Yangiliklar: Oktyabr 2023

Universitetimiz tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Baymatova Munira Abduvalievna Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi loyihasida O‘zbekiston uchun ixtisoslashtirilgan koreys tili o‘qituvchisi uchun darslik, ish daftarchasi va kitob tarjimoni sifatida ishtirok etdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 16-19 oktyabr kunlari Rossiyaning Stavropol shahrida “Kavkaz – Kaspiy – Sharq” xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 60 ta universitetdan 160 dan ortiq vakillar ishtirok etdi. Forum Rossiya, Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh yetakchilari uchun muloqot maydoniga aylanish bilan birga, do‘stona aloqalarni mustahkamlash, kasbiy mahorat va malakalarini oshirish, hamkorlikni rivojlantirish kabi maqsadlarga qaratilgan. Stavropoldagi forumda 25 davlatdan vakillar yig‘ilgan bo‘lsa, ular orasida Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Iroq, Livan, Suriya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan kelgan yoshlar bilan birga, universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonov ham faol ishtirok etdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 31-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi hamkorligida o‘zbekistonlik va xitoylik rassomlarning eng sara asarlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida so‘z olgan Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov bugungi kunda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalarning kundan-kunga mustahkamlanib borayotganligiga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda xitoylik va yurtimizdan bo‘lgan rassomlar universitetda madaniy merosni asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar, rasmlar ko‘rgazmasining ahamiyati xususida gapirdi. Shuningdek tadbirda xitoylik rassomlar tomonidan chizilgan rasmlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga taqdim qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida barkamol avlod kamoloti, yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Yoshlarga oid masalalarda, zamon talablari asosida yangicha mexanizmlarni tadbiq etish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini muntazam o‘rganib borish va O‘zbekiston sharoitiga mos, milliy xususiyatlarimizga javob beradigan metodlarni joriy etib borilmoqda.

Joriy yilning 30-oktyabr kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan “Prorektor va talabalar" uchrashuvida ham yoshlarni har tomonlama tashqi ta’sirlardan muhofaza qilish, ta’lim olish huquqlari, iqtidorli yoshlarga nisbatan davlat ko‘magini amalga oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim va tarbiyaga oid ijobiy o‘zgarishlar xususida gapirdi. Samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda talaba, yoshlar tomonidan ta’lim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvtalash bo‘yicha zarur choralar tadbirlar belgilab olindi.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi va “Tillar” kafedrasi hamkorligida talaba-qizlar o'rtasida o‘tkazilgan "Men zo'ravonlikka qarshiman" mavzusidagi esselar tanlovi g‘oliblari aniqlandi va joriy yilning 30-oktabr kuni munosib taqdirlandi.

1-o'rin Media va kommunikatsiya yo‘nalishi-121 guruh talabasi M.Sadinova
I-darajali diplom va 1 500 000 so'm pul mukofoti 

         2-o'rinni “Turizm menejmenti” kafedrasi kabinet mudiri M.Nurillayeva   II-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a

 3-o'rinni Tour-220 guruh talabasi M.Abdurasulova III-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining voyaga yetmaganlar, xususan qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, liderlik xususiyatlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada jadallashtirish va tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha” chora-tadbirlar  ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 9-iyulida oliygohimiz “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi M.Bаymatovaning sa’yi-harakati bilan universitetimizga Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida tashkil qilingan “Ta’lim markazi” tomonidan 548 dona  koreys tilidagi darsliklar tuhfa qilingan edi. Bugungi kunda ushbu noyob kitoblar oliygohimiz talaba-yoshlari uchun koreys tilini yanada chuquroq o‘rganishi uchun qulay manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu darsliklarning ingliz tilidagi nusxasining ham borligi koreys tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. 

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 27-28 oktabr kunlari Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida respublikamizdagi 150 ta oliy ta’lim muasassalari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashlari raislari uchun “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarda talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy liboslarning ahamiyati, xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy maslahatlar berishga doir ishlarni jadallashatirish, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilinib, o‘zaro fikr-mulohazalar bildirildi. 

Seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova ishtirok etdi.

Kategoriya Yangiliklar

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga berilib kelinayapti.

Joriy yilning 27-oktabr kuni universitetimizning respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan fan olimpiadalari, tanlovlar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar va boshqa nufuzli tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talaba-qizlarimizdan Fotima va Zuxra Baxromqulova, Muqaddas Sadinova, Sabina Mustafaqulova va Iroda Yakubayeva tanlovning Samarqand shahar hududiy saralash jarayonlarida faol ishtrok etishdi. Quvonarlisi, ulardan to‘rt nafari viloyat saralash bosqichiga yo‘llanma oldi.

Talaba-qizlarimizga kelgusi bosqichida omad tilab qolamiz.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yilning 27-oktabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Talabalar Parlamenti” a’zolari tomonidan “FIND ME! QUIZ” – viktorinasi tashkil etildi. Viktorinada 8 ta jamoa ishtirok etdi. Barcha ishtorkchilar berilgan savollarga to‘laqonli javob berishi bilan birga, yangidan yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ushbu ko‘ngilochar intellektual loyiha so‘ngida  uchta jamoa yuqori o‘rinlarni egallashshdi va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 27 Oktyabr 2023 17:37

E’LON

Eng yaxshi videoroliklarga pul mukofoti beriladi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniyat meros xalqaro universiteti Ekologiya, moddiy va nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qiluvchi videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.  
“Moddiy madaniy merosni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi ta’limiy videorolik”

“Nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi ta’limiy videorolik”

“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan eng yaxshi videorolik”

“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan eng yaxshi loyiha”

Har bir nominatsiya uchun 1 000 000 so‘m (loyiha uchun 1 500 000 so‘m) pul mukofoti beriladi.

Tanlov uchun tayyorlangan ishlarni topshirish muddati:  30-noyabr. 

Murojaat uchun: +998915446204 (@Toshniyozova77). 236-xona.

Kategoriya E'lonlar
1 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar