Payshanba, 04 Fevral 2021 18:52

“Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:

- 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
- 08.00.11- Marketing
- 08.00.13- Menejment
- 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati
- 09.00.02- Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi
- 09.00.04- Ijtimoiy falsafa
- 10.00.04- Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
- 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
- 10.00.11- Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi

Hujjatlar 2021 yil 5 fevraldan – 15 fevralgacha qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yilgan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka kirishni xohlovchilar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
• magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
• ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
• ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lish.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va http://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka)
3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi ilovalari bilan birgalikda;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
6) Pasport nusxasi;
7) 3x4 rasm, 2 dona;
8) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;
9) Ish joyidan tavsifnoma

Mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. Suhbat mutaxassislik fanidan va ingliz tilidan bo‘lib o‘tadi. Suhbat kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi

Murojaat uchun telefon: +998976143377
Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. , Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar