Talabalar klublari

 

Klub rahbari: 

Telefon: 

Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetida universitet klublari va to’garaklari uyushmasi

Uyushma bevosita “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti rahbarligi ostida ishlaydi. U o’z faoliyati doirasida boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish huquqiga ega.

Universitetda tashkil etilgan klublar va to’garaklar assosiasiya a’zosi hisoblanadi. Bundan tashqari, universitetning bevosita talabalar bilan ishlaydigan bo’limlari va tashkilotlari assosiasiyaga ixtiyoriy ravishda a’zo bo’lish huquqiga ega.

Maqsad va vazifalar

  1. Uyushma universitet talabalari uchun vaqtni mazmunli o’tkazishga qaratilgan klublar va to’garaklarga bo’lgan ehtiyojni o’rganib borib, joriy o’quv yilida tegishli klublar faoliyatini tashkil etishga hissa qo’shmoqda.
  2. Uyushma universitetda faoliyat ko’rsatadigan klublar va to’garaklarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, qo’llab-quvvatlaydi va ularni targ’ib qiladi.
  3. Uyushma tashabbuskor talabalarning takliflarini o’rganadi va tegishli ravishda mas’ul insonlarni shakllantiradi. Talabalarning ijtimoiy va ilmiy tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqadi.
  4. Uyushma talabalar manfaatlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan maqsad va vazifalarni belgilaydi.

Uyushma a’zolari

  1. Uyushma a’zosi sifatida universitet talabalari tashabbusi bilan tashkil etilgan klublar va to’garaklarga jalb qilinadi.
  2. Uyushma a’zosi bo’lish uchun nomzod maqsadli guruhni tuzishi va quyidagi savol-javoblar bitilgan so’rovnomani to’ldirishi kerak bo’ladi:

- klub yoki to’garakning nomi va logotipi;

- klub va to’garak maqsadi;

- klub yoki to’garakning tashkiliy tuzilmasi, a’zolar soni va a’zolikka qabul qilish tartibi;

- klubning mexanizmi;

- bir yildan kam bo’lmagan muddatga ish rejasini tuzish;

- rivojlanish strategiyasi;

- uyushma ushbu to’garakni qanday qo’llab-quvvatlaydi?

- nomzodning aloqa qilish uchun ma’lumotlari.

3. Uyushma a’zoligini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to’g’risidagi qaror Uyushma prezidentiga ariza berilganidan keyin 5 kun ichida Assosiasiya kengashi tomonidan ko’rib chiqilishi va universitet rahbariyatiga tavsiyalar berilishi kerak. Yakuniy qaror 15 kun ichida e’lon qilinadi.

4. Uyushma a’zosi, shuningdek, teng imtiyozlardan foydalangan holda, Kengashning bevosita a’zosi bo’lishi va to’liq ishlashi mumkin

5. Uyushma a’zoligiga kirgandan so’ng, klub a’zosi o’z Nizomi va dasturida ko’rsatilgan vazifalarni bajarmagan taqdirda, birinchi marta rahbarlar ogohlantiriladi, takroriy buzilganda, klub yoki to’garak rahbari vazifasidan ozod qilinadi. To’garak yoki klub talabalarning ehtiyojlariga javob bermasa yoki faoliyati samarali deb hisoblanmasa, uyushma kengashi tavsiyasi va universitet kengashining qarori bilan klub tugatiladi

6. Uyushma o’z a’zolaridan biron-bir moddiy manfaat olishga yoki talab qilishga haqli emas.

Uyushmani muvofiqlashtirish

  1. Uyushma o’z faoliyati doirasida klublar va to’garaklar faoliyatini kuzatib borish, targ’ib qilish, shuningdek, klub va to’garak a’zolari manfaatlariga oid tavsiyalar ishlab chiqish huquqiga ega.
  2. Uyushma kengashi har haftada umumiy yig’ilish o’tkazadi, unda hisobot tinglanadi va rejalar ko’rsatiladi.
  3. Klub va to’garaklar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun javobgarlik uyushma prezidenti zimmasidadir.
  4. Uyushma o’z Nizomiga muvofiq universitet rahbariyati tomonidan belgilangan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar