Amaliy tillar kafedrasi

Ashurova Shaxnoza Almasovna

Kafedra mudiri: Ashurova Shaxnoza Almasovna

Telefon: 

Email: 

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra universitetning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Kafedra tashkil topgan vaqtdan beri talabalar uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha til o’qitish va ularning ijtimoiy faolligini ta’minlashni maqsad qilib kelmoqda:

  • Turizm sohasida marketing;
  • Menejment: rekreasiya va sayohatlarni boshqarish;
  • Menejment: turizm biznesini boshqarish;
  • Menejment: xalqaro mehmondo’stlik va turizm menejmenti;
  • Kasbiy ta’lim: turizm;
  • Turizm faoliyatida logistika;
  • Gid-ekskursovod va tarjimonlik faoliyati;
  • Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)

Kafedraning vazifasi – professional muloqotda mutaxassislik tilida va so’zlashuv-kundalik nutqning malaka va amaliy ko’nikmalariga ega, o’z-o’zini o’qitish va o’z ustida tinimsiz ishlaydigan va chet tillarini bilish orqali o’z hayotiy mahoratini oshiradigan raqobatdosh mutaxassisni tayyorlash.

Asosiy vazifalari:

O’quv ishlari bo’yicha

Turizm sohasida quyidagi fanlar o’qitiladi: ingliz, fransuz, nemis, xitoy va rus tillari. Ta’limning muhim vazifasi talabalarga turizmning turli sohalarida tillarni o’rgatish zarurati bo’lib, kafedra fakultetlararo ilmiy ittifoqqa aylantirilib, boshqa kafedralar qatori universitetning chet tillar sohasidagi o’quv dasturlarining o’ziga xos ramzi hisoblanadi. Shuningdek, zamonaviy o’quv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, o’qitish usullarining mazmunini takomillashtirish. Kafedrada xitoy tilini o’qitishning innovasion metodikasi joriy etilgan.

Ilmiy ishlar bo’yicha

Ilmiy faoliyat kafedra hayotida muhim o’rin tutadi. Kafedra o’qituvchilari zamonaviy xorijiy tilshunoslikning turli dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol qatnashadilar. Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etilgan. Kafedrada ilmiy izlanishlarda faol bo’lgan filologiya fanlari nomzodlari va katta o’qituvchilar mehnat qilishadi.

Bo’limning rivojlanish tamoyillari:

  • ilmiy konferensiyalar o’tkazish, bitiruvchilarni kafedraning ilmiy va o’quv-uslubiy ishlariga jalb qilish;
  • o’qitishning faol va interaktiv usullari, yangi texnologiyalarni joriy etish va o’quv qo’llanmalaridan foydalanish orqali chet tillarini o’qitish samaradorligini oshirish;
  • o’qituvchilarning uslubiy va lingvistik malakasini oshirish;
  • turizm sohasida xorijiy tillarni yaxshi biladigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash;
  • kafedraning raqobatdosh ustunliklarini rivojlantirish (mavjud raqobatni rivojlantirish va yangi raqobatdosh ustunliklarni yaratish).

Kafedra faoliyati

  • O’qitishning interaktiv usullari, texnik vositalar va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali chet tillarni o’qitish samaradorligini oshirish:
  • bo’lajak mutaxassis sifatida kasbiy faoliyatda tillarni faol bilish qobiliyatlari va ko’nikmalarini yanada rivojlantirish asosida chet tillarni o’qitishning xalqaro standartlari doirasida kommunikativ kompetensiyani tizimli ravishda chuqurlashtirish;
  • filologiya va tillarni o’qitish metodikasi sohasida tadqiqotlar o’tkazish;
  • tadqiqotlar natijalarini ilmiy jurnallarda chop etish, SCOPUS jurnallarida nashr etish;
  • kafedra o’qituvchilarining intellektual salohiyati va malakasini doimiy ravishda oshirib borish.

Hozirgi kunda kafedrada 10 nafar o’qituvchi faoliyat olib boradi, jumladan, filologiya fanlari nomzodlari va katta o’qituvchilar, Turkiyadan kelgan doktor Meryem Karlik kiradi. Ingliz va fransuz tili o’qituvchilari Fransiya, Rossiya va Angliyada (London, Kembridj, Oksford) malaka oshirgan bo’lib, mintaqaviy va xalqaro ilmiy anjumanlarning doimiy qatnashchilaridir. Kafedra o’qituvchilari faol pedagogik ish bilan bir qatorda, tarjimonlik faoliyatini ham olib boradilar. Bu ham malakani oshirish, ham o’quv jarayonining kasbiy yo’nalishini takomillashtirish uchun juda muhimdir.

Kafedraning iqtidorli talabalari xalqaro seminarlarda tarjimonlar sifatida faol ishtirok etishmoqda.

Bizning talabalarimiz ko’ngillilar - volontyorlar harakatiga jalb qilingan va xalqaro tadbirlarni tashkil etishga o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Kafedra talabalari “Creative Spark” dasturi bo’yicha “Online English Tools” kurslarida qatnashib, sertifikatlarga ega bo’lishdi.

Kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etilgan. O’tgan yil davomida 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, shundan:

  • RINS bazasi tomonidan indekslangan to’plamlarda – 7 ta;
  • Oliy attestasiya komissiyasi nashrlarida – 4 ta
  • Xalqaro to’plamlarda – 19 ta.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar