Payshanba, 02 May 2024 10:41

Talabalar bilan “Korrupsiyasiz soha” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

1-may kuni universitetimiz Kompleans nazorati bo'limi bosh mutaxassisi Ilhom Negmatov tomonidan ko'ngilli talabalar orasidan saylab olingan talaba-yoshlar klubi tashkil qilindi.

Shu munosabat bilan ko‘ngillilar ishtirokida davra suhbati tashkil qilinib, unda dastlab tanishtiruv so‘ngra bugungi kunda talabalarni qiynab kelayotgan ba'zi muammolar haqida fikr yuritildi. 

Tashkil qilingan davra suhbati juda qizg'in o‘tkazilib, ayrim tushunmovchiliklarga aniqlik kiritildi. Kelgusida oliygohimiz Kompleans nazorati bo'limi tomonidan bu kabi tushunmovchilik bo‘lgan  vaziyatlar o'rganilib joyida barham topilishi xususida gapirildi.

Shuningdek universitetda korrupsiya va qonun buzilishlari holatlari sodir bo‘lmasligi yuzasidan chora tadbirlar belgilab olinishi hamda bu kabi davra suhbatlari doimiy ravishda o‘tkazilishi aytildi.   

O'qilgan 69 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar