Yangiliklar: Aprel 2021

Dushanba, 05 Aprel 2021 09:02

360° 8K Video about our University

Kategoriya Media

Bugun, 2021-yil 2-aprel kuni Samarqand shahri markaziy oʻyingohi – “Dinamo” stadionida “Rektor kubogi”ning tantanali qismi – g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng kuchli g‘olib talabalarni universitet rektori – Aziz Abduhakimov shaxsan tabrikladi.

“O‘yin jarayonida maydonda oddiy talabalar emas, balki haqiqiy sportchilar raqobatlashayotgandek edi go‘yoki. Chunki bu yerdagi muhit professional darajadagi sport baxslaridek sezildi! Ayniqsa, chempionlik uchun kechgan qizg‘in baxslarni bizga taqdim etgan futbolchilardan bag‘oyat mamnunmiz!” – deya e’tirof etdi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori A.A.Abduhakimov.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

Yakkalik sport musobaqalari g‘oliblari quyidagicha:

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 25-30-mart kunlari sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalari oʻrtasida sportning badminton, futbol, shaxmat, armrestling va kvest turlari boʻyicha “Rektor kubogi” sport musobaqalari reja-jadvali asosida oʻtkazildi. Rejaga muvofiq, badminton - 50, futbol - 190, shaxmat - 80, armrestling - 71, kvest sport turi boʻyicha 190, jami 581 nafar talaba jalb etildi (shulardan 86 nafari xotin-qizlar).

Ushbu sport musobaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6099-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 735-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazildi.

Joriy yilning 2-aprel kuni Samarqand shahri markaziy futbol oʻyingohi – “Dinamo” stadionida “Rektor kubogi”ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Stadionda yig‘ilgan tomoshabinlar oqishi ostida “Bad Guys” va “Sparta” futbol jamoalari final uchrashuvida baxslashdi. Avvalroq, universitetda badminton, armrestling va shaxmat bo‘yicha final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tomoshabinlar yorqin o‘yinga guvoh bo‘lishdi. O‘yinning asosiy vaqti g‘oliblarni aniqlamadi, hisob “3:3”ligicha qolaverdi. Faqat penaltilar seriyasi turnirning eng kuchli jamoasi “Sparta” klubi ekanligini isbotladi. Shuni ta’kidlash kerakki, “Sparta” futbolchilari o‘yin davomida 0:2 hisobida yutqazayotgan bir paytda, jamoa oxirgacha kurashib turnir chempioniga munosib bo‘lishdi!

Futbol o‘yini tugaganidan keyin “Rektor kubogi”ning rasmiy qismi, ya’ni barcha sport musobaqalari va kvest g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida: “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalari oʻrtasida sportning badminton, futbol, shaxmat, armrestling va kvest turlari boʻyicha “Rektor kubogi” sport musobaqasining final bosqichi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’muriyati musobaqalarni o‘tkazishda faol ishtirok etgan va amaliy yordam ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, jismoniy tarbiya va ommaviy sport boshqarmasi boshlig‘i U.Radjabov, Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi A.Ospanova, Samarqand viloyati hokimligi, Ichki ishlar boshqarmasi, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Milliy gvardiya, talabalar uyushmasi va “Rektor kubogi” doirasidagi sport yo‘nalishlari bo‘yicha federatsiyalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Kategoriya Yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taklifiga binoan O‘zbekistondagi xorijiy mamlakatlarning favqulodda va muxtor elchilari hamda diplomatik korpus vakillari bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi binosida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Yaponiya, Isroil, Malayziya, Yaponiya, Indoneziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Pokiston, Hindiston, Eron, Koreya, Ozarbayjon va Italiya kabi davlatlarning elchilari va diplomatik vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi  Aziz Abduhakimov tomonidan mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni, jumladan, turizm, madaniy meros va sport sohalarini har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi doimiy hamkorlik va sa’y-harakatlar uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Mehmonlar O‘zbekiston hukumati tomonidan pandemiya oqibatlarini yumshatish va turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash barobarida tezkor qayta tiklash va yangi o‘sish nuqtalarini topishga doir amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Butun dunyodagi pandemiya sharoitida sayyohlar xavfsizligini ta’minlash muhim omil ekanligi inobatga olinib, xorijiy elchilarga respublikamizda joriy etilgan yangi “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitar-epidemiologik xavfsizlik tizimi borasidagi taqdimot namoyish etildi.

Shuningdek, mehmonlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand shahrida tashkil etilgan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti faoliyati hamda diplomatik vakolatxonalar rahbarlari universitetida tashkil qilingan turizmni o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha markaziy kutubxona bilan tanishtirildi.

Mehmonlar o‘z mamlakatlarida nashr etilgan O‘zbekiston va Markaziy Osiyo haqidagi turli kitob va adabiyotlar, qo‘lyozma nusxalari, tarixiy xaritalar hamda shu kabi foydali materiallar, xorijiy davlatlar haqidagi muhim adabiyotlarni kutubxonaga taqdim qilish shuningdek, mamlakat burchagini tashkillashtirish yuzasidan hamkorlikka tayyorligini bildirishdi.

Tadbir yakunida tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, pandemiyaning sohaga zararini kamaytirishga doir ishlar bo‘yicha ma’lumot almashib borish yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Xorijiy mamlakat vakillari tomonidan esa bildirilgan tashabbuslar va loyihalar yuzasidan hamkorlikni jadallashtirishga tayyor ekanligi ma’lum qilindi.

Ma’lumot o‘rnida: universitetda so‘nggi uch yilda O‘zbekistondagi eng innovatsion va zamonaviy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘z mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi. Xalqaro professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda talabalarning malakali ta’lim olishi uchun eng zamonaviy va dolzarb o‘quv materiallarini taqdim etishga doir keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Turizmni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi matbuot xizmati

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar