Juma, 11 Iyun 2021 11:15

Skopye shahridagi Turizm va menejment universiteti rektori “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

Atse Milenkovskiy “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif bilan buyurdi.

Ushbu tashrif davomida Atse Melenkovskiy “Ipak yo‘li” universiteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi, talabalar uchun sayyor ma’ruzasini o‘tkazdi, universitetimiz zamonaviy kutubxonasi bilan tanishdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston bilan Makedoniya o‘rtasida akademik almashinuv kabi masalalar muhokama qilindi.

Avval “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti va Skopye shahridagi Turizm va menejment universiteti o‘rtasida “Xalqaro ixtisoslashtirilgan turizm” bakalavriat ta’lim dasturini ochish to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

O'qilgan 4434 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar