Seshanba, 30 Aprel 2024 09:43

Talabalarimiz uchun Xivadagi tarixiy obidalarga ziyorat tashkil qilindi

Joriy yilning 27-28-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh talabalari O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, Xiva shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi.  

Sayohat davomida talabalar Xiva shahrining madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan yaqindan tanishishdi.

Universitet tomonidan tashkil etiladigan ommaviy turistik sayohatlar, mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirish bilan birga talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish,  nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligini oshirishga xizmat qiladi.

O'qilgan 57 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar