Juma, 30 Aprel 2021 08:21

Atoqli adiblar bilan ijodiy uchrashuv

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulovning 2021-yil 9-apreldagi 87-03-188-XFU-sonli topshirig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining 2021-yil 25-martdagi 11-PA 2/1-693-sonli topshirig‘iga asosan, ta’lim muassasasida atoqli adiblar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar tashkil etish hamda ushbu tadbirlarni maxsus reportajlar orqali yoritib borish maqsadida 2021-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limining bir guruh shoir-yozuvchilari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

“O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan ushbu ijodiy uchrashuvga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Xosiyat Bobomurodova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Kubarro Bahromova va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Zuhra Begim Eshonqulovalar kelishdi. Ular bugungi kunda nashrga tayyorlanib chop etilgan yangi adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati, kelgusida chop etilishi rejalashtirilayotgan she’riy to‘plamlar, bugungi kitobxon va mutolaa san’ati to‘g‘risida so‘z yuritishdi. Shoiralar ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berish bilan bir qatorda, yig‘ilganlarga o‘zlarining ijod namunalaridan aytib berishdi.

She’riyat vakillari yoshlarga ijod olamining o‘ziga xos mashaqqatlari haqida so‘zlab, o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Yosh qalamkashlar atoqli adiblar tomonidan berilgan tavsiyalarni katta qiziqish bilan tinglashdi.
Uchrashuvda shoirlikka qiziquvchi talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv barcha talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi.

O'qilgan 853 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar