press

press

Bugun 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish maqsadida oliygoh “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Halollik yoshlarning hamrohi –rivojlanish mezoni” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirida universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni universitetning Ma’muriy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov kirish so‘zi bilan ochib,  korrupsiya jamiyat illati ekanligi unga qarshi kurashishda barcha mas’ul bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat Advokatlar palatasi raisi T.Qodirov hamda viloyat hokimligi mas’ul xodimi jamiyat va davlat rivoji uchun eng katta to‘siqlardan biri bu korrupsiya ekanligini ta’kidladi va ushbu illatning ko‘rinishlari, qonun nuqtai nazaridan javobgarligi to‘g‘risida  to‘liq ma’lumot  berdi.

Shuningdek tadbirda oliygoh “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Negmatov ham universitet faoliyatida bu kabi salbiy holatlarning yuz bermasligi borasidagi amaliy chora-tadbirlar xususida gapirdi.

Shu kunlarda yurtimizning barcha tashkilot va korxonalarida 9-may Xotira va qadrlash kuni tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi ham ushbu kunni munosib nishonladi. Tadbir munosabati bilan maxsus orkestr jamoasi taklif qilindi va kishiga xush yoquvchi turli musiqalar yangaradi. Dastlab tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Xotira va qadrlash kuni tadbirida so‘z olgan universitet Ma’muriy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov har birimiz uchun xotiraning muqaddas ekanligi va o‘tganlarni yod olish, qadrlash insoniy burchimiz ekanligi xususida gapirdi.  Kun davomida universitetimizda Xotira  va qadrlash kuni tadbirlari davom etdi.

2024-yil 9-may kuni Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga 79 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 9-may “Xotira va qadirlash kuni” munosabati bilan oliygoh talabalari tomonidan rasm chizish loyihasi tashkil etilidi.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir.

Joriy yilning 6-may kuni universitet xotin-qizlar kengashi va uning qoshidagi “Lider qizlar” klubi faol a’zolari hamda Samarqand shahridagi 46-umumta’lim maktabi bitiruvchi o'quvchilari hamkorligida oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola” gʻoyasini hududlarda keng targʻib qilish yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi. Dastlab uchrashuvda ushbu g‘oya asosida qilinadigan ishlar belgilab olindi. Shundan so‘ng o’quvchi yoshlar tomonidan o’zlari sevib mutolaa qilgan kitob va asar qahramonlari haqida savol-javoblar o‘tkazildi.

Umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakuni bilan bitiruvchilarning aksariyatida nufuzli va kelajagi yorqin bo‘lgan kasb egasi bo‘lish istagi tug‘iladi. Ana shunday pallada bitiruvchilarning universitetimizga bo‘lgan tashriflari ularning bunday zamonaviy kampusda o‘qish istagini paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi.

 Yaqinda universitetimizga Samarqand shahridagi 22 - 46 - 45 maktablari bitiruvchilarining tashrifi amalga oshirildi. Bitiruvchilar universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish bilan birga, talaba-yoshlar bilan yaqindan muloqot qildi. Marketing va rekruting bo‘limi boshlig‘i O.Rustamov o‘quvchilarni oliygoh hayoti bilan yaqindan tanishtirib ularga barcha zarur ma’lumotlarni berdi.      

Seshanba, 07 May 2024 10:39

E’LON

Spiker: Raji Ahlimanzada, Mercure Bukhara Old Town Hotel bosh menejeri, Eng yaxshi bosh menejer tanlovi g‘olibi, 2024.

Mavzu: “Mehmondo‘stlik mutaxassisi – bo‘lajak mehmonxonachilar uchun shaxsiy tajriba hikoyasi”

Moderator: Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Artem Klykov.

Vaqt: 14 may (seshanba) soat 11.00-12:00

Venue: Lecture Hall 229

Agarda sizga xuquqiy maslahat zarur bo‘lsa har haftaning juma kuni universitetimizda o‘tkaziladigan “Xotin-qizlar orasida psixologik va xuquqiy maslahat kuni” da o‘zingizga zarur bo‘lgan maslahat va tavsiyalarga ega bo‘lishingiz mumkin. 

Joriy yilning 6-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda universitetning Yoshlar bilan  ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig’i N.Abduvoxidova bilan birgalikda talaba-qizlar o‘rtasida “Qizlar gigiyenasi hamda sog‘lom turmush tarzi va  erta nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tadbir tashkilotchilari tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi hujjatlarning mazmun mohiyati”, “ Qizlar gigiyenasi farovon hayot asosidir”, “Sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz”  kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Tadbirda universitetimiz shifokori S.Mustafakulova va Samarqand shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi shifokori D.Mamatova tomonidan  talaba-qizlar o‘rtasida “Qizlar gigiyenasi salomatlik garovi”, ”Erta nikoh va erta tug‘ruq hamda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida qator muhim va kerakli tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda mas‘ullar tomonidan oila, nikoh, uning asosiy vazifasi  kabilar xususida tushunchalar berilib, talaba-qizlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytirildi. 

Seshanba, 07 May 2024 09:59

E’LON

Joriy yilning 8-may kuni soat 15:00 da universitet 108-xonasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida tahsil olayotgan 3-bosqich tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishining natijalari bo‘yicha mustaqil ravishda o‘tkazadigan ilmiy seminarlar rejasiga ko‘ra, o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan universitet tayanch doktoranti Asadova Aziza Olimjonovnaning “O‘zbekistonda nostalgik (qo‘msash) turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish” mavzusida olib borayotgan dissertatsiya ishning yakuni bo‘yicha yakka tartibdagi seminariga qiziquvchi barchani taklif etamiz.

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktyabrdagi PQ-5270-sonli qarori asosida Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art rezidensiyada o‘tkazilayotgan Sharja Amirligining Arxeologik topilmalari ko‘rgazmasiga sayohati tashkil qilib kelinayapti.

Joriy yilning aprel, may oylari davomida ushbu ko‘rgazma hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, yoshlarni badiiy ijodga, kitobga hamda oliy ta’lim bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 10, 34-umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashrifi tashkil qilinib, unda o‘quvchilar bir olam taassurot bilan qaytishmoqda.

1 dan 70 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar