Payshanba, 18 Aprel 2024 10:48

Universitetimizda o‘tkazilgan “Xalqaro  yer  kuni” da ona tabiatni asrab avaylash borasidagi zarur tavsiyalar berildi

2024-yil 22-aprel kuni respublikamizda “Xalqaro yer kuni” nishonlanadi.  Shu munosabati bilan, joriy yilning 18-aprel kuni “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan  “Yer  sayyorasini  asrash”ga  qaratilgan  talabalar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbir davomida oliygoh Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova talabalarga Butunjahon Yer kuni dunyodagi eng yirik dunyoviy bayram sifatida e’tirof etilishi, bu sananing ahamiyati, toza atrof-muhit uchun kurashish ishtiyoqi dunyoda kundan-kunga ortib borayotgani to’grisida gapirdi. Shuningdek,  talabalarni Butunjahon Yer kunida   daraxt ko‘chatlarini ekishga va ona tabiatimizni asrab avaylashda o‘z hissalarini qo‘shishini va turli belgilanmagan joylarga turli chiqindilarni tashlab ketmaslikka chaqirdi.

O'qilgan 19 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar