press

press

Joriy yilning 26-aprel kuni madaniy almashinuv va akademik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Shandong xalqaro savdo kasb-hunar kolleji rahbariyatidan iborat delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. O‘zaro muloqot davomida hamkorlikda o'quv rejalarini ishlab chiqish, talabalar almashinuvi dasturlarini va ilmiy hamkorlik doirasidagi loyihalarni yaratish kabi muhim masalalar yuzasidan kelishib olindi. Bundan tashqari muloqot davomida talabalarning bilim tajribasini boyitish maqsadida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilish borasida fikrlar yuritildi.

Joriy yilning 25-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mas’ullari, tyutorlari va Samarqan viloyat IIB huzuridagi “Jinoyat xavfsizlik xizmati” boshqarmasi inspektori Nilufar Sattorova bilan hamkorlikda universitet hududida “Talaba xavfsizlik kuni” munosabati bilan talaba-qizlar uchun profilaktik  tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan  mutasaddilar bugungi murakkab davrda internetdan, ijtimoiy tarmoqlardan  to‘g‘ri foydalinish, ma’lumot bilan birga zararli axborotlar ham keng tarqalayotganligini, ayniqsa, iymon-e’tiqodga rahna soluvchi, dinu diyonatga putur yetkazuvchi va insonni zalolatga boshlaydigan xar-xil materiallar avj olayotganligi xususida gapirishdi.

Bundan tashqari ayrim yoshlarimiz bilib, bilmay ayrim  ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolayotganligi xususida aytildi. Bugungi kunda yoshlarimizni aqidaparast g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va ularni g‘oyaviy xatarlardan ogoh bo‘lishlari uchun turli tadbirlar olib borilayotganligi haqida so‘z bordi. Tadbir davomida mas’ullar tomonidan universitet binosidagi kuzatuv kameralari, turniketdan kirib-chiqish vaqtlari, davomat tekshirildi va monitoringdan o‘tkazildi.

Yaqinda universitetimiz tyutori Sabina Abbasova tomonidan Cholg‘u asboblari chalishni o‘rganish bo‘yicha to‘garak tashkil qilindi. Musiqa asboblarini chalishni o‘rganish birinchi navbatda, hissiy intellekt, qo‘l, barmoq va oyoqlarda ishlash mahoratini rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarning sodir bo‘lgan voqelikni idrok etish va tahlil qilish, shuningdek, diqqat, xotira va nutq qobiliyatlarini yaxshilaydi.. Mazkur to‘garakda san’atsevar talaba-yoshlar pianino musiqa asbobida milliy kuylarimizni chalish hamda vokal darslarida o‘z ovoz tembrlarini sozlab, qo‘shiq kuylashni qunt bilan o‘rganishmoqda.

Tashkil etilgan to‘garak yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tqazib, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga, shu bilan bir qatorda, qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 27-28-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh talabalari O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, Xiva shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi.  

Sayohat davomida talabalar Xiva shahrining madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan yaqindan tanishishdi.

Universitet tomonidan tashkil etiladigan ommaviy turistik sayohatlar, mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirish bilan birga talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish,  nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligini oshirishga xizmat qiladi.

Seshanba, 30 Aprel 2024 09:30

Oila mustahkamligi psixologlar nigohida

25-26-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona davlat universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Oiladagi muammolar va ularning psixologik oqibatlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminarida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalarining yuzdan ortiq amaliyotchi psixologlarini jamladi va tajriba almashish maydoniga aylandi. Seminarda oilaning tinch-totuv, mustahkam bo‘lishida yoshlarning ruhiy salomatligi, psixologik farovonligining muhimligiga ilmiy va amaliy jihatdan batafsil yondashildi.

Universitetimizning kunduzgi va sirtqi yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalari dunyoning ko‘plab davlatlarida xususan Turkiyada ham akamedik almashinuv dasturi doirasida ushbu davlatda bo‘lishadi. Yaqinda universitetimizda o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijda xususan Turkiya davlatida bo‘lib turgan talabalarimizning xavfsizlik, asosiy xulq-atvor qoidalari va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olish bo'yicha tavsiyalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Talabalarga tibbiy sug'urta qilish va amaliyotga ketishdan oldin barcha kerakli hujjatlarni to'plash tavsiya qilindi. Shuningdek, mehmonxonalar vakillarining aloqa ma'lumotlari, favqulodda vaziyatlarda aloqa qilish tartibi tasdiqlangan.

Yig‘ilishda oliygohimiz talabalariga Turkiyada o'zlari bilan birga olib yurishi lozim bo'lgan shaxsiy himoya buyumlari ro'yxati berildi. Bundan tashqari talabalarning sog'lig'ini nazorat qilish rejasi, har qanday o'zgarishlar to'g'risida majburiy xabar berishi xususida aytildi.  Yig'ilishda yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig‘i, fakultet dekani va tyuterlar ishtirok etishdi.

Joriy yilning 26-aprel kuni oliy ta'lim muassasalari o‘quv ishlari bo'yicha prorektorlarining birinchi respublika forumi Buxoro davlat universitetida o'z ishini boshladi.

Forumda o‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo'limi boshlig'i M.A.Yorqulov universitet nomidan ishtirok etdi. 

Anjumanda oliy ta'lim muassasalari ta'lim yo'nalishlari kvalifikatsiyalarini qayta ko'rib chiqish, respublika OTM lari talabalari uchun mustaqil ta'limni ishlab chiqish tartibi va boshqa bir qator dolzarb mavzularda ish olib borildi. Forum o‘z ishini 27-aprel kuni ham o'z ishini davom ettirdi.

Iqlim o‘zgarishining ilk salbiy natijalari 1960-yillarda Orol dengizining qurib hududi cho‘lga aylanishidan boshlanganligini ko‘rish mumkin.

 Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vaziriligining tashabbusi bilan  joriy yil aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekiston, Latviya, Gruziya, Misr, Qozoqiston, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyadan kelgan bir guruh mohir rassomlar Qoraqalpog‘istonda xususan Mo‘ynoqda bo‘lib, ushbu fojeani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Ijodkorlar Orol dengizining o‘rnida ko‘rgan barcha kechinmalarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi “Art Rezedensiya”ning San’at ustoxonasida kartinalarga tushirdi.

Bu sur’atlar Orol dengizi vayron bo‘lishiga bag‘ishlangan Qumdagi izlar nomli ilk badiiy rezidentlik ko‘rgazmasining tashkil bo‘lishiga zamin yaratdi. Ushbu mohir rassomlar ijod namunalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilishi kuni kecha 28-aprel kuni tashkil qilindi. Ko‘rgazmada bir guruh rassomlar bilan birga, viloyat hokimligi mutasaddilari, tashkilotchilar, universitet o‘qituvchi va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etishdi.

Dastlab tadbirda so‘z olganlar Orol dengizi nafaqat bir yurtning balki butun dunyoning muammosi ekanligi, ushbu fojeani rassomlar o‘z asralarida namoyish qilishining ahamiyati xususida gapirishdi. Shundan so‘ng Janubiy Koreyalik rassom Kveon Djeongchan Art Rezendiya binosi hovlisida juda katta hajmda bir paytlar Orol dengizida yashagan akulaning va tiriklik dunyosining sur’atini chizdi.

Shundan so‘ng  7 ta davlatdan kelgan buyuk rassomlarning Orol fojeasiga bag‘ishlangan o‘ttizga yaqin turli janrlardagi ijodiy ishlari ko‘rgazmasi boshlandi.  Ko‘rgazma joriy yilning iyul oyigacha davom etadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan Yaponiyaning nufuzli Wakayama Universiteti o‘rtasidagi talabalar almashinuvi dasturi mavjud. Shu dastur asosida, 2024-yilning aprel oyida 2 nafar 2 kurs talabalarimiz, Kadorkin Karim (Hot 122) va Otabekov Diyorbek (Log 122) Wakayama universitetiga o‘qishga yuborildi. Ushbu talabalarimiz 2023-2024 o‘quv yilida Yapon tili va madaniyati fanini tanlab, o‘zlashtirib kelgan.  Talabalarimiz 1 yil davomida Wakayama universitetida yapon tili ko’nikmasini chuqurlashtiradi hamda boshqa mutaxassislik fanlarini o‘zlashtiradi. Talabalarimiz o‘qishiga muvaffaqiyat, shuningdek universitetlar o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning istiqbolini tilab qolamiz.

Universitetimiz talaba-yoshlariga turizm va madaniy meros sohalari bo‘yicha mahalliy va xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan chuqur bilim va ko‘nikmalar berib kelinayapti.

Nazariyani o‘rganish bilan birga, uni o‘z joyida ko‘rish hamda oliygohimiz tyuterlari bilan birga, tarixiy obidalarni va muzeylarni ziyorat qilish maqsadida shahrimizdagi “O‘zbekiston va Xitoy merosi” ekspozitsiyasi hamda “Diniy bag‘rikenglik” muzeyiga sayohat tashkil qilindi. Besh muhim tashabbus doirasidagi ushbu sayohat davomida talaba-yoshlar muzeydagi turli ko‘rgazmalar, qadimiy tangalar, sur’atlar bilan yaqindan tanishdi.

6 dan 72 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar