Dushanba, 22 Aprel 2024 10:57

Buxoroda o‘tkazilgan respublika seminarida universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi faol ishtirok etdi

Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida respublika o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi.

Mazkur o‘quv-seminarda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etishdi. Ushbu seminarning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning mustahkam asosini yaratish va bu yoʻlda esa oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni belgilab olish  va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Ikki kunlik seminar mazmunan boy, tajriba almashishga, samarali ish faoliyatini tashkil etishga katta zamin yaratdi. Anjumanning ikkinchi kunida Buxoroning tarixiy obidalari bo‘ylab tashkil etilgan sayyoxat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova ham  ishtirok etdi va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

O'qilgan 48 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar