press

press

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari 26-aprel kuni Sharja Amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

Universitet qoshidagi Art-Rezidentsiyada ochilgan Sharja Amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi Arabiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi munosabatlar tarixi hamda Sharja Amirligining neolit davridan Islomgacha boʻlgan davriga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalar oʻrin olgan.

Joriy yilning 25-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi hamda uinversitetning Yoshlar bilan  ishlash va tadbirlar bo’limi hamkorlikda “Davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarning o’rni va mavqeyini yanada mustahkamlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni unversitetning birinchi prorektori D.Nasimov ochib berdi va “Yangi O’zbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida ma’ruza qildi.  

Bugungi kunda jamiyatda xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish dolzarb masala mavzusida ma’ruzasi bilan viloyat IIB Xuquqshunoslik profilaktikasi boshqarmasining muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori N.Sattorova o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Juma, 26 Aprel 2024 09:33

Объявление

О защите докторской философии (PhD) по экономике диссертации Остонова Уткира Янгибаевича
Остонов Уткир Янгибаевич - защищает PhD диссертацию на тему «РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО ТУРИЗМА И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОРГАНИЗАЦИОННО – ЭКОНОМИЧЕСКИХ МЕХАНИЗМОВ» по направлению 08.00.17 – «Туризм и гостиничная деятельность» на научном совете DSc.33/01.02 .2022.I.145.01 при международном университете туризма и культурного наследия «Шелковый путь» 27 апреля в 10:30.

Payshanba, 25 Aprel 2024 13:25

E’LON

2024-yilning 26-aprel soat 15:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ilmiy faoliyat uchun foydali bo‘lgan kurslar haqida ofline seminar tashkil etiladi.

O’z ilmiy faoliyatini yaxshilash niyatida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar doktorontlar, magistr va iqtidorli talabalarni seminarga taklif etamiz.

Seminar o’tkazilish joyi: Universitet binosi 108-xona

Universitetimizda nafaqat kunduzgi ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan balki sirtqi ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talaba-yoshlar uchun doimiy sport tadbirlari tashkil qilib kelinayapti.

 Ushbu hafta davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil oluvchi talabalardan iborat jamoalar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi. Qiziqarli va bellashuvlarga boy o‘tgan mini futbol musobaqasida kuchli va shiddatkor bo‘lgan jamoalar g‘olib bo‘lishdi va o‘yin yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Joriy yilning 19-22-aprel kunlari Xitoyning Quanzhou shahrida dunyonning turizm va madaniy meros sohasida ta’lim beradigan 120 dan ortiq oliy ta’lim muasassalarining professor olimlari ishtirokida yirik ilmiy forum o‘tkazildi. Forum "Tuya qo'ng'iroqlari va yelkan soyalari o'rtasidagi ikkinchi muloqot, Ipak yo'li turizmini rivojlantirish va sivilizatsiyalarni o'zaro o'rganish" mavzuiga bag‘ishlandi. Ilmiy forum Huaqiao universitetida o‘tkazilib, unda  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zou ham ishtirok etdi va ma’ruza qildi. Universitetimiz professori o‘z nutqida "Ipak yo'li" tushunchasining kelib chiqishi va uning tarixi xususida gapirib anjumanning yevropalik, hindistonlik va xitoylik olimlarning bu haqidagi fikrlarini umumlashtirgan holda ayrim tushunmovchiliklariga oydinlik kiritganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Shu kunlarda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doiarasida oliygohimiz talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish  hamda ularni tariximizni yanada chuqurroq o‘rganishini tashkil qilish maqsadida shahrimizdagi tarixiy obidalarga sayohati tashkil qilindi. 

Asosan bir guruh birinchi bosqich talabalari Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurib ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan asori atiqalar bilan yaqindan tanishdi. 

Universitetimizning Talabalar turar joyida turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil qilib  kelinayapti. Ana shunday davra suhbatlaridan biri yaqinda birinchi bosqich talabalari uchun tashkil qilindi. Uchrashuvda Samarqand shahridagi “Gedeon Rixtor” mas’uliyati cheklangan jamiyati shifokori, endikrinolog Zilola Adizova talaba-qizlar bilan yaqindan muloqot qildi. Muloqot jarayonida mutaxassis talaba-qizlarga o‘z tavsiyalarini berish bilan birga, qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov hamda kafedra dotsenti Saodat Jalolova “O‘zbekiston Respublikasi turizm obyektlarining katalogini raqamlashtirishning turizm rivojlanishiga ta’sirini tadqiq etish” dasturi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining guvohnomasiga ega bo‘ldi.

Universitetimizning “Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi” katta o‘qituvchisi O.Nabiyev “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchi va o‘quvchilariga “Chet tillarini o‘qitishning zamonaviy metodlari” va “O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish” mavzusida seminar hamda davra suhbati o‘tkazdi. Ushbu tadbirlarda o‘qituvchimiz tomonidan xorijiy tillarni o‘qitishda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish lozimligi xususida o‘z tavsiyalarini berdi va o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Ahamiyatlisi, o‘qituvchimiz Marg’ilon turizm va madaniy meros texnikumi kutubxonasiga mualliflar T.Sultanov va Z.Eshmurodovalarning “Turistlar uchun fransuzcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha fransuzcha so‘zlashgich” kitobini taqdim etdi.

7 dan 72 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar