Yangiliklar: Oktyabr 2020

Biz 2020-yil 12-13-oktabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro uiversitetining yangi aqlli kampusida 1-kurs talabalari uchun “Kelajak sari yangi qadamlar” mavzusida “Orientation Days 2020” deb nomlangan tadbir tashkil etilishi haqida avvalroq xabar bergan edik. Mazkur tadbir doirasida “Ipak yo‘li” universiteti xodimlari, o‘qituvchilari va yuqori kurs talabalari birinchi bosqich talabalarini kutib olishadi, shuningdek, universitet hayoti haqida batafsil ma’lumot hamda savollarga javob beriladi. Umuman olganda, birinchi kurs talabalari o‘zlarini qulay va erkin his qilishlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi!

Bugun, 12-oktabr kuni birinchi kurs talabalari uchun universitet eshiklari ochildi va universitetning faollar zalida olib boruvchilar Odil Boynazarov va Xolida Daukaeva boshchiligida “Orientation Days 2020” tadbiri tantanali ravishda ochildi. Universitetning Birinchi prorektori prof. Eltazarov Jo‘liboy Danabayevich o‘zining turli tillarda ifodalagan nutqida “Talabalik davri – talabalar uchun kunlik kashfiyotlar, yangi bilimlarni egallash, kasbiy rivojlanish, hayotiy pozitsiyalarni mustahkamlash davri” ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu tashkiliy marosim nafaqat o‘quv faoliyati, balki universitetning ijtimoiy, ilmiy, madaniy jihatdan o‘zini namoyon etishga imkon beruvchi muhim tadbirlardan biri ekanligini e’tirof etdi.

Bundan tashqari, “Turizm menejmenti” fakulteti dekani dots. Slawomir Wroblewski, ilmiy bo‘lim boshlig‘i PhD Farhod Abdurahmonov, shuningdek, “Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari” kafedrasi mudiri dots. Ian Patterson o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.

Universitetga kirishda eng yuqori ball to‘plagan birinchi kurs talabalari (Esanova Gulnoza, Zaxarova Yana va Shamuradov Bekzod) ham chetda qolishmadi. Ular “Why I choose the Tourism University?” mavzusida nutq so‘zladilar. Tadbirda bir guruh talabalar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Universitetning yangi aqlli kampusi bilan batafsil tanishtirish maqsadida edvayzerlar guruhi tomonidan talabalarga sportzal, lingofon sinflari, o‘quv auditoriyalari, axborot-resurs markazi, yopiq suv havzasiga ajoyib ekskursiyalar tashkillashtirildi. Tuzilgan sayohat yo‘nalishiga ko‘ra, 1-kurs talabalariga kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidan turli xil faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirishga qaratilgan ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Fotolenta

Kategoriya Yangiliklar

Yaponiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Yoshinori Fujiyama tabrigi

Kategoriya Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 22-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasining yubiley 75-sessiyasida so’zlagan nutqlarida Markaziy Osiyo hamqorlik masalalari qayd etilib, mintaqada tub o’zgarishlar bo’layotganligi, davlatlari o’rtasida yaxshi qo’shnichilik va o’zaro ishonch muhitini yaratishga erishilganligi, hususan so’nggi yillarda O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan o’zaro savdo hajmi ortib borayotganligi, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning jadal rivojlanayotganligi, kambag’allikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, investisiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-­hunarlarga o’rgatish va aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatish ta’kidlandi. O’z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. U ham bo’lsa, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yo’laklariga chuqur integrasiyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligida mavjud vaziyatni tahlil qilish, integrativ potensialini baholash xamda rivojlanish istiqbollarini o’rganish maqsadida, 2020 yil 8 oktyabr kuni Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona institutida “Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti dekan o’rinbosari Samiyev Siroj “O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turizm salohiyatini oshirish istiqbollari” mavzusi bilan ishtirok etdi.

Mazkur ilmiy-amaliy davra suhbati davomida hozirgi pandemiya sharoitida turizmni rivojlantirish istiqbollari, fukarolarning erkin sayohat qilishga imkoniyat yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash, turistik oqimlarni kengaytirish hamda an’anaviy turistik maskanlarning xavfsizligini oshirishga qaratildi. Kelajakda turizmni rivojlantirish bo’yicha Markaziy Osiyoni bog’lab turadigan yo’llarning infratuzilmasini yaxshilash, davlatlari o’rtasida yoshlar forumini o’tkazish, iqtisodiy integrasiyani kuchaytirish, Markaziy Osiyo davlatlari o’zaro hamkorlik asosida qo’shma turlarni, masalan transchegaraviy turlarning istiqbolli rolini oshirish bo’yicha takliflar hamda hozirgi pandemiya sharoitini inobatga olgan holda ichki turizmni jonlantirish uchun tavsiyalar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mehmet Surayyo ER janoblarining "Ipak Yo'li" Xalqaro Turizm universiteti jamoasiga yangi o'quv yili tabrigi

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 08 Oktyabr 2020 20:03

Yuqori natija bilan yuksaklik sari!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq, 2020 yilning o’zida respublikamiz bo’yicha 940 nafar xotin-qiz qo’shimcha kvota bo’yicha davlat granti asosida talaba bo’lishdek baxtga erishdi. “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov, xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbosova va Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari S.Haydarovlar shunday yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, universitetga davlat granti asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lgan  Saidova Sadokat Baxriddin qizinining xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Universitetimiz vakillari talabalik baxtiga muyassar bo’lgan Saidova Sadokat hamda uning ota-onalasini mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan shart-sharoit, imkoniyatlardan to’g’ri va oqilona foydalangani bilan samimiy muborakbod etdi.

Uchrashuv chog’ida Prezident tashabbusi bilan berilgan imkoniyatning ilk sovrindori bo’lgan talaba qizga esdalik sovg’alar hamda universitet rektori, A.Abduhakimovning tabriknomasini taqdim etildi.

Universitet jamoasi “Turizm marketingi” yo’nalishi bo’yicha eng yuqori ball bilan o’qishga qabul qilingan birinchi kurs talabasi Saidova Sadoqat Baxriddin qiziga kelajakdagi o’qishlarda omad tilab qoladi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 07 Oktyabr 2020 18:03

Taklifnoma

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining Welcome-markazi birinchi kurs talabalarini «Orientation Days-2020» tadbiriga lutfan taklif etadi.

Ushbu tadbirda Siz qiziqarli dasturlar, o’ta zamonaviy kampus, unda joylashgan va jahon standartlariga javob beruvchi amaliyot o’tash majmualari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lasiz. Bundan tashqari, turizm sohasiga ixtisoslashtirilgan Markaziy Osiyodagi yagona xalqaro universitetning yangi smart-kampusi tantanali ochilish marosimida qatnashasiz.

«Orientation Days-2020» tadbiri joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari bo’lib o’tadi. Karantin sharoitidan kelib chiqib, talabalarni ikki qismga ajratib, ikki kunga bo’ldik. Quyida havola etilgan talabalar ro’yxatidan o’z F.I.Shni topishingizni va belgilangan kunda universitetga tashrif buyurishingizni so’raymiz.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: (90) 808-11-49

12 oktyabr kuni taklif etilgan guruhlar ro’yxati (fayl PDF)

13 oktyabr kuni taklif etilgan guruhlar ro’yxati (fayl PDF)

Ro'yxatdan o'tish soat 8:30 dan 9:30 gacha!

Kategoriya E'lonlar

Bir necha oydan buyon davom etayotgan pandemiya barcha rejalarimizni chilparchin qilib yubordi. Biroq shunday qiyin davrda ham ta'lim tizimida uzilish bo'lgani yo'q. “Ipak yo'li” turizm Xalqaro universiteti ham pandemiya sharoitidan kelib chiqib, ta'lim jarayonini tashkil etdi va yangi o'quv yilini boshlab yubordi.

Joriy yilning 6 oktyabr kuni 2 va 3-kurs talabalari uchun masofaviy darslar boshlandi. Biroz cho'zilib ketgan yozgi ta'tildan so'ng talabalar yangi kuch, shijoat bilan o'qishga kirishib ketishdi. Ularga nufuzli xorijiy oliy ta'lim dargohlarida o'qib, malaka oshirib kelgan o'qituvchilar bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashmoqda. Ta'lim berish jarayoni qulay va samarali Microsoft Teams platformasida amalga oshirilmoqda.

Yangi o'quv yilida hurmatli o'qituvchilarga kuch-quvvat, talabalarga esa muvaffaqiyat, shijoat tilab qolamiz!

Kategoriya Yangiliklar

5А230201 – Menejment (turizm, mehmonxona va ommaviy tadbirlar) (o’zbek)

5А230201 – Menejment (turizm, mehmonxona va ommaviy tadbirlar) (rus)

5A610301 – Turizm (faoliyat turlari bo’yicha) (o’zbek)

5A610301 – Turizm (faoliyat turlari bo’yicha) (rus)

Kategoriya Yangiliklar

2020-2021- o'quv yili “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga bakalavriyat qabuli bo’yicha test sinovlari natijalari (kunduzgi ta'lim)

Menejment: turizm biznesini boshqarish (o'zbek, rus)

Menejment: mehmonxonalarni boshqarish (o'zbek, rus)

Menejment: restoran biznesini boshqarish (o'zbek, rus)

Menejment: ommaviy tadbirlar menejmenti (o'zbek)

Marketing (turizm marketingi) (o'zbek, rus)

Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha) (o'zbek, rus)

Gid-hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo'yicha) (o'zbek, rus)

2020-2021- o'quv yili “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga bakalavriyat qabuli bo’yicha test sinovlari natijalari (sirtqi ta'lim)

Menejment: ommaviy tadbirlar menejmenti (o'zbek, rus)

Marketing (turizm marketingi) (o'zbek)

Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha) (o'zbek)

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar