Chorshanba, 24 Fevral 2021 17:46

Universitetda “Learning and Teaching Uzbek Through Deep Approach” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

2021-yil 24-fevral kuni AQSHning Wyoming universiteti Ingliz tili markazi loyiha koordinatori PhD Dilnoza Hasilova tomonidan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Learning and Teaching Uzbek Through Deep Approach” mavzusida ZOOM dasturi orqali online seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda Dilnoza Hasilova o‘zbek tilini xorijiy mamlakatlar fuqarolariga o‘rgatish bo‘yicha orttirgan malaka hamda tajribalari bilan bo‘lishdi. So‘ngra o‘zbek xalqining urf-odatlari, tarixi, madaniyati, an’analariga bag‘ishlangan modullashtirilgan kontekst asosida o‘zbek tilini jahonga tanitish, pedagogik izlanish natijasida yaratilgan IAPI modeli asosida chet ellik talabalarga til o‘rgatish borasidagi metodik tajribalari natijalari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Talabalarni dolzarb mavzulardagi o‘quv loyihalariga jalb qilish, loyiha natijalarini turli audio va videodarslarda namoyish etish kabi metodlar orqali o‘qitish va ularning o‘zbek tiliga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, AQSHning Wyoming universiteti qoshida “O‘zbek tili do‘stlari” klubi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur klubning asosiy maqsadi davlatimiz tili, madaniyati va tarixi haqida qo‘shimcha axborot olish, o‘zbek madaniyatini o‘rganishni istagan barcha ishtirokchilarga doimiy ravishda ta’lim berish hisoblanadi.

Seminar yakunida AQSHning Wyoming universiteti bilan hamkorlikda o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar aytildi.

O'qilgan 3567 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar