Yangiliklar: Aprel 2021

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda joriy yilning 5-9-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “Turizm ta’limida dolzarb yondashuvlar” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari hamda Vazirlik tasarrufidagi kollej va texnikum pedagoglari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etishdi. Treninglar Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Ersumer Eren, Omer Gyunay hamda Isa Kelesh kabi tajribali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Seminar-trening dasturiga muvofiq, unda Turkiyada turizm kasb-hunar ta’limining umumiy tuzilishi, Yevropa mamlakatlaridagi turizm ta’limi bilan aloqador amaliyotlar, Turkiyada turizm mehmonxona xo‘jaligi ta’lim muassasalaridagi mavjud holatining tahlili, Turkiyada masofaviy ta’lim, pandemiyaga qarshi tadbirlar, kasb-hunar ta’limi amaliyoti, gastronomik turizmni rivojlantirish tendentsiyalari kabi dolzarb masalalarga doir batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar interaktiv tarzda o‘zaro davra suhbatlari, muhokama va fikr-mulohaza almashish jarayonida qizg‘in kechdi.

Yakuniy kunda seminar ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, seminarlarning ikkinchi bosqichi bevosita Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kategoriya Yangiliklar

Kecha, 7-aprel kuni O‘zbekiston badminton federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining tashabbusi bilan “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida badminton oyligi doirasida uyushmagan yoshlar o‘rtasida Samarqand shahar birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari: 1-guruhda Abulkasimov Jo‘rabek va Olimgunova Sevara, 2-guruhda esa Mardonov O‘tkir va Yakubova Moxina ishtirok etib, shaxsiy va umumiy hisobida faxrli III o‘rinni egallashdi.

Musobaqa Samarqand shahar badminton sport turi bo‘yicha iqtidorli sportchilarni saralash va Respublika musobaqalariga tayyorlash, talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda badminton sport turini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.

Talabalarimizga musobaqaning viloyat va Respublika bosqichlarida ulkan omad tilab qolamiz!

Kategoriya Yangiliklar

Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amira Fahmi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif buyurdi. Ushbu tashrif universitetda elchilar, xorijiy delegatsiyalar, xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan o‘tkaziladigan bir qator sayyor ma’ruzalari doirasida amalga oshirildi.

Amira Fahmi xonim talabalar uchun “Guest lecture” o‘tkazdi. Yig‘ilganlarga Misr Arab Respublikasining sayyohlik salohiyati haqidagi qisqa videorolik namoyish etildi. Fahmi xonim ta’kidlanganidek, videorolikda qadimgi Misr tilidan foydalanilgan.

Bundan tashqari, universitetda Amira Fahmi xonim va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori A. Abduhakimov o‘rtasida rasmiy suhbat-muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Rektor mustahkam aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun akademik ko‘prik o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Favqulodda va Muxtor elchi Amira Fahmi universitet rahbariyatiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Hamda, muhokama qilingan rejalarni amalga oshirishda barcha imkoniyatlarini qaratishga tayyorligini aytib o‘tdi.

“Ipak yo‘li” universitetida tahsil olayotgan talabalar o‘qishi, o‘z ustida ishlashi, dam olishi uchun barcha zarur bo‘lgan shart-sharoitlarga ega. Men, ayniqsa, universitetdagi o‘quv jarayoni, shuningdek, turizm sohasida barcha kerakli ma’lumotlarga ega boy kutubxonadan juda hayratda qoldim. Ushbu bosqichda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega, chunki mamlakat turizmining rivoji bevosita ularga bog‘liq. Ushbu jarayonda esa “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti barqaror kafil sifatida xizmat qiladi” – deya e’tirof etdi universitet matbuot xizmatiga bergan intervyusida Amira Fahmi xonim.

E’tiborli jihati shundaki, postpandemik inqiroz holatiga qaramay, “Ipak yo‘li” universiteti xalqaro munosabatlar geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga mehmonxona va restoran xizmatlari boʻyicha mutaxassislar, yaʼni “Tourism Resource research and tourist-recreational design”, “Introduction to tourism studies”, “Basic Statics” fanlarini oʻtadigan oʻqituvchi lavozimiga menejment-turizm sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar ishga taklif qilinadi (ilmiy daraja olqishlanadi).

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
- nomzod tomonidan shaxsan ingliz, oʻzbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi koʻrsatkichi – KPI yoki CV;
- mutaxassislik fanidan ingliz tilida oʻtilgan darsning 20 minutlik videotasviri;
- Ilmiy maqolalar roʻyxati;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori boʻlgan) toʻgʻrisidagi sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS–6.5, TOEFL 575, xorijda taʼlim olgan va dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati shart emas);
- taʼlim sohasida eng kamida 2 yildan tajribaga ega boʻlishi; kompyuter va elektron qurilmalardan erkin foydalana olishi; oʻz mutaxassisligi va ingliz tilini mukammal bilishi; oʻqituvchilik faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni yurita olishi; zarurat tugʻilganda xizmat safarlariga chiqishi;
shaxsiy fazilatlardan: shijoatlilik, faollik, masʼuliyatlilik, qatʼiyatlilik, sobitqadamlik talab etiladi.

Oʻz navbatida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti nomzodlarga:
- barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan); istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini; xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.

Ish tartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 18:00 gacha). Muddat: 2021-yil 10-aprel

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga quyidagi maʼlumotlarni yuborishi kerak:

  • Mutaxassislik fanini ingliz tilida oʻtgan 20 minutlik video dars;
  • Oʻzbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI va CV.
Kategoriya Vakant lavozimlar
Seshanba, 06 Aprel 2021 15:52

Jaholatga qarshi ma’rifat

O‘zbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengashining 2021-yil 12-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida ekstremizm g‘oyalariga berilishining oldini olish hamda ularni ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2021-yil 5-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’ruzalar zalida Hadis ilmi maktabi direktori Olimxon Yusupov bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida seminar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirni  Yoshlar siyosati bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Dilmurodov ochib berdi va so‘zni Hadis ilmi maktabi rektori Olimxon Yusupov domlaga berdilar. 

Tadbirda talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvini shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli inson bo‘lib yetishishlarini ta’kidlab o‘tdi hamda hamda talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 06 Aprel 2021 15:26

Bodibilding chempioni

2021-yil 4-aprel kuni Samarqand shahrida bodibilding va fitnes bo‘yicha ochiq chempionat bo‘lib o‘tdi. Sirtqi bo‘lim Tour-120S guruh talabasi Toshniyozov Shahramjon mazkur musobaqada bevosita ishtirok etdi.

Talabamiz hakamlarni o‘z chiqishlari bilan hayratga soldi va 60 kg gacha vazn toifasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’muriyati Toshniyozov Shahramjonni tabriklaydi va kelgusida zafarlar tilab qoladi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 06 Aprel 2021 15:04

Yoshlar turizm festivali natijalari

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari 2021-yil 30-mart – 3-aprel kunlari Yoshlar turizm festivalida faol ishtirok etishdi. “Hikingly” klubi koordinatori – 2-bosqich talabasi Mirzayev Amirbek hamda xitoy tili o‘qituvchisi Boyqobilov Kamoliddin rahbarligida universitet nomidan ilgari surilgan 20dan ortiq ishtirokchi festival doirasida o‘quv-mashg‘ulot bosqichlarida ham, amaliy musobaqalarda ham faol bo‘lishdi.

Festivalning birinchi kuni – 30-mart. Talabalar Zarafshon milliy bog‘ida “Topografik xarita yordamida hududda oriyentirlash” yo‘nalishi bo‘yicha yakka tartibda ishtirok etishdi. Har bir ishtirokchi 3 km masofani bosib o‘tib, yo‘lda barcha nazorat nuqtalarini aniqladi.

Festivalning ikkinchi kuni – 31-mart. O‘zbekiston Respublikasi ekstremal va tog‘ turizmi Federatsiyasi tomonidan o‘quv-tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etilib, unda talabalarimiz RTD (ingliz: Rise-Travers-Descent, o ‘zbek: chiqish-travers-tushish) intizomi bilan yaqindan tanishib, 90º burchakli balandlikka chiqish uchun alpinizm tizimidan foydalanishni o‘rganishdi.

Festivalning uchinchi kuni – 1-aprel. Barcha ishtirokchilar topografik belgilar, turistik tugunlarni bog‘lash, shuningdek, kompas yordamida azimutal harakat vektorini aniqlash bo‘yicha nazariy tayyorgarlikdan o‘tishdi.

Festivalning to‘rtinchi kuni – 2 aprel. Talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bevosita sport turizm musobaqalarida ishtirok etishdi:
1. Alpinizm tizimi yordamida RTD (chiqish-travers-tushish) marshrutidan o‘tish.
2. Topografik belgilar bo‘yicha test sinovlari.
3. Turistik tugunlarni bog‘lash sinovi.
4. Azimutal yurish. Yo‘lni kesib o‘tish va kompas yordamida nazorat nuqtalarini qidirish.

Festivalning yakuniy beshinchi kuni – 3-aprel. Festival g‘oliblarini taqdirlash.

Ta’kidlash joizki, festival doirasidagi musobaqalar respublika miqyosida o‘tkazilib, unda mamlakatimizning 6 viloyatidan kelgan ekstremal sportchilar ishtirok etishdi. “Ipak yo‘li” universiteti talabalari uchun bu kabi tadbirda ishtirok etish ularning birinchi tajribasi bo‘lishiga qaramasdan, universitet nomidan ishtirok etgan “Hot Potatoes” jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 2-fevraldagi “Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet talabalari ishtirokida Ichki turizm sohasidagi yangiliklar hamda Xorazm viloyatining turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” loyihasi amalga oshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil 5-9-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakillari universitet professor-o‘qituvchilari uchun turizm ta’limida zamonaviy yondashuvlar mavzusiga bag‘ishlangan bir qator seminar-treninglar olib boradi.

Seminar universitetning birinchi prorektori – professor J.D.Eltazarovning nutqi bilan ochildi. U o‘z nutqida yig‘ilganlarni universitetga taklif etilgan mutaxassislar bilan tanishtirdi. Bular:
- Turkiya Respublikasining Samarqand shahridagi Bosh Konsuli – Solih Yaner;
- “TIKA” agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Jemalettin Tuney;
- Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Boshqarma boshligʻi – Shuhrat Isaqulov;
- Turkiya Respublikasidan kelgan oʻqituvchilar guruhi rahbari – Ersumer Eren.

Seminarlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi turizm sanoati va mehmonxona biznesi mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini tahlil qilishga, jumladan, bugungi kunda atrof-muhitning o‘zgarish jarayonlari hamda COVID-19 pandemiyasining oqibatlari ta’siriga alohida e’tibor qaratiladi.

Mamlakatimizda o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida turizm ta’limi yangi yo‘nalish hisoblanadi. Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan o‘tkazilayotgan seminarlar turistik biznesning oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga bo‘lgan ehtiyoji bilan tanishishga qaratilgan. Shuning uchun turizm sanoati va mehmonxona biznesi uchun kadrlar tayyorlash innovatsion bo‘lishi muhimdir. Aytish lozimki, birinchi seminarda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashda innovatsion va talab yuqori bo‘lgan asosiy metodikalar muammolariga urg‘u berildi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar