);
  • Logistika Oliy maktabi (Chexiya);
  • Guilin turizm universiteti (Xitoy);
  • Antalya turizm akademiyasi (Turkiya).

Bundan tashqari, universitet Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan grantli loyihalarga ega: CREATIVE SPARK: HIGHER EDUCATION ENTERPRISE PROGRAMME

Saytdagi yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar