Ilmiy kengash

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengash

 Meyyoriy hujjatlar
70-sonli buyruq, 71-sonli buyruq90-sonli buyruq, Dastur malakaviy imtihon 08.00.17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 17-bandi ijrosini tashkil etish maqsadida Universitet huzurida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan edi.

Shunga muvofiq, OAK rayosati qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli Qarori, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risdagi nizom» va «Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom», O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining murojaati va OAK Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ekspert Kengashi tavsiyasiga muvofiq OAK Rayosatining 2022-yil 1-fevraldagi Z11/2-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzurida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli ilmiy kengash tuzish va unga 08.00.17 — «Turizm va mehmonxona faoliyati» ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2017-yilning 1-iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda ikki pog‘onali tizimning joriy qilinishi tarixiy ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmoni ta’lim va fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida iqtidorli yoshlarni keng jalb qilish va ularning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash – muayyan fan tarmog‘ining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yo‘nalishida talabgorlar uchun ko‘zda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma bo‘lib, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Ilmiy kengash tuzish ishlari qat’iy ravishda nizomlar talabi asosida ilmiy salohiyat va talab mavjud hollarda tegishli vazirlik va idoraning taklifi asosida amalga oshiriladi.

Ilmiy kengash qonuniylik, xolislik, ochiqlik, shaffoflik va tezkorlik prinsiplari asosida OAK rahbarligida faoliyat olib boradi. Ilmiy kengash faoliyati muassasaning veb-sayti orqali yoritib boriladi.

Ilmiy kengash majlislarida quydagi masalalar muhokma qilinadi:

  • dissertatsiyani himoyaga qabul qilish;
  • dissertatsiya himoyasini o‘tkazish;
  • OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiyani, apellyatsiyalarni, Ilmiy seminar hisobotini ko‘rib chiqish;
  • ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash;
  • Ilmiy kengash faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan o‘tkaziladi.

Shu bois, dissertatsiyaga xolisona xulosa berish va Ilmiy kengashga dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yuzasidan asosli tavsiyalar berish uchun muayyan ixtisoslik (ixtisosliklar) bo‘yicha Ilmiy kengash huzurida tuziladigan Ilmiy seminar mas’ul hisoblanadi.

 Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (bundan buyon matnda Ilmiy seminar deb yuritiladi) — dissertatsiyani yakuniy dastlabki ekspertizadan o‘tkazadigan seminar.

  • Ilmiy seminar Ilmiy kengash nazorati ostida faoliyat yuritadi.
  • Ilmiy seminar kamida 15 nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va ilmiy kotibdan iborat tarkibda OAK bilan kelishilgan holda Ilmiy kengash raisi tomonidan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga tasdiqlanadi.

Shuningdek, 08.00.17 — «Turizm va mehmonxona faoliyati» ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi OAK tomonidan tasdiqlangan.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risdagi nizom», «Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom» OAK Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ekspert Kengashi tavsiyasiga muvofiq OAK Rayosatining 2022-yil 28-fevraldagi Z12/2-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzurida tuzilgan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengash va Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar tarkibi tasdiqlangan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengash tarkibi

T/r Familiyasi, ismi, otasining ismi Ilmiy kengashdagi ixtisoslik shifri Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni
1.        Eshtayev Alisher Abdug‘aniyevich (rais) 08.00.17 iqtisodiyot fanlari doktori (DSs), dotsent
2.        Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich (rais o‘rinbosari) 08.00.17 iqtisodiyot fanlari doktori, professor
3.        Turdibekov Xasan Ibragimovich (ilmiy kotib) 08.00.17 iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent 
4.        Nasimov Dilmurod Abdulloyevich 08.00.17 iqtisodiyot fanlari doktori (DSs), professor
5.        Pardayev Olim Mamayunusovich 08.00.17 iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor
6.        Aliyeva Mahbuba To‘ychiyevna 08.00.17 iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
7.        Norchayev Asatullo Norbo‘tayevich  08.00.17 iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
8.        Mirzayev Abdullajon Topilovich 08.00.17 iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
9.        Axmedov Ikrom Akramovich 08.00.17 iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent

 

DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar tarkibi

T/r

F.I.O.

Ilmiy darajasi, Ilmiy seminardagi ixtisoslik shifri

1

Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich

(rais)

iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), 08.00.17

2

Pardayev Olim Mamayunusovich

(rais o‘rinbosari)

iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), 08.00.17

3

Mansurova Nargiza Shamsidinovna

(ilmiy kotib)

iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

4

Eshtayev Alisher Abdug‘anievich

iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), 08.00.17

5

Nasimov Dilmurod Abdulloyevich

iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), 08.00.17

6

Aliyeva Mahbuba To‘ychievna

iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), 08.00.17

7

Norchaev Asatullo Norbo‘taevich

iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), 08.00.17

8

Mirzayev Abdullajon Topilovich

iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), 08.00.17

9

Turdibekov Xasan Ibragimovich

iqtisodiyot fanlari nomzodi, 08.00.17

10

OAK ekspert Kengash a’zosi

08.00.17

11

Aslanova Dilbar Xasanovna

iqtisodiyot fanlari nomzodi, 08.00.17

12

Berdimurodov Aziz

Shukrilloyevich

iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

13

Janzakov Bekzot Kulmamat o‘g‘li

iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

14

Ayubov Ilyos

Ilxomovich

iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

15

Bakayev Ziyovuddinxon

Toshbolta o‘g‘li

iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

 

 

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar