Seshanba, 27 Oktyabr 2020 18:50

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining platformasi orqali “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetidagi mavjud bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga ikkinchi oliy ta’lim bo’yicha ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar 2020 yil 29 oktyabr kuni “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining bosh binosida tashkil qilinadigan kirish imtihonlariga PASPORT bilan soat 9.00 da kelishlari so’raladi.

Kirish imtihoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 352-son Qarori talablari asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 29-30 oktyabr kunlari ikki kun davomida o’tkaziladi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 95 411-40-24, +998 90 224-14-42
Universitet manzili: Samarqand shahar, Universitet hiyoboni, 17 uy

Universitet qabul komissiyasi

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar