Yangiliklar: Aprel 2021

Juma, 30 Aprel 2021 13:21

Atoqli adiblar bilan ijodiy uchrashuv

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulovning 2021-yil 9-apreldagi 87-03-188-XFU-sonli topshirig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining 2021-yil 25-martdagi 11-PA 2/1-693-sonli topshirig‘iga asosan, ta’lim muassasasida atoqli adiblar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar tashkil etish hamda ushbu tadbirlarni maxsus reportajlar orqali yoritib borish maqsadida 2021-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limining bir guruh shoir-yozuvchilari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

“O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan ushbu ijodiy uchrashuvga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Xosiyat Bobomurodova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Kubarro Bahromova va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Zuhra Begim Eshonqulovalar kelishdi. Ular bugungi kunda nashrga tayyorlanib chop etilgan yangi adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati, kelgusida chop etilishi rejalashtirilayotgan she’riy to‘plamlar, bugungi kitobxon va mutolaa san’ati to‘g‘risida so‘z yuritishdi. Shoiralar ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berish bilan bir qatorda, yig‘ilganlarga o‘zlarining ijod namunalaridan aytib berishdi.

She’riyat vakillari yoshlarga ijod olamining o‘ziga xos mashaqqatlari haqida so‘zlab, o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Yosh qalamkashlar atoqli adiblar tomonidan berilgan tavsiyalarni katta qiziqish bilan tinglashdi.
Uchrashuvda shoirlikka qiziquvchi talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv barcha talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 28 Aprel 2021 17:02

“Eng yaxshi insho” tanlovi

Hurmatli, talabalar!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 1-sonli bayoni ijrosi to‘g‘risida”gi 79-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan 2021-yil 18-mayda universitetda O‘zbekiston Qahramoni A.Oripov va O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘.Hoshimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan A.Oripov va O‘.Hoshimov asarlari asosida talabalar o‘rtasida insholar tanlovini o‘tkazishini ma’lum qiladi.

Insholar tanloviga universitetning barcha talaba-yoshlari taklif etiladi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar ro‘yxatdan o‘tgach, 2021-yil 18-may kuni soat 10.00 da 313-xonaga kelishlari so‘raladi. Inshoni yozishga 2 soat vaqt ajratiladi. Tanlov g‘oliblari 2021-yil 20-may kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida taqdirlanadi.

Tanlov ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ma’lumotlaringizni (F.I.SH. va telefon raqamingiz) 2021-yil 15-maygacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: +998915446204 (Telegram).

Kategoriya E'lonlar

Milliy qadriyatlarimiz haqida yanada kengroq bilimga ega bo‘lish va tarixiy qadriyatlarimiz nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish hamda 2020-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari orasida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar e’zozi” tanlovi tashkil etildi.

Tanlov g‘oliblari 2021-yil 27-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida taqdirlandi.

Tavlovda faxrli 1-oʻrinni egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida; faxrli 2-oʻrinni egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida; faxrli 3-oʻrinni egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalariga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun, 23-aprel kuni butun dunyoda “Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni” nishonlanadi. Shu munosabat bilan, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti kutubxonasi xodimlari 2021-yil 26-30-aprel kunlari ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Shu kunlari talabalarni bir qator qiziqarli tadbirlar kutmoqda:
- kutubxona imkoniyatlari taqdimoti;
- mutaxassislar tomonidan seminarlar;
- brainstorming shaklidagi turli adabiyotlar muhokamalari va bahs-munozaralari (talabalarning bevosita ishtirokida);
- turli tanlovlar.

XXI asr - axborot texnologiyalari asri bo‘lsa-da, kitoblarning ahamiyati hech qachon yo‘qolmaydi. Kitoblar insonda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalaydi va har doim insonni qiziqtirgan har qanday savollarga javob manbai bo‘lib qoladi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 21-aprel kuni Bolgariya kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash Assotsiatsiyasi prezidenti, Yevropa Ittifoqining kichik va o‘rta biznes uyushmasi direktorlar kengashi a’zosi Xalachev Veselin Savov, shuningdek, “Bolgariya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi, Skopye (Shimoliy Makedoniya Respublikasi) Turizm va menejment universiteti vakili, m.f.d. Krastev Toshko Angelovlar “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadlaridan biri – ikki tomonlama memorandumni imzolash bo‘ldi.

Tashrif doirasida Skopye Turizm va menejment universiteti va “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik tamoyillari muhokama qilinib, o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatga muvofiq, tomonlar qo‘shma akademik va innovatsion loyihalar, ilmiy-tadqiqot dasturlarini tashkil etish va amalga oshirish, seminar va ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tkazish, Skopye shahridagi Turizm va menejment universitetida “Ipak yo‘li” universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari stajirovka o‘tash, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy almashishga ko‘maklashish va kadrlar salohiyatini mustahkamlash kabi asosiy yo‘nalishlar borasida kelishuvlarga erishdi.

Uchrashuv faqatgina memorandumlarni imzolash bilan chegaralanmadi. “Ipak yo‘li” universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan sayyor leksiya doirasida Bolgariya Respublikasi va Shimoliy Makedoniya Respublikasining sayyohlik salohiyati bilan tanishishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 22 Aprel 2021 12:56

E'LON!!!

Qadrli 2 va 3 kurs talabalari! 2021 yilning 26 aprelida soat 14-00 da universitetda “Turizm va mehmonxona faoliyati” fani bo‘yicha tanlov o‘tkazilishini ma'lum qilamiz. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar 2021 yil 26 aprel' kuni soat 13-45 da universitetning 213-xonasiga kelishlarini so‘raymiz. Tanlovda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan talaba Respublika Fan olimpiadasiga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar bo‘yicha Ilmiy bo‘limga murojaat etishingiz mumkin. (215-xona)

Kategoriya E'lonlar

08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

Hujjatlar 2021-yilning 1-mayidan 25-mayigacha qabul qilinadi

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yilgan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” ga muvofiq amalga oshiriladi. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
 Magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
 Ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy, amaliy konferinsiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
 Ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lishi lozim.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va http://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar
uchun);4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi
ilovalari bilan birgalikda;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
6) Passport nusxasi;
7) 3x4 rasm, 2 dona;
8) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;
9) Ish joyidan tavsifnoma;
Mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. Suhbat mutaxasislik fanidan va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi. Suhbat kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi.
Murojat uchun telefon: +998976143377
Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kategoriya E'lonlar

Tog‘lar tabiatning noyob haykallari bo‘lib, ularning samoviy cho‘qqilari, keng yaylovlari va eng muhimi, juda ajoyib manzaralari bilan minglab ekstremallarni jalb qiladi, chunki bu yerda inson o‘zini hammadan ustun bo‘lganligini his qiladi va butun dunyo uning kaftlarida namoyon bo‘ladi.

O‘zbekistonda tog‘ va ekstremal turizmning jadal rivojlanishi yoshlarning ektremal sportga qiziqishini ko‘rsatadi. Ma’lumot uchun, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida 2-bosqich talabasi Amirbek Mirzayev rahbarligida tashkil etilgan tog‘ va ekstremal turizmini sevuvchilarning harakati o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bir necha bor “Hikingly” jamoasi respublika miqyosida o‘tkazilgan turli ekstremal musobaqalarda faol ishtirok etib, sharafli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Endi ular Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 22-25 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Yoshlar turistik yig‘ini doirasidagi respublika musobaqalarida ishtirok etishadi.

Joriy yilning 17-18-aprel kunlari “Hikingly” klubi a’zolari Qashqadaryo viloyati “Qalla-I Shiron” darasida joylashgan Amir Temur g‘ori atrofida joylashgan amaliyot bazasiga tashrif buyurishdi. Talabalarimizga nazariy trening, toqqa chiqishga o‘rgatish, trekking va speleo-treklarga tayyorgarlik ko‘rish, tugunlarni bog‘lash kabi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Alohida e’tibor esa jamoaviy ishlashga berildi. “Hikingly” jamoasi ikki guruhga bo‘linib, birinchi yarmi professional instruktorlar nazorati ostida ikki ming metrdan ortiq balandlikda joylashgan g‘orga ko‘tarila boshladi. Asosiy vazifa – jamoaning qolgan yarimi uchun xavfsizlik arqonlarini uzatish bo‘ldi.

G‘orga chiqish juda murakkab bo‘lsa-da, “Hikingly” jamoasi 2100 metr balandlikdan ochilgan ajoyib manzarani tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

“Biz tog‘ va ekstremal turizmining juda murakkab elementi – cho‘qqiga ko‘tarilishini boshdan kechirganimizdan juda mamnunmiz, sarflangan kuchimiz bunga arziydi deb o‘ylayman. Yuqoriga ko‘tarilayotganda, barcha muammolar unut bo‘ladi, chunki eng kichik xato ham hayotingizga nuqta qo‘yishi mumkinligini tushunasiz, aynan shu paytda o‘z joningizni saqlash instinktini his qilasiz” – deya “Hikingly” klubi koordinatori Amirbek Mirzayev o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti reytingini oshirishning asosiy maqsadlaridan biri – ulkan va boy kutubxona tashkil etib, unda talabalarni ko‘p qirrali turizm sohasi bilan yanada chuqurroq tanishtirish uchun barcha sharoitlarni yaratishdan iborat. Bu borada ko‘plab xalqaro va mahalliy instantsiyalar, turistik tashkilotlar va yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari sa’y-harakati bilan universitet kutubxonasi fondi jadal kengayib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy va jadal rivojlanayotgan turizm sohasidagi bilimlarning ochiq manbai hisoblanadigan kutubxona imidjini targ‘ib qilish maqsadga muvofiqdir.

Universitet rektori jamoatchilik vakillariga o‘ziga xos dizaynda yaratilgan, to‘laqonli yuqori texnologiyali turizm sohasidagi bilimlar markazi vazifasini bajaruvchi noyob universitet kutubxonasini o‘zgacha g‘urur bilan taqdim etdi.

Ta’kidlash joizki, universitet kutubxonasi bir nechta zonalarga bo‘linadi: elektron resurslar zali, markaziy zal, xalqaro zal, milliy zal, nodir kitoblar zali va talabalar tanlangan kitoblar muhokamasi uchun kichik yig‘ilishlar zali – “Brainstorming-room”. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri A.A.Abduhakimovning shaxsiy kutubxonasidan keltirilgan kitoblar saqlanayotgan rektor xonasi alohida o‘rin tutadi.

Hozirgi vaqtda universitetning kutubxona fondi 10 mingdan ortiq kitob, shuningdek, mingdan ortiq elektron resurslarni o‘z ichiga oladi. Universitet kutubxonasi zamonaviy uskunalar, lingafon xonasi bilan jihozlangan bo‘lib, unda tillarni o‘rganish va turizm adabiyoti bilan yaqindan tanishish uchun barcha zarur elektron materiallar taqdim etiladi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 09 Aprel 2021 19:49

Tanlov uchun e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq universitetda “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida tanlov o’tkazilishini ma’lum qilamiz.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar universitetning ilmiy bo’limiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:

1) Ariza (1-ilova);
2) Arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi va ma’lumotnomasi (2-ilova);
3) Loyihaning qisqacha mazmuni (3-ilova);
4) Loyihaning ma’lum bir muammoni echimiga qaratilganligi haqida taqdimot (prezentatsiya-power point, 10 ta slayddan oshmasligi lozim);
5) Loyihaning hududga va tarmoq sohasiga foydaliligi bo’yicha tegishli davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari yoki tadbirkorlik sub’ektlaridan tavsiyanoma;
6) Loyiha haqida qisqacha videorolik (1 daqiqadan oshmagan, .avi yoki mp4 formatida)
7) Loyiha bo’yicha olingan patent, sertifikatlar, maqtov yorliqlar va boshqalar (agar mavjud bo’lsa);
8) Loyiha prototipi (agar mavjud bo’lsa).

Tanlovda o'rin olganlar O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ko'krak nishoni bilan birgalikda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati 30-aprel 2021-yil.
Barcha hujjatlarni Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. e-mail pochtasiga jo’natishingiz so’raladi.
Murojaat uchun telefon: +998976143377- Farxod Abduraxmonov

Tanlov uchun Ilovalar.docx

Kategoriya E'lonlar
1 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar