Yangiliklar: Oktyabr 2020

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti 2020/2021 o‘quv yili uchun Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul e’lon qiladi.

Double Degree 2020-2021: statistika, imkoniyatlar, istiqbollar

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining 2020/2021 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 
to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari

 

  • 5230200 - Menejment: turizm biznesini boshqarish / Indoneziya Respublikasi, Saxid politexnika instituti (Sahid Polytechnic in Jakarta)

To‘lov-kontrakt asosida qabul kvotasi: 20

Ta’lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili: Ingliz tili

O‘qish muddati ("Ipak yo‘li" TXU + hamkor OTM, yil): 2+2

Ma'lumotlarni yuklab olish


  • 5611300 - Ommaviy tadbirlar menejmenti / Indoneziya Respublikasi, Saxid politexnika instituti (Sahid Polytechnic in Jakarta)

To‘lov-kontrakt asosida qabul kvotasi: 20

Ta’lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili: Ingliz tili

O‘qish muddati ("Ipak yo‘li" TXU + hamkor OTM, yil): 2+2

Ma'lumotlarni yuklab olish


  • 5230200 - Menejment: restoran biznesini boshqarish / Indoneziya Respublikasi, Saxid turizm instituti (Sahid Tourism institute of Surakarta)

To‘lov-kontrakt asosida qabul kvotasi: 20

Ta’lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili: Ingliz tili

O‘qish muddati ("Ipak yo‘li" TXU + hamkor OTM, yil): 3+1

Ma'lumotlarni yuklab olish


  • 5230200 - Menejment: mehmonxonalarni boshqarish / Xitoy Xalq Respublikasi, Guilin turizm universiteti (Guilin Tourism University)

To‘lov-kontrakt asosida qabul kvotasi: 20

Ta’lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili: Ingliz tili

O‘qish muddati ("Ipak yo‘li" TXU + hamkor OTM, yil): 2+2

Ma'lumotlarni yuklab olish


Hujjatlar 2020 yilning 30-oktabrdan 8-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- fuqarolik pasportining skaner varianti (pdf);
- o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (attestat yoki diplom) va ilovasining skaner varianti (pdf);
- 3 x 4 hajmdagi rangli fotosurat elektron shakli (JPEG);
- xalqaro tan olingan chet tilini (ingliz tili) bilish darajasi haqidagi sertifikat (muddati o‘tmagan) (IELTS) bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 ball bilim darajasi ko‘rsatuvchi sertifikat.
- 2020/2021 o‘quv yili uchun bo‘lib o‘tgan test sinovi natijalarining skaner varianti (agar mavjud bo‘lsa pdf).

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar hujjatlarni onlayn tarzda quyidagi manzil bo‘yicha topshirishlari lozim bo‘ladi: Google Forms

DIQQAT: Jo‘natilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga abituriyent shaxsan javobgar hisoblanadi.

Abituryent faqat 1 ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirish huquqiga ega.Qo‘shma dastur bo‘yicha ta’lim oladigan talabalar "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universitetida o‘qish davrida har bir yil uchun Respublikada o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning 34 barobari (23 097 000 so‘m, 01.10.2020 yil holatiga ko‘ra) miqdorida kontrakt to‘lovini amalga oshirishlari zarur bo‘ladi.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 95 411-40-22, +998 97 614-33-77.

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17.

Qabul komissiyasi

Kategoriya E'lonlar

Koronavirus pandemiyasi hayotimizning barcha sohalarida iz qoldirdi va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayoni ham bundan mustasno emas. Professor-o‘qituvchilar va talabalar gibrid formatida, ya’ni online o‘quv tizimida MS Teams platformasi orqali o‘quv jarayonini yuritmoqdalar. Har bir talaba va universitet xodimi bajarishi kerak bo‘lgan cheklovlar va ehtiyot choralariga amal qilishda davom etmoqda.

"Ipak yo‘li" turizm xalqaro universitetida online formatda a’lo darajada muvofiqlashtirilgan o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun "Microsoft Teams" ta’lim platformasidan foydalanishga qaror qilindi.

Ushbu platforma talabalar va o‘qituvchilarga bemalol muloqot qilish, o‘quv jarayonini tashkillashtirish va resurslarni almashish imkoniyatini beradigan yagona, intuitiv va boshqarish nuqtai nazaridan oson vosita hisoblanadi. Shuningdek, platforma foydalanuvchilarga qo‘ng‘iroq qilish, xat yozish, onlayn xabar yuborish (chat) yoki onlayn audio va videokonferensiya yaratishga imkon beradi.

MS Teams platformasi universitet talabalari va o‘qituvchilarining akkauntlarini birlashtiradigan yagona tizim bo‘lib, onlayn konferensiyalarda va korporativ chatlarda yozishmalarda qatnashishdan tashqari, platforma bazasida talabalarni qulay va tezkor izlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, u o‘quv guruhlarini yaratish, uchrashuvlarni rejalashtirish va talabalar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni baholash kabi afzalliklarga boy tizim hisoblanadi.

"Ipak yo‘li" universitet talabalari ta’kidlaganidek, MS Teams platformasidan foydalanishning afzalliklaridan biri: barcha o‘quv materiallariga ochiq kirishning ta’minlanishidir. Shuningdek, bitta platformada individual topshiriqlarni biriktirish imkoniyati mavjud, bu esa, o‘z navbatida, vaqtni tejaydi.

Universitet professor-o‘qituvchilari ham MS Teams platformasi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Unga ko‘ra, ushbu platforma Moodle tizimining barcha funksiyalarini o‘ziga olgan holda, onlayn sinflarni yaratish, topshiriqlarni nashr etish, o‘z vaqtida bajarilishini kuzatib borish va ularni tekshirish, o‘quv materiallarini uzoq muddatli saqlash uchun joylashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, Microsoft Teams tizimi cheksiz miqdorda auditoriya yig‘ishga va onlayn darslarni o‘tkazish uchun qulaydir.

Kategoriya Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining platformasi orqali “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetidagi mavjud bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga ikkinchi oliy ta’lim bo’yicha ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar 2020 yil 29 oktyabr kuni “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining bosh binosida tashkil qilinadigan kirish imtihonlariga PASPORT bilan soat 9.00 da kelishlari so’raladi.

Kirish imtihoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 352-son Qarori talablari asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 29-30 oktyabr kunlari ikki kun davomida o’tkaziladi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 95 411-40-24, +998 90 224-14-42
Universitet manzili: Samarqand shahar, Universitet hiyoboni, 17 uy

Universitet qabul komissiyasi

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 26-oktabr kuni Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari vakolatxonasi rahbari Uilyam O’Roark va Suyarova Shahnoza “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi Sharqiy Yevropa va Yevroosiyoda ishlashga ixtisoslashgan Amerikaning yetakchi notijorat ta’lim va konsalting tashkilotlaridan biri bo‘lib ACIE dasturlari doirasiga: akademik almashinuv dasturlari, kasbiy tayyorgarlik, muassasalararo hamkorlik va tadqiqotlar, texnik yordam va konsultatsiyalar, ta’lim sinovlari kiradi.

"Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti vakillari amerikalik mehmonlar bilan suhbatda universitetning oliy ta’limdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlari, asosiy yo‘nalishlari hamda xorijiy bitiruvchilar va doktorantlar uchun stajirovka tizimi bilan tanishdilar. Shuningdek, ilmiy faoliyat, ilm-fan, texnologiyalarni rivojlantirish va kadrlar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha universitetlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish orqali akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish taklif qilindi hamda ilmiy va amaliy tadqiqotlar uchun turli dasturlarning tafsilotlari hamda so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida, ta’lim, ilm-fan va ijtimoiy sohalarda o‘zbek-amerika hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Kategoriya Yangiliklar

O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi markaziy madaniyat va istirohat bog’ida she’riyat mulkining sultoni haykali poyiga gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tilshunos olimlar, ijodkorlar bilan bir qatorda “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Viloyat hokimining o’rinbosari X.Ochilov “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektori, professor J.Eltazarov nomiga respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgani uchun “Ma’naviyat fidoyisi” ko’krak nishonini topshirilganini aytib, universitet vakillariga nishonni topshirdi.

Tadbirda o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlari asosida sahna ko’rinishlari namoyish etildi, ta’lim muassasalari o’quvchi va talabalari, san’at ustalari tomonidan o’zbek tili madh etilgan she’rlar, ashulalar ijro etildi.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti ushbu sana munosabati bilan mushoiralar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 20 Oktyabr 2020 14:27

Onа tilim – jonu dilim

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʼrni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Oʼzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʼllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʼrganishga qiziqish kuchaymoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning 23 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 75-sessiyasida ishtirok etdi. BMT oliy minbaridan turib, ilk marta oʼzbek tilida nutq soʼzlashi buning yorqin misolidir.

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 21 oktyabrdagi “Oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan, yurtimizda oʼzbek tili bayrami har bir taʼlim muassasasida, har bir tashkilotda alohida eʼtibor bilan nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 20 oktyabr kuni “Ipak yoʼli” turizm xalqaro universitetida “Oʼzbek tilim, hamisha ehtirom va sadoqatga munosibsan”, deb nomlangan tantanali tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirda dastlab Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan soʼng, universitetning Internatsionalizatsiya va strategik rivojlanish ishlari boʼyicha Birinchi prorektori professor Joʼliboy Danabaevich Eltazarov soʼzga chiqib, oʼzbek tilining bugungi kundagi oʼrni, mavqei, uning taraqqiyot yoʼlida erishilgan yutuqlari haqida toʼxtalib oʼtdi.

Аyniqsa, “Oʼzbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan universitet jamoasi tomonidan Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zikrilla Neʼmatning “Аziz ona tilimsan” qasidasi asosida tayyorlangan videorolik tomoshabinlarga manzur boʼldi.

Soʼngra Oʼzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Ona tilim, kechir meni, ona tilim” va Ikrom Iskandarning “Ona tilim” sheʼri universitetning 1-kurs talabalari Аhtamova Sitora va Pirimova Laylolar tomonidan mahorat bilan aytildi. Tadbir davomida ishtirokchilarning ona tilimizni qay darajada bilishini sinab koʼrish maqsadida ayrim oʼzlashma soʼzlarning sof oʼzbekcha shaklini topishga qaratilgan interaktiv oʼyin oʼynaldi.

Eski oʼzbek adabiy tilining asoschilaridan biri Аlisher Navoiy lirik merosidan sara namunalar universitet ikkinchi bosqich talabasi Аbdujabborov Lochinbek hamda ona tilimiz madh etilgan sheʼrlar Nasriddinov Rustamjon, Saidova Sadoqat, Ortiqov Bekmurod va Saidov Аbdullolar kabi tolibi ilmlar tomonidan maromiga yetkazib ijro etildi. Shundan soʼng, universitetning “Oʼzbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan talabalar orasida 2020 yil 22 sentyabrdan to 19 oktyabrgacha davom etgan “Oʼzbek tilim, hamisha ehtirom va sadoqatga munosibsan!” nomli videochellenj tanlovi gʼoliblarini taqdirlash marosimi oʼtkazildi. Tanlov yakunlari bo'yicha quyidagilar taqdirlandi:

1-o'rin: 2-kurs talabasi - Moxidil Solieva;

2-o'rin: 3-kurs talabasi - Saidov Abdullo;

3-o'rin: 2-kurs talabasi - Jiyanova Gulnoza.

G'oliblarga qimmatbaho sovg'alar va sertifikatlar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Узбекистан, Ташкент – АН Podrobno.uz. В Самарканде в честь празднования Дня города открыли несколько знаковых туристических объектов. Среди них – новый "смарт-кампус" Международного университета туризма "Шелковый путь", сообщает корреспондент Podrobno.uz.

Настоящих профи в сфере туризма отныне будет готовить этот флагман образования для туристической отрасли. Он был основан 28 июня 2018 года по инициативе Шавката Мирзиёева, выдвинутой на Саммите ШОС в китайском городе Циндао.

С момента начала деятельности университета студенты молодого вуза учились в старом здании профессионального колледжа туризма. В 2020/2021 учебном году молодежь продолжит обучение в обновленном здании академического лицея при СамГУ, где предусмотрены современные архитектурные решения. 

За прошедший период времени здесь велись реконструкционные работы в рамках проекта "смарт-кампус". Интерьер и дизайн нового объекта разработан по стандартам европейских вузов. Реализация данного проекта позволила внедрить электронные технологии в обучение. Компьютеризировано каждое помещение – аудитории, спортивный зал, лингафонные и лабораторные кабинеты и даже столовая.

Здание, имеющее статус "умного кампуса", оснащено по стандартам самых престижных высших учебных заведений мира. Безусловно, что созданные в университете условия и предоставленные возможности, будут мотивировать студентов учиться, работать над собой, приумножать знания, самосовершенствоваться, реализовывать свой потенциал.

Университет уже долгое время сотрудничает с такими высшими учебными заведениями Китайской Народной Республики, как Шанхайским институтом туризма, Хунаньским университетом коммерции, Гуйлиньским университетом туризма, Гонконгским политехническим университетом. Также Международный университет туризма "Шелковый путь" стал частью Альянса университетов Шелкового пути – University Alliance of the Silk Road (UASR).

Вступление в Альянс состоялось в октябре прошлого года в рамках мероприятий UASR 2019 в городе Сиань. Этот шаг вывел развитие международных отношений университета с вузами Китая на новый уровень.

Университет также имеет контракты по программе двойных дипломов с такими мировыми университетами, как Guilin Tourism University (Китайская Народная Республика), Sahid Polytechnic in Jakarta (Индонезия), Sahid Institute of Tourism of Surakarta (Индонезия)

"Китайские университеты очень заинтересованы в сотрудничестве с нашим университетом. По поручению главы государства и договоренности с китайским правительством, в университете работает советник из Китая, который ведет активную работу по налаживанию связей. Китай для нас является стратегическим партнером по привлечению туристов, у нас уже несколько преподавателей, которые преподают на китайском языке, являющимся один из основных языков в нашем учебном заведении", – рассказал вице-премьер и ректор университета Азиз Абдухакимов.

По его словам, если говорить о системе двойных дипломов, то это хорошее подспорье, но не главное для вуза.

"Важнее, чтобы диплом самого университета ценился. Данная система – это такой механизм, который необходим для повышения привлекательности учебного заведения с использованием брендов зарубежных вузов", – рассказал он.

Сегодня университет является одним из самых известных и престижных высших учебных заведений страны и первым вузом в сфере туризма, где предлагается обучение практически по всем профильным направлениям и специальностям бакалавриата и магистратуры.

На факультете "Менеджмент туризма" по девяти направлениям обучаются 530 студентов первых и вторых курсов. В новом 2020/2021 учебном году на первый курс были приняты 384 студента, которые начнут обучение в новом современном здании.

"С начала текущего учебного года по сегодняшний день в учебный процесс вовлечено 12 иностранных профессоров и преподавателей, из которых 4 профессора подписали трудовые договоры до конца учебного года. Заключая трудовые договоры с профессорами и преподавателями нашего университета, мы, прежде всего, уделили большое внимание тому факту, что вузы, в которых они учились, работают и проводят научные исследования, входят в список 1000 лучших в мире", – отметил проректор международного университета Жулибой Элтазаров.

По его словам, учебная программа разработана в соответствии с международными образовательными стандартами ISO9001-2015. В университете введена 5-дневная учебная неделя и соответствующая система обучения 2 + 1. Продолжительность одного урока – 50 минут с перерывом 10 минут.

Kategoriya OAV biz haqimizda

2020 yil 16 oktyabr kuni ko’hna Samarqand shahrida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti yangi “smart-kampusi”ning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tantanali marosim O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisi va “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimovning kirish nutqi bilan boshlandi. O’z nutqida u ushbu universitetning tashkil etilishi dunyo oliy o’quv yurtlari tarixida o’ziga xos unikal hodisa ekanligini ta’kidladi.

Universitetning ochilishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi № PF-3815 qarori bilan tasdiqlandi. Universitet hali yosh bo’lishiga qaramay, respublikamizdagi eng mashhur va nufuzli ta’lim dargohiga aylanibgina qolmay, mamlakatimiz va Markaziy Osiyo mintaqasidagi turizm sohasidagi yagona universitet hisoblanadi.

Shuningdek, marosimda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham so’zga chiqib, universitetning jonkuyar rahbariyati, professor-o’qituvchilari, xodimlari va jo’shqin qalbli talabalariga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Universitet rektori - Abduhakimov A.A. yangi binoning ramziy kalitini jamoatchilikka taqdim etdi.

Yangi bino universitet rektori, Samarqand viloyati hokimi va “Nuroniy” jamg’armasi Samarqand viloyati kengashi raisi, O’zbekiston Qahramoni Xasan Normurodov tomonidan ochildi va ramziy qizil lenta kesish marosimi o’tkazildi.

Shundan so’ng tashrif buyurgan mehmonlar va OAV vakillarini yangi bino bilan tanishtirish bo’yicha kampus-tur o’tkazildi. O’ziga xos ekskursiya davomida ularga o’quv-ishlab chiqarish kompleksiga kiruvchi mehmonxona xonalari, bar-restoran; eng so’nggi texnologiyalar bilan jihozlangan va 250 kishiga mo’ljallangan konferens-zal; kafeteriy usulida qayta ta’mirlangan oshxona; universal sport zali; shuningdek, cho’milish havzasi namoyish etilib, batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, mehmonlar eski yo’qlama jurnallari o’rnini bosuvchi, talaba va o’qituvchilarni kuzatuvchi texnologiya bilan jihozlangan o’quv xonalarini ham ko’zdan kechirishdi.

Tantanali marosim universitet rektori Aziz Abduhakimov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning daraxt ekish aksiyasi bilan yakunlandi.

O’quv-ishlab chiqarish kompleksi bo’ylab ekskursiya

Universitet konferens-zali

Oshxona-kafeteriyga tashrif

Sport zali

Ma’ruza zali

Daraxt ekish aksiyasi

Universitetda tashkil etilgan bunday yuksak sharoitlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlar, shubhasiz, talabalarni yanada yaxshiroq o’qishga, o’z ustida ishlashga, qobiliyati, salohiyatini to’la namoyon etishga undaydi. O’z navbatida yuqori malakali mutaxassislar universitet nufuzi va salohiyatini yangi bosqichga ko’tarishga intilishadi va bor bilimi, tajribasi, kuchini sarflashga harakat qilishadi.

Turizm sohasini yuksaltirishda, milliy brendni ommaviylashtirish va ilgari surishda “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining o’rni beqiyosdir.

Ushbu go’zal inshootni shu darajaga yetkazishda quruvchilarning ham o’rni nihoyatda yuqori. Ular eski, noqulay binoni qayta ta’mirlab, uni shaharning eng zamonaviy, ko’rkam arxitektura bezagiga aylantirishdi.

Kategoriya Yangiliklar

«Orientation Days 2020» doirasida «Ipak yo‘li» universiteti hududida chet el o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga bag‘ishlangan ko‘chat o‘tqazish aksiyasi ham bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan “Turizm menejmenti” fakulteti dekani prof. Slawomir Wroblewski:

«Inson daraxt ekayotganida yerni his qiladi, demak, u tabiat bilan aloqa o‘rnatadi. Bunday xayrli ishlarda ishtirok etgan kishi tabiatni anglashni va his qilishni, barcha jonzotlarni qadrlashni hamda hurmat qilishni o‘rganadi. Universitetimiz hududida ko‘chat o‘tqazish – bu daraxtning ildiz tizimini mustahkamlash kabi universitet maqomini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadamdir», – deya ta’kidladi.

Bugungi kun ko‘plab qiziqarli lahzalar bilan ajralib turishi quvonarli. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, birinchi kurs talabalari talabalik hayotining kichik, ammo juda muhim qismi bilan tanishtirildi. Umid qilamizki, talabalar akademik masalalar, ma’muriy talablar va qoidalar haqida muhim ma’lumotlarni bilish bilan birga, ko‘p qirrali jamiyat ichida bo‘lish orqali umumiy ta’lim tizimi to‘g‘risida ilk tasavvurga ega bo‘ladilar. «Orientation Days 2020» talabalik olamiga hayajonli hissiyotlarga boy sayohatni boshlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining aziz talabalari, biz sizlarni kutib olishdan mamnunmiz hamda o‘qish va ilmiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar