Seshanba, 23 Aprel 2024 11:12

Xo’ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida “O‘zbekshunoslik” kafedrasi tashkil qilinadi

Joriy yilning 19-aprel sanasida Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori professor doktor Bulent Bayram boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi.

Universitetning Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori professor Dilmurod Nasimov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ikki tomonlama o‘rnatilgan hamkorlik yo’nalishlarini yanada rivojlantirish va Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti qoshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-19-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan dastlabki “O‘zbekshunoslik” kafedrasini tashkil qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.  Uchrashuvda Prof. Bulent Bayram Turkiya OTMlarida ham mazkur kafedrani tashkil qilinishida o‘zining amaliy yordamini ko‘rsatishini ta’kidladi.

O'qilgan 51 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar