Seshanba, 25 May 2021 15:06

Ispaniya Qirolligidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti kutubxonasiga kitoblar hadya qildi

2021-yil 20-may kuni universitet rektorining xalqaro maslahatchisi Aliya Kalkamanovna Ospanovaning Ispaniya Qirolligiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi elchisi janob Jahongir G‘aniyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida elchixona turizm va madaniy merosni rivojlantirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, Ispaniya universitetlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.

Elchi Buyuk ipak yo‘lining paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi, Amir Temurning saroyiga tashrif buyurgan ispan elchisi - Rui Gonsales De Klavixoning xalqimizga ma’lum bo‘lmagan hikoyalari va mashhur ispan mualliflarining boshqa qimmatbaho kitoblari to‘plamini taqdim etdi.

O'qilgan 3206 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar