Seshanba, 30 Aprel 2024 09:52

Talaba-yoshlarimiz musiqa va san’at yo‘nalishida ham o‘z qobiliyatlarini oshirib bormoqda

Yaqinda universitetimiz tyutori Sabina Abbasova tomonidan Cholg‘u asboblari chalishni o‘rganish bo‘yicha to‘garak tashkil qilindi. Musiqa asboblarini chalishni o‘rganish birinchi navbatda, hissiy intellekt, qo‘l, barmoq va oyoqlarda ishlash mahoratini rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarning sodir bo‘lgan voqelikni idrok etish va tahlil qilish, shuningdek, diqqat, xotira va nutq qobiliyatlarini yaxshilaydi.. Mazkur to‘garakda san’atsevar talaba-yoshlar pianino musiqa asbobida milliy kuylarimizni chalish hamda vokal darslarida o‘z ovoz tembrlarini sozlab, qo‘shiq kuylashni qunt bilan o‘rganishmoqda.

Tashkil etilgan to‘garak yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tqazib, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga, shu bilan bir qatorda, qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

O'qilgan 68 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar