Yangiliklar: Fevral 2021

Joriy yilning 10-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’ruzalar zalida Samarqand viloyati hokimining 2021-yil 30-yanvardagi 07-07/26-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi tomonidan 2021-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning bayonida berilgan vazifalar” ijrosi yuzasidan yo‘llagan topshirig‘iga binoan universitet talabalarini hayot faoliyati xavfsizligi asoslariga o‘qitish maqsadida universitet bosh muhandisi A.Quvondiqov tashabbusi bilan “Hayot faoliyati xavfsizligi” mavzusida seminar tashkillashtirildi.

Xususan, Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik U.M.Haydarov hamda Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘quv markazi o‘qituvchisi A.A.Turdiqo‘lovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 09 Fevral 2021 17:25

Buyuk shoirga ehtirom

Joriy yilning 9-fevral kuni Samarqand Markaziy bog‘ida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan atoqli o‘zbek shoiri haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 05 Fevral 2021 18:02

Alisher Navoiy nomi hamisha barhayot

2021-yil 5-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Alisher Navoiy nomi hamisha barhayot” mavzusida badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni universitet Birinchi prorektori filologiya fanlari doktori, professor J.D.Eltazarov ochib berdi. Tadbirga Samarqand davlat universitetidan filologiya fakultetidan taklif etilgan dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N.Muhiddinova Alisher Navoiy ijodiy faoliyati hamda badiiy merosi haqidagi tahliliy fikrlari bilan tadbir mazmunini boyitdi.

Shuningdek, universitet talabalari tomonidan shoir qalamiga mansub o‘zbek, ingliz, rus va qoraqalpoq tillaridagi g‘azal, ruboiy, va fardlar ifodali tarzda aytildi; dostonlaridan parchalar sahnalashtirishdi.

Ayniqsa, Alisher Navoiy she’riyati asosida universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida tayyorlangan videorolik tadbir ishtirokchilarida katta taassurot uyg‘otdi.

Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan bir guruh o‘qituvchilar hamda talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Kategoriya Yangiliklar

- 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
- 08.00.11- Marketing
- 08.00.13- Menejment
- 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati
- 09.00.02- Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi
- 09.00.04- Ijtimoiy falsafa
- 10.00.04- Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
- 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
- 10.00.11- Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi

Hujjatlar 2021 yil 5 fevraldan – 15 fevralgacha qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yilgan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka kirishni xohlovchilar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
• magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
• ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
• ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lish.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va http://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka)
3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi ilovalari bilan birgalikda;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
6) Pasport nusxasi;
7) 3x4 rasm, 2 dona;
8) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;
9) Ish joyidan tavsifnoma

Mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. Suhbat mutaxassislik fanidan va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi. Suhbat kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi

Murojaat uchun telefon: +998976143377
Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. , Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kategoriya E'lonlar

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida maktab bitiruvchilari bilan “Yoshlar - O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” mavzusida 11-sinf o‘quvchilarini Oliy ta’limga qamrab olish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari ham mavjud yo‘nalishlar va yaratib berilgan sharoyitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 02 Fevral 2021 17:32

The Opening Ceremony Video #2

Kategoriya Media
Seshanba, 02 Fevral 2021 17:30

The Opening Ceremony Video #1

Kategoriya Media

Joriy yilning 1-fevral kuni O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti va Straytklayd (Strathclyde) universiteti o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, loyihalar, dasturlar, seminar va ilmiy anjumanlarni rivojlantirish, qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va stajirovkalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi. Qo‘shma ta’lim dasturlari mavzusiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Straytklayd tadqiqot universiteti Shotlandiyaning Glazgo shahrida joylashgan. 1796-yilda Anderson instituti sifatida tashkil topgan ta’lim dargohi Buyuk Britaniyaning eng qadimgi universitetlaridan biri hisoblanadi. Talabalar soni bo‘yicha Shotlandiyada uchinchi yirik universitetidir. Xususan, 1964-yilda, Straytklayd universiteti Buyuk Britaniyada ilk texnologik universitet sifatida Qirollik Yorlig‘iga sazovor bo‘ldi.

Straytklayd universiteti Times Higher Education reytingida qisqa davr ichida ikki marta (2012 va 2019-yillarda) “Yil oliygohi” unvoniga ega bo‘lgan yagona universitetdir.

Kategoriya Yangiliklar

To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish joylarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bizning universitetimizda keng qo‘llaniladigan dual ta’limning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Jumladan, Guid 119 va Tour Ind 119 guruhlari talabalari Konigil qishlog‘ida joylashgan va mashhur Samarqand qog‘ozini ishlab chiqaruvchi “Meros” markaziga tashrif buyurishdi. Amaliy darsni o‘qituvchi M.Vafoqo‘lova olib bordi.

Talabalar qog‘oz chiqarish markazi bo‘ylab individual tur tayyorladi, obyekt haqida ma’lumot almashishdi. Bundan tashqari, talabalar qog‘oz fabrikasida ishlaydigan hunarmandlardan qiziqarli ma’lumot olishdi.

“Meros” fabrikasi nafaqat turistik obyekt, balki to‘laqonli ishlab chiqarish obyekti hamdir. Qog‘oz fabrikasi hukumat buyurtmalari bilan ham ishlaydi. Bunday qog‘ozda yozilgan yozuvlar uzoq muddat saqlanadi. Ishlab chiqarish qadimgi texnologiyalar asosida o‘rta asrlarning aniq ishlab chiqilgan mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi. O‘sha davrlarda Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha O‘rta Osiyo markazlaridan biri bo‘lgan.

Qadimgi Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarishda paxta, tut po‘stlog‘i va ipak iplari ishlatilganligi tarixdan ma’lum. Samarqand qog‘ozini yaratishning asosiy siri tut daraxti po‘stlog‘idan foydalanish edi. Tut daraxtining tolalari tufayli qog‘oz nihoyatda ipakdek muloyim bo‘lgani noyob mahsulotning jahon bozoriga chiqishiga imkon berdi. Shaharda qog‘oz ishlab chiqarish uzoq davom etmadi. Samarqand bilan Buxoro o‘rtasidagi urushlar, so‘ngra jungarlar istilosi tufayli ishlab chiqarish barbod bo‘lib, hunar egalari esa deyarli qolmadi. YUNЕSKO tashabbusi bilan qadimiy hujjatlar ko‘tarilib va saqlanib qolgan nusxalar o‘rganilib, qog‘oz ishlab chiqarish texnikasi qayta tiklangan. Keyinchalik, ustalar eski texnologiya bilan mutlaqo bir xil bo‘lgan ideal natijaga erishmaguncha, uzoq muddatli tajribalar davomida (10 yil) sinovdan o‘tkazildi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari “Meros” fabrikasiga uyushtirilgan tashrifdan olam-olam zavq olishdi va bu yerda sayyohlar haqiqiy o‘rta asr hunarmandchiligi muhitini his qilish mumkinligini ta’kidlab o‘tishdi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 2 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar