Dushanba, 05 Aprel 2021 13:51

Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan seminar-treninglar

2021-yil 5-9-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakillari universitet professor-o‘qituvchilari uchun turizm ta’limida zamonaviy yondashuvlar mavzusiga bag‘ishlangan bir qator seminar-treninglar olib boradi.

Seminar universitetning birinchi prorektori – professor J.D.Eltazarovning nutqi bilan ochildi. U o‘z nutqida yig‘ilganlarni universitetga taklif etilgan mutaxassislar bilan tanishtirdi. Bular:
- Turkiya Respublikasining Samarqand shahridagi Bosh Konsuli – Solih Yaner;
- “TIKA” agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Jemalettin Tuney;
- Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Boshqarma boshligʻi – Shuhrat Isaqulov;
- Turkiya Respublikasidan kelgan oʻqituvchilar guruhi rahbari – Ersumer Eren.

Seminarlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi turizm sanoati va mehmonxona biznesi mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini tahlil qilishga, jumladan, bugungi kunda atrof-muhitning o‘zgarish jarayonlari hamda COVID-19 pandemiyasining oqibatlari ta’siriga alohida e’tibor qaratiladi.

Mamlakatimizda o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida turizm ta’limi yangi yo‘nalish hisoblanadi. Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan o‘tkazilayotgan seminarlar turistik biznesning oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga bo‘lgan ehtiyoji bilan tanishishga qaratilgan. Shuning uchun turizm sanoati va mehmonxona biznesi uchun kadrlar tayyorlash innovatsion bo‘lishi muhimdir. Aytish lozimki, birinchi seminarda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashda innovatsion va talab yuqori bo‘lgan asosiy metodikalar muammolariga urg‘u berildi.

O'qilgan 1035 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar