Seshanba, 02 Fevral 2021 13:51

Muzokaralar geografiyasini kengaytirish sari. Shotlandiya

Joriy yilning 1-fevral kuni O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti va Straytklayd (Strathclyde) universiteti o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, loyihalar, dasturlar, seminar va ilmiy anjumanlarni rivojlantirish, qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va stajirovkalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi. Qo‘shma ta’lim dasturlari mavzusiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Straytklayd tadqiqot universiteti Shotlandiyaning Glazgo shahrida joylashgan. 1796-yilda Anderson instituti sifatida tashkil topgan ta’lim dargohi Buyuk Britaniyaning eng qadimgi universitetlaridan biri hisoblanadi. Talabalar soni bo‘yicha Shotlandiyada uchinchi yirik universitetidir. Xususan, 1964-yilda, Straytklayd universiteti Buyuk Britaniyada ilk texnologik universitet sifatida Qirollik Yorlig‘iga sazovor bo‘ldi.

Straytklayd universiteti Times Higher Education reytingida qisqa davr ichida ikki marta (2012 va 2019-yillarda) “Yil oliygohi” unvoniga ega bo‘lgan yagona universitetdir.

O'qilgan 2849 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar