press

press

Universitet talabalari Talabalar turar joyida tyutor M.Raupova tomonidan “Men sevgan kitob” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tyutor tomonidan talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlarining ahamiyati xususida gapirdi. Darhaqiqat, kitob o‘qish kishiga zavq berish bilan birga mutolaadagi voqelik bilan yashash imkonini beradi. Muhimi kitobdagi asardan juda ko‘p ma’no va mazmun topish bilan birga, odob-axloqdan, sabr va matonati kabi tushunchalardan ruhiy quvvat oladi.
Shuningdek, tadbirda tyutor talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega boʼlgan maʼlumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Davra suhbati jarayonida milliy urf-odatlar va qadriyatlar masalasida alohida to‘xtilib o‘tildi.

1-may kuni universitetimiz Kompleans nazorati bo'limi bosh mutaxassisi Ilhom Negmatov tomonidan ko'ngilli talabalar orasidan saylab olingan talaba-yoshlar klubi tashkil qilindi.

Shu munosabat bilan ko‘ngillilar ishtirokida davra suhbati tashkil qilinib, unda dastlab tanishtiruv so‘ngra bugungi kunda talabalarni qiynab kelayotgan ba'zi muammolar haqida fikr yuritildi. 

Tashkil qilingan davra suhbati juda qizg'in o‘tkazilib, ayrim tushunmovchiliklarga aniqlik kiritildi. Kelgusida oliygohimiz Kompleans nazorati bo'limi tomonidan bu kabi tushunmovchilik bo‘lgan  vaziyatlar o'rganilib joyida barham topilishi xususida gapirildi.

Shuningdek universitetda korrupsiya va qonun buzilishlari holatlari sodir bo‘lmasligi yuzasidan chora tadbirlar belgilab olinishi hamda bu kabi davra suhbatlari doimiy ravishda o‘tkazilishi aytildi.   

Davlatimiz rahbarining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ma’rifat ulashib” -  loyihasi doirasida qator tadbirlar o‘tkazilib kelinayapti.

2024 yilning 1-may kuni Samarqand shahridagi Universitet xiyobonida erta tongdan «Salomatlik uchun 5000 qadam» shiori ostida universitet talabalarining yurish marafoni o‘tkazildi. Unda tyutorlar, talaba-yoshlar, universitet rahbarlari va xodimlari, faollardan iborat 250 nafardan ziyod ko‘ngillilar ishtirok etdi.

Marafonda ko‘ngilli ishtirokchilar belgilangan masofani piyoda bosib o‘tishdi va oliygohimiz hovlisida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini bajardilar.

Ta’kidlash joizki, jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi bo‘lgan bu kabi tadbirlar aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Yaqinda Samarqand davlat Tibbiyot universitetida "Frilanserlik va elektron tijorat-bu kelajak kasbi" mavzusida forum o‘tkazilib, unda universitetimiz tyuteri P.Islomov boshchiligida talabalarimiz ishtirok etdi. Forumda mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarning savollariga javob qaytarildi. Tadbirda talabalarga turli mavzularda viktorina savollari berilib to‘g‘ri va aniq javob bergan tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.  Ushbu forumda universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, qator viktorina savollariga javob topishdi va e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

Chorshanba, 01 May 2024 12:22

E’LON

Ma’lumki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ilmiy faoliyat uchun foydali bo‘lgan kurslar haqida ofline seminar o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu seminarning 2024-yil 3-may kungi soni yakunida xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etishni o‘rgatish maqsadida “English for science” seminarini tashkil etish rejalashtirilgan. Seminar mavzusiga qiziquvchilarni shu kuni soat 15:00 da universitetning 108-xonasiga taklif etamiz.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Xitoyning Shanxay hamkorlik tashkiloti Iqtisodiyot va savdo akademiyasi bilan imzlolangan xalqaro hamkorlik memorandumi doirasida xorijliklar uchun doktorantura dasturi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori professor Tong Qian Zouning tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu dastur doirasida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlaridan 12 nafar ilmiy izlanuvchilar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining tayanch doktorantura (PhD), va mustaqil izlanuvchilik (PhD) shakllari bo‘yicha to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi.

Virtual tarzda o‘tkazilgan doktorantura dasturining ochilish marosimiga Xitoydagi qator universitetlar va davlat idoralaridan 80 dan ortiq nufuzli delegatsiyalar ishtirok etib, ushbu dasturga katta qiziqish bildirishdi.

Tadbir davomida xalqaro hamkorlik doirasida kelgusida tomonlar o‘rtasida xalqaro PhD dasturini rivojlantirish va ko‘lamini kengaytirish, uning sifati va qamrovini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

 Ochilish marosimida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. Dilmurod Nasimov, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor prof. Tong Qian Zou hamda Xitoy-ShHT Iqtisodiyot va savdo akademiyasining prezidenti Zheng Shi ishtirok etdi va dastur doirasida o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarni tabrikladi. Tadbir davomida o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga qabul sertifikatlari topshirildi.

2024-yil 1-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi hamda universitetning Yoshlar bilan  ishlash va tadbirlar bo’limi hamkorlikda universitetimiz olima ayollari  hamda talaba-qizlar ishtirokida “Jamiyat rivojida iqtidorli xotin-qizlarning o’rni” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig’i N.Abduvoxidovalar universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlarga, davlatimiz tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirishga xizmat qilayotganligi  xususida gapirishdi.

Tadbirda universitetning ilmiy tadqiqotlar bo’limi boshlig’i
N.Mansurova joriy o‘quv yilida universitetimizda ham ko‘plab xotin-qizlardan iborat o‘qituvchilar ilmiy unvonlar olganligi, bu jarayon kelgusida ham yana yuksalib borishi xususida to‘xtaldi.

Uchrashuvda jamiyat rivojida ilm yo‘lidan borayotgan xotin-qizlarning o'rniga bag'ishlangan videorolik  namoyish etildi.  Tadbirda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Joriy yilning 28-aprel kuni Samarqand shahrida oʻtkazilgan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish marafon musobaqasida ishtirok etgan “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetimiz  talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib muvafaqqiyatli o‘rinlarni egalladi.

Seshanba, 30 Aprel 2024 10:44

E’LON

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti Xushmurodova Madina Shaymankulovaning 08.00.05 – “Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan  “Yangi O’zbekistonda elektron savdo faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi kafedralar aro Ilmiy seminarning 2024-yil 30-aprel kuni soat 16:00 dagi majlisida muhokama qilinadi. Universitet ilmiy izlanuvchilari va professor-o'qituvchilarini ushbu seminarda qatnashishga taklif etamiz.

Seshanba, 30 Aprel 2024 10:26

E’LON

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti Xashimova Madina Muradxanovnaning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan «O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi huzuridagi kafedralar aro Ilmiy seminarning 2024-yil 30-aprel kuni soat 15:00 dagi majlisida muhokama qilinadi. Universitet ilmiy izlanuvchilari va professor-o'qituvchilarini ushbu seminarda qatnashishga taklif etamiz.

5 dan 72 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar