Ta’lim sifatini ta’minlash bo’limi

10

Bo’lim boshlig’i: To’xtamishov Aziz Kahramonovich

Telefon: +99893 348-33-80

E-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Ta’lim sifatini ta’minlash bo’limi – Office of Quality Assurance - OQA

Bo’limning asosiy maqsadi - universitetda ta’lim sifatini oshirishga ko’maklashish. Ushbu maqsad universitet oldiga qo’yilgan vazifaga mos keladi: shaxsiy va professional hayotida vijdonli, jamiyatga foydali, Vataniga xizmat qiluvchi mas’uliyatli bitiruvchilarni rivojlantirish.

Ta’lim sifatini ta’minlashning samarali, oshkora va ochiq rivojlanish tizimi mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga, tashqi va ichki manfaatdor tomonlarning, ya’ni talabalar, o’qituvchilar, bitiruvchilar, ota-onalar (vasiylar), ish beruvchilar, “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti xodimlarining qoniqishini oshirishga yordam beradi.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti innovasion ta’lim hamjamiyati va Markaziy Osiyoning eng yaxshi universitetlaridan biriga aylanishga intilmoqda. Universitetning asosiy mezonlaridan biri ta’lim va o’qitish jarayonini takomillashtirish bo’yicha doimiy olib borilayotgan ishlar ekanligini nazarda tutsak, bo’limning asosiy vazifasi universitetning strategik qarashlari va ta’lim maqsadlariga erishish jarayonini doimiy ravishda qayta ishlashdir. Muayyan dastur bo’yicha o’qitish hajmi, darajasi, sifati va natijalari universitetning vazifasi, ta’lim maqsadlari va standartlariga qanchalik mos kelishini aniqlash ham bo’lim zimmasida.

“Ipak yo’li” universiteti talabalari, o’qituvchilari va ta’lim jarayoni monitoringi to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali bo’lim quyidagi ishlarda faol qatnashadi:

  • sifatni ta’minlash bilan bog’liq jarayonlarni, rejalashtirishni takomillashtirish;
  • talabalarning dunyoni anglashi va o’qitish samaradorligini oshirish;
  • universitetda ta’lim sifati to’g’risidagi hujjatlarni boshqarish.

Bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlari: talabalarning shaxsiy xususiyatlarini o’rganish va ularning rivojlanishi, talabalarni psixologik qo’llab-quvvatlash, ekspert va tahliliy ishlar, dastur akkreditasiyasini ilgari surish, ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni qo’llab-quvvatlash.

Talabalarning shaxsiy xususiyatlarini o’rganish va ularning rivojlanishi

Universitet faoliyati muvaffaqiyatining asosiy mezonlaridan biri – bu uning bitiruvchilari, ularning axloqiy va intellektual rivojlanishidagi yutuqlaridir. Ushbu natijani samarali va tasdiqlangan vositalar yordamida o’lchash kerak.

Bo’lim tomonidan quyidagi yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda:

  • universitet talabalarining axloqiy va intellektual rivojlanishi;
  • “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti har bir talabasining kognitiv uslublari, aqliy qobiliyatlari, shaxsiy xususiyatlari.

Natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishdan so’ng, bo’lim talabalar, o’qituvchilar, dastur rahbarlari va universitet rahbariyatiga umumiy va individual tadqiqotlar natijalari (maxfiylik tamoyiliga asoslangan holda), shuningdek, ularni hal qilishda aniqlangan muammolar to’g’risida ma’lumot beradi.

Tadqiqot natijalariga ko’ra bo’lim xodimlari:

  • talabalarning individual kognitiv qobiliyatlari va moyilligini hisobga olgan holda, o’qitish usullarini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • talabalarga konsultativ yordam berish, o’qitish usullarining talabalar qobiliyati va ta’lim ehtiyojlariga mos keladigan tarzda ta’lim trayektoriyasini qurishga yordam berish;
  • universitet missiyasi va ta’lim standartlariga muvofiq tarzda o’qituvchilarga o’qitish va baholashning yangi usullari to’g’risida maslahat berishni amalga oshiradi.

Talabalarni psixologik qo’llab-quvvatlash

Qulay psixologik iqlimni yaratish, muammolarni va ularning eng samarali yechimlarini o’z vaqtida aniqlash uchun universitetda psixologik xizmat yo’lga qo’yilgan.

Psixologik xizmat vazifalari:

  • muammolarni yaxshiroq tushunish va ularni yanada samarali hal qilish uchun psixologik yordam mashg’ulotlarini o’tkazish;
  • o’qituvchilarga talabalarning individual xususiyatlariga muvofiq tarzda o’qitish va baholash usullarini qo’llash to’g’risida maslahat berish;
  • ma’lumotlarning maxfiyligi prinsipiga asoslangan holda psixologik iqlimdan rahbariyatni xabardor qilish;
  • o’quv yilining boshida yangi jamoaga moslashish, talabalar o’rtasidagi shaxslararo munosabatlarni shakllantirishga yordam berish;
  • stress va jarohatlardan keyingi holatlarda talabalarni qo’llab-quvvatlash, psixosomatik holatni aniqlash;
  • maqsadlarni belgilash va ularga erishish bo’yicha talabalar bilan ishlash;
  • talabalarni kasbiy faoliyatga yo’naltirish.

Ekspert-tahliliy ishlar

Bo’lim xodimlari:

  • ta’lim jarayoni sifatidan tashkilotning qoniqishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;
  • lisenziyalash, akkreditasiya va boshqa talablar asosida sifat ko’rsatkichlarining ichki tizimini ishlab chiqish;
  • “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetida yuz berayotgan ta’lim jarayonlarini “O’qituvchi talaba nigohida”, “Kasbdoshlar ko’zi bilan mashg’ulotlarni kuzatish”, “Darslarni baholash shakli” va hokazo so’rovnoma vositalari yordamida monitoring qilish, baholashlar natijalarini tahlil qilish;
  • tadqiqot natijalari bo’yicha xulosalar berish faoliyatini amalga oshiradi.

Dasturli akkreditasiyaga ko’maklashish

Akkreditasiya bo’yicha qo’llanma asosida bo’lim universitet rahbariyatiga dasturlarni va umuman universitetni tashqi baholashda, shu jumladan, uni milliy va xalqaro darajada akkreditasiyadan o’tkazishda yordam beradi.

Bu ish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • sifatni ta’minlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha ishlarni rejalashtirishda yordam berish;
  • universitetning ta’lim maqsadlari va standartlariga muvofiq, ma’lum bir dasturning hajmi, darajasi, sifati va o’quv natijalariga muvofiqligini baholash, tekshirish;
  • sifat menejmenti sohasida kasbiy rivojlanishni tashkil qilish, dasturlarning baholashini o’tkazishda yordam berish, shuningdek, ularning holati va rivojlanish dinamikasi bo’yicha hisobotlarni tayyorlash;

Ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni qo’llab-quvvatlash

  • Bo’lim universitet ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha tadqiqotlar qo’mitasi bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy konferensiyalar, o’qituvchilar va talabalarning seminarlari, forumlarini tashkil qilish va o’tkazishda, shuningdek, ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etishda qatnashadi;
  • bo’lim o’z faoliyati davomida universitet Nizomi, strategik hujjatlari, shuningdek, bo’lim faoliyati to’g’risidagi Nizom va uning ish rejasiga amal qiladi.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar