Chorshanba, 08 May 2024 11:45

Universitetimizda “Halollik yoshlarning hamrohi –rivojlanish mezoni” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bugun 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish maqsadida oliygoh “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Halollik yoshlarning hamrohi –rivojlanish mezoni” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirida universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni universitetning Ma’muriy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov kirish so‘zi bilan ochib,  korrupsiya jamiyat illati ekanligi unga qarshi kurashishda barcha mas’ul bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat Advokatlar palatasi raisi T.Qodirov hamda viloyat hokimligi mas’ul xodimi jamiyat va davlat rivoji uchun eng katta to‘siqlardan biri bu korrupsiya ekanligini ta’kidladi va ushbu illatning ko‘rinishlari, qonun nuqtai nazaridan javobgarligi to‘g‘risida  to‘liq ma’lumot  berdi.

Shuningdek tadbirda oliygoh “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Negmatov ham universitet faoliyatida bu kabi salbiy holatlarning yuz bermasligi borasidagi amaliy chora-tadbirlar xususida gapirdi.

O'qilgan 255 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar