Payshanba, 25 Aprel 2024 11:06

Universitetimizning sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi

Universitetimizda nafaqat kunduzgi ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan balki sirtqi ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talaba-yoshlar uchun doimiy sport tadbirlari tashkil qilib kelinayapti.

 Ushbu hafta davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil oluvchi talabalardan iborat jamoalar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi. Qiziqarli va bellashuvlarga boy o‘tgan mini futbol musobaqasida kuchli va shiddatkor bo‘lgan jamoalar g‘olib bo‘lishdi va o‘yin yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

O'qilgan 101 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar