Hujjatlar to'plami

Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo’lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • magistratura mutaxassisligi ko’rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
  • chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo’lgan holda);
  • 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • qonun hujjatlariga muvofiq o’qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi.

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasporti va harbiy xizmatga jalb qilinganlik to’g’risidagi hujjatni shaxsan ko’rsatishlari shart.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar