Yangiliklar: Fevral 2021

Juma, 26 Fevral 2021 19:40

Xalqaro ta’lim forumi

Joriy yilning 26-fevral kuni Toshkent shahridagi Inxa universitetida O‘zbekistondagi ta’lim jarayoniga xorijiy tajribani joriy etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda mamlakatimiz vazirliklari va idoralari rahbarlari, xalqaro va mahalliy universitetlarning rektorlari, shuningdek, Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi asoschisi, xususan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori maslahatchisi Ospanova Aliya ishtirok etdi.

Aliya Ospanova ushbu forumni o‘tkazish strategik ahamiyatga ega, dolzarb va zarur, o‘z vaqtida qabul qilingan qaror ekanligini ta’kidladi. Prezidentning 2019-yil 11- iyuldagi PQ-4391-sonli O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Kontseptsiyasida oliy ta’lim tizimida o‘zgarishlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlanganidek, oliy o‘quv yurtlarining kredit-modulli tizimga bosqichma-bosqich o‘tishi belgilangan.

Axborot texnologiyalarining joriy etilishi bugungi kunda muhim kontseptual jihat hisoblanadi, chunki kredit-modulli tizim ishlay boshlashi uchun har bir talabaga yangi o‘quv va texnik usullarni joriy etish zarur.

Ta’kidlash joizki, Xalqaro ta’lim forumi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763 “Oliy va o‘rta maxsus ta’limda boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi Qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan.

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil 24-fevral kuni AQSHning Wyoming universiteti Ingliz tili markazi loyiha koordinatori PhD Dilnoza Hasilova tomonidan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Learning and Teaching Uzbek Through Deep Approach” mavzusida ZOOM dasturi orqali online seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda Dilnoza Hasilova o‘zbek tilini xorijiy mamlakatlar fuqarolariga o‘rgatish bo‘yicha orttirgan malaka hamda tajribalari bilan bo‘lishdi. So‘ngra o‘zbek xalqining urf-odatlari, tarixi, madaniyati, an’analariga bag‘ishlangan modullashtirilgan kontekst asosida o‘zbek tilini jahonga tanitish, pedagogik izlanish natijasida yaratilgan IAPI modeli asosida chet ellik talabalarga til o‘rgatish borasidagi metodik tajribalari natijalari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Talabalarni dolzarb mavzulardagi o‘quv loyihalariga jalb qilish, loyiha natijalarini turli audio va videodarslarda namoyish etish kabi metodlar orqali o‘qitish va ularning o‘zbek tiliga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, AQSHning Wyoming universiteti qoshida “O‘zbek tili do‘stlari” klubi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur klubning asosiy maqsadi davlatimiz tili, madaniyati va tarixi haqida qo‘shimcha axborot olish, o‘zbek madaniyatini o‘rganishni istagan barcha ishtirokchilarga doimiy ravishda ta’lim berish hisoblanadi.

Seminar yakunida AQSHning Wyoming universiteti bilan hamkorlikda o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar aytildi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 23 Fevral 2021 12:34

Ilmiy salohiyatni yuksaltirish yo‘lida

2018-yil may oyida Vashington shahrida imzolangan AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi “Oliy taʼlim va akademik tadqiqotlarda hamkorlik toʻgʻrisida” Memorandum va Prezidentning 2017-yil 20-apreldagi 2909-sonli “Oliy taʼlimni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorini amalga oshirish maqsadida, taʼlim tizimi va taʼlim sohasidagi boshqa normativ hujjatlar asosida AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi delegatsiyasi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Xalqaro Taʼlim boʻyicha Amerika Kengashi vakolatxonasi rahbari Uilyam OʻRoark, koordinatorlar Muzaffar Nadjimxodjayev va Malika Muydinova ishtirokchilarga asosiy taʼlim va ilmiy yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot berishdi, shuningdek ishlab chiqilgan bir qator taʼlim almashinuv dasturlari bilan tanishtirishdi. Uchrashuv universitetit professor-o‘qituvchilari, xodimlari, ilmiy tadqiqotchilarga juda muhim ma’lumotlarni berdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti “Mantour-119” guruhining ikkinchi bosqich talabasi Mardonov Diyor “Sun’iy Intellekt yordamida haydovchisiz boshqariladigan turistik elektromobil” ixtirosi ustida ishlamoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda O‘zbekistonda ushbu ixtironing analoglari (o‘xshashlari) mavjud emas.

Mardonov Diyorning “Sun’iy Intellekt yordamida haydovchisiz boshqariladigan turistik elektromobil” loyihasi mamlakatimizda turizmni barqaror rivojlantirish uchun ijobiy natijalar berishi kutilmoqda.

Yosh ixtirochimizga omad va zafarlar tilaymiz!

Kategoriya Yangiliklar

Aziz talabalar!

Sizni milliy qadriyatlarimiz haqida yanada kengroq bilimga ega bo‘lish va tarixiy qadriyatlarimiz nufuzi va mavqeini tubdan oshirish hamda 2020-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari orasida o‘zbek tilida o‘tkaziladigan “Milliy qadriyatlar e’zozi” tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.

Umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizni qay darajada bilasiz? Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan zamonda milliy qadriyatlarni e‘zozlash qanchalik ahamiyatli deb bilasiz?
O‘zingizni tanlovda sinab ko‘ring!

Tanlov ishlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
1) Dolzarb ahamiyatga ega unutilgan qadriyatlar mavzusini tanlash;
2) mustaqil tahliliy qarashlarni qisqa, aniq va ta’sirchan ifodalash;
3) verbal yoki noverbal muloqot mahoratini kreativ usulda namoyish etish;
4) nutqni 4-6 daqiqaga mo‘ljallangan videorolik shaklida taqdim etish.

Tanlov ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ma’lumotlaringizni (F.I.SH., telefon raqamingiz) va tayyorlagan videoroligingizni 2021-yil 20-aprelgacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2021-yil 23-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar
Juma, 19 Fevral 2021 11:17

“Eng chiroyli nutq” tanlovi

Aziz talabalar!
Sizlarni o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish hamda 2020-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari orasida o‘zbek tilida o‘tkaziladigan eng chiroyli nutq so‘zlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.
O‘zingizni notiqlik san’ati ustasi sifatida sinab ko‘ring!

Tanlovda nutqlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
1) Mavzuning dolzarbligi;
2) mustaqil tahliliy qarashlarni qisqa, aniq va ta’sirchan ifodalash;
3) verbal yoki noverbal muloqot mahoratini kreativ usulda namoyish etish;
4) nutqni 4-6 daqiqaga mo‘ljallangan videorolik shaklida taqdim etish.

Tanlov ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ma’lumotlaringizni (F.I.SH., telefon raqamingiz) va tayyorlagan videoroligingizni 2021-yil 15-martgacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: +998915446204 (Telegram).

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2021-yil 30-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 16-fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha elchining maslahatchasi Aleksis L.Sallivan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida idoralararo turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi. Elchixona universitet uchun AQShning turli yetakchi universitetlari, yirik sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilishda amaliy ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Tashrif davomida Aleksis L. universitetning unikal aqlli kampusi bilan tanishdi.

Natijada, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’muriyati va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi vakili turizm va ta’lim sohasidagi qo‘shma faoliyatni faollashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Sizga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, 2021-yil 25-26-mart kunlari “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universitetida “O‘zbekistonda maxsus Nish (Niche) turizmini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Batafsil

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 4-fevral kuni PechaKucha doirasidagi “Eng yaxshi taqdimotlar va jamoat oldida nutq so‘zlash” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, tanlovda 30 dan ortiq talabgorlar ishtirok etib, o‘z taqdimotlarini 20 soniyadan 20 ta slayd (20x20) formatida taqdim etdilar.

Tanlov keskin raqobat muhitida oʻtdi, bu esa qatnashchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligini yana bir bor isbotlaydi. Hakamlar hay’ati taʼkidlaganidek, tanlov qatnashchilari orasida eng yaxshilarini tanlash, albatta, qiyin vazifa bo‘ldi.

Bugun, 11-fevral kuni universitet tarixida ilk bora o‘tkazilgan PechaKucha doirasidagi “Eng yaxshi taqdimotlar va jamoat oldida nutq so‘zlash” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblariga 1-o‘rin uchun planshet, 2-o‘rin – smartfon va 3-4-o‘rinlar – simsiz garnitura bilan taqdirlandi.

Shuni ta’kidlash joizki, birinchi PechaKucha tanlovi universitetimiz iqtidorli va istiqbolli talaba-yoshlarga boy dargoh ekanligini yana bir bor isbotladi. Shundan kelib chiqib, bu kabi tanlovlarni o‘tkazish yuksak samara berish, talabalarga bundanda ko‘proq intilishiga turtki bo‘lishi shubhasiz.

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 2 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar