press

press

Joriy yilning 3-may kuni Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda fakultet dekani ofisi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga 2024-yilgi tanlovi uchun talabalarimiz orasidan talabgorlarni aniqlash, hujjatlarini esa qay tarzda taqdim etishi yuzasidan seminar trening o‘tkazildi.

Universitetimizning bir guruh doktorantlari Germaniyaning HTWG Konstanz universitetida "International Management Asia-Europe" xalqaro konferensiyasida ishtirok etishdi.

Germaniya, Xitoy, Vietnam, Indoneziya va AQSH kabi davlatlardan taniqli professorlar hamda ilmiy ishlarda faollik ko‘rsatayotgan doktorantlar ishtirok etishdi. Konferensiya ishida oliygohimiz ilmiy izlanuvchilari o'zlarining qator tadqiqot ishlarining taqdimotini qilishdi.

- Men “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti doktoranti sifatida ushbu nufuzli xalqaro konferensiyada ishtirok etib, xorijiy davlatlardagi fan doktorlari, professorlar hamda ilmiy izlanuvchilar bilan yaqindan muloqot qildim va o‘zimning ilmiy ishim doirasida yanada ko‘proq bilimga, malakaga ega bo‘ldim,-deydi ilmiy izlanuvchi D.Mardonova.

Avval xabar berganimizdek, 3-4-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilayotgan “IPAK YO‘LIDA TIL, ADABIYOT, TARJIMA, TURIZM VA MADANIY MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari tomonidan konferensiya mavzui yuzasidan qator ma’ruzalar qilinayapti.

Dastlab T.N.Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik,  X.Ibraimov,  Ege universiteti “Turk tili ve shevalari” kafedrasi professsori İbrahim Şahin (Turkiya), Rossiya davlat gumanitar fanlar universiteti (Koreya) o‘qituvchisi Kim Hye Ran, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Barno Abdullayeva va boshqalar o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishdi.

Ushbu xalqaro konferensiyaga nafaqat yurtimizdagi olimlar, balki xorijiy mamlakatlar olimlari, mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalari, Ilmiy tekshirish institutlari va ishlab chiqarish korxonalaridan 300 dan ortiq sohaning professor-o‘qituvchilari, amaliyotchilar hamda yosh tadqiqotchilar tashrif buyurishdi.

Konferensiyada xorijiy mamlakatlardan 100 ga yaqin, yurtimiz olimlari tomonidan 300 ga yaqin  maqolalar kelib tushdi va ulardan 259 ta eng yuqori ilmiy natija va tavsiyalarga ega bo‘lganlari saralab olinib qabul qilindi. Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola uchun DOI raqam olindi hamda, bir nechta xalqaro bazalarda indekslandi.

Konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.

Joriy yilning 2-may kuni ”Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova boshchiligida  Talabalar turar joyida talaba qizlar uchun profilaktik suhbatlar tashkil qilindi. Ularga xalqimizning ko‘p yillik qadriyatlarini, urf-odatlarini asrab-avaylash, qadrlash maqsadida ko‘plab hayotiy ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida qirg‘iz kino ijodkorlari tomonidan tayyorlangan "Jannat onalar oyog'i ostida"nomli kino film namoyish qilindi.

Bugun 3-4-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilayotgan “IPAK YO‘LIDA TIL, ADABIYOT, TARJIMA, TURIZM VA MADANIY MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Xalqaro konferensiyani universitet rektori A.Abduxakimov kirish so‘zi bilan ochib, barcha anjuman ishtirokchilarini, xorijdan kelgan professor-o‘qituvchilarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga xush kelibsiz, deya konferensiya ishiga omad tiladi. Shundan so‘ng konferensiyada dastlabki ma’ruzani Turkiyaning Ege universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari instituti Turk dunyosi adabiyotlari kafedrasi professori Mexmet Temizkan boshlab berdi.

Ma’lumot uchun shuni aytish kerak, ushbu nufuzli konferensiyda ipak yo‘li mamlakatlarida til, adabiyot, tarjimashunoslik, turizm, madaniy meros, pedagogika sohasi tadqiqida innovatsion yondashuvlarni, aspektlarni va aloqadorlik jihatlarini ochib berish hamda ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan global ishlarni tahlil qilish, xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda keng targ‘ib qilishni jadallashtirish va shu kabi mavzu yuzasidan ilmiy va amaliy ishlar olib borish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.  

2024-yil 4-may kuni, soat 10:00da (universitet binosi 108-xona) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Ablaizov Akbar Abduvafo o‘g‘lining 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda ekoturizmni tashkil qilish va rivojlantirishning samarali tizimini ishlab chiqish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasiga bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga 2024-yilgi tanlovi uchun universitetimiz talabalari orasidan talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish bosqichiga hujjatlarini qay tarzda taqdim etishlari to‘g‘risida Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda fakultet dekani tomonidan 2024-yil 3-may kuni soat 14:00da universitetning 229-xonasida seminar trening tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu seminarga tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan barcha bakalavr talabalarini taklif etamiz.

Payshanba, 02 May 2024 12:00

Talaba qizlarni ruhlantiramiz!  

May oyining ilk kunida «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva talabalar turar-joyida «Men borman!» nomli motivatsion trening o‘tkazdi. Tadbirga universitetimiz xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova va tyutor G.Xusainova taklif etildi.

Treningda jamoaviy ruh, birdamlikni shakllantirishga, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradigan psixologik texnikalar, o‘yinlar va psixogimnastik mashqlar bajarildi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tadbir ishtirokchilarga xushkayfiyat va yanada samarali o‘qish va ishlash uchun kuchli motivatsiya bag‘ishladi.

Joriy yilning 27-aprel sanasida universitet TTJ da universitet tyutori Gavhar Husainova talabalarning bòsh vaqtini mazmunli òtkazish va o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bo’yicha mahorat saboqlari o’tkazdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, talaba-qizlarimizni turli xildagi milliy taomlarimizni tayyorlash borasidagi mahoratini oshirish va mustaqil hayotda pazandalikda zarur bo‘ladigan amaliy jarayonlarni ko‘rsatishdan iborat.

Tadbir jarayonida tyutor tomonidan pazandalik sirlari, oshxona qoidalari, mahsulotlardan unumli foydslanish,tozalikka rioya qilish kabilar xususida o‘z maslahatlarini berdi.

Bugun 2-may kuni universitet xotin-qizlar kengashining faollari va talaba-yoshlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova joriy yilning 18-19 aprel kunlari Buxoro davlat universitetida bo'lib o'tgan “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusidagi respublika o‘quv-seminarida olgan taassurotlarini gapirib berdi va tavsiyaviy ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Yig’ilish davomida o’quv semenari to’g’risida videorolik va taqdimot namoyish etildi.

4 dan 72 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar