press

press

“Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining yosh va faol o'qituvchisi Xusen Ibragimov Portugaliyaning Aveiro universitetida o‘tkazilgan O'zgarmas energiya va barqaror turizm bo'yicha II xalqaro seminarda 1995-2023-yillar davomida dunyoning 200 ta mamlakatida barqaror turizmning asoslarini aniqlash bo'yicha ilmiy tadqiqoti bilan faol ishtirok etdi.

Bundan tashqari o‘qituvchimiz Ispaniyaning Alikante universitetida tashkil qilingan seminarlarda ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, o‘qituvchimizning ushbu xalqaro seminarlardagi faol ishtiroki hamda olib borgan  ilmiy tadqiqotli natijasida Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib, Aveiro universiteti tomonidan moliyalashtiriladigan doktorlik tadqiqot loyihasiga ilmiy tadqiqochi sifatida qabul qilindi.

 O‘qituvchimiz Xusen Ibragimovni ushbu muvaffaqiyati bilan qutlab ilmiy ishlarida omad tilaymiz.

Prezidentimizning 2024-yil 21-fevral kuni “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilab berilgan vazifalar hamda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 23-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy  masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov  Samarqand shahar “Semurg‘” mahallasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda universitetimiz birinchi prorektori yoshlarning turmush tarzi, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Shu o‘rinda mahalla yoshlari ham rejalari, ularni qiynab kelayotgan muammolari xususida gapirdi.

Masalan, ushbu mahallada yashovchi N.Musaev umumta’lim maktabining 11-sinfida o‘qishi, san’atning doira chalish turi bilan shug‘ullanishi xususida gapirib bu bo‘yicha mahoratini oshirish maqsadida to‘garakka qatnashish istagi borligini bildirdi. Mahallaning Yoshlar daftarida ro‘yxatda turuvchi M.Isroilova bir nafar farzandi borligi va ayollar sartaroshlik kasbini egallamoqchi ekanligi xususida gapirdi. Uchrashuvda barcha yoshlar o‘z orzu, istaklari, rejalari xususida gapirib berdi.

Universitetimiz mutasaddilari ushbu mahalla yoshlarining muammolarini hal qilishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlgan holda amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirib zarur chora-tadbirlarni belgilab olishdi. 

Ushbu o‘quv yilida universitetimizda  64 nafar xorijlik talabadan 59 nafari magistratura yo‘nalishida, 5 nafari bakalavriatning  kunduzgi  sirtqi bo‘limlarida  tahsil olmoqda.

Xorijlik talabalar bilan universitetimiz rahbariyati doimiy ravishda muloqotlar o‘tkazish orqali  ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Shu munosabat bilan bugun 23 aprel kuni universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, professor D.Nasimov bilan oliygohimizda magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan xorijlik talabalar bilan uchrashuvi tashkil qilindi.

 Uchrashuvda universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lumotlar berildi. Ochiq va samimiy o‘tgan muloqotda  xorijlik talabalarning fikrlari, savollari tinglanib zaruriy choralar ko‘rilishi yuzasidan mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.   

Joriy yilning 19-aprel sanasida Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori professor doktor Bulent Bayram boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi.

Universitetning Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori professor Dilmurod Nasimov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ikki tomonlama o‘rnatilgan hamkorlik yo’nalishlarini yanada rivojlantirish va Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti qoshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-19-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan dastlabki “O‘zbekshunoslik” kafedrasini tashkil qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.  Uchrashuvda Prof. Bulent Bayram Turkiya OTMlarida ham mazkur kafedrani tashkil qilinishida o‘zining amaliy yordamini ko‘rsatishini ta’kidladi.

Joriy yilning 22-aprel kuni Xiva turizm va madaniy meros texnikumida Samarqand "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘qituvchisi Mahmoud Emam tomonidan "Ipak yo‘li bo‘ylab madaniy meros almashinuvi va uning Xitoy va O‘zbekiston arxitekturasida aks ettirish" mavzusi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

Seshanba, 23 Aprel 2024 10:42

E’LON

Doimo yosh va sog‘lom bo‘lishning birinchi qoidasi jismoniy tayyorgarlik hisoblanadi. Talabalarimizning jismoniy tayyorgarligini yanada yaxshilash maqsadida 2024-yil 22-apreldan 22-maygacha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkazilishi belgilandi.

Seshanba, 23 Aprel 2024 10:27

“Olima ayollar” tanloviga marhamat!

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Olima ayollar” tanlovining 86-turi e'lon qilindi.

Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘IIab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga asosan ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘naIishIari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov doirasida ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ilmiy loyihalar fan yo‘nalishari kesimida ajratiladigan kvotalar asosida saralab olinadi. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz — davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yiIning 1-mayga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros” kafedrasi oʻqituvchisi Nodir Xushvaqtov Germaniyaning Gyottingen universitetida ilmiy amaliyot oʻtadi. Mazkur ilmiy amaliyot DAAD dasturi (Germaniya akademik almashuv xizmati) ning “Yevropa istiqbollari dialogda: Markaziy Osiyo va G’arb tadqiqotlari” (“European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research”) xalqaro granti doirasida tashkil etildi. Amaliyot davomida Germaniyaning Gyottingen universitetida olib borilayotgan Markaziy Osiyo tarixiga oid tadqiqotlar tahlil qilindi. Shuningdek, Berlin shahrida joylashgan Germaniya davlat kutubxonasida saqlanayotgan O’zbekiston tarixiga oid bo’lgan noyob manbalar va muzeylarda saqlanayotgan Ipak yo’li shaharlari tarixiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishildi. O‘qituvchi tomonidan amaliyot davomida o’rganilgan zamonaviy ilmiy-amaliy ko’nikmalar dars jarayonlarida samarali tarzda foydalanib kelinmoqda.

Talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov natijalari quyidagicha:

1-oʻrin “Ibrat” jamoasi

2- oʻrin “Intellekt” jamoasi

3- oʻrin “Content” jamoasi

Eron Milliy muzeyi direktori doktor Jebrail Nokandeh va muzeyning madaniyat masalalari boʻyicha oʻrinbosari doktor Fereydun Biglar Eron arxeologiyasi va tarixiga oid 16 jildlik kitoblarni universitetimizga taqdim etishdi. Ushbu kitoblarning 14 jildi Eron arxeologiyasi va tarixiga oid bo‘lsa, yana bir jildi Eron milliy muzeyidagi Niderlandiya ko'rgazmasiga oid kitob va yana bir jildi Eron Milliy muzeyidagi Luvr muzeyi ko‘rgazmasida haqidagi kitoblar haqida.

 Ushbu kitoblarni universitetimizning "Tarix va madaniy meros" kafedrasi assistent-professori Morteza Khanipur va Sepideh Jamshidi Yeganeh yetkazib berishdi. Yuqoridagi kitoblar Eronning paleolit ​​davridan to hozirgi davrgacha bo‘lgan arxeologik topilmalari haqida tanishtirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu kitoblar Eronning asosiy arxeologik topilmalari haqida malumotlar beradi, ularning ba'zilari O'rta Osiyo arxeologik topilmalari bilan taqqoslanadi.

8 dan 72 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar