Juma, 04 Iyun 2021 17:41

“Bolgariya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati a’zolarining “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-may kuni “Bolgariya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati a’zolari: iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Svishtov shahridagi D.A.Senov nomidagi Iqtisodiy akademiyaning strategik rejalashtirish va davlat boshqaruvi kafedrasi professori Borislav Dimitrov Borissov hamda iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Sofiya shahridagi Xalqaro Oliy biznes maktabi professori Borisova Lalka Gerasimovalarning “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida universitet talabalari uchun sayyor ma’ruzalar o‘qildi. Unda Bolgariya Respublikasining sayyohlik salohiyati namoyish etildi, shuningdek, O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi do‘stona, madaniy va ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishning asosiy tendensiyalariga alohida e’tibor berildi.

Seminar davomida talabalarning O‘zbekiston turizm brendini ommalashtirish va ikki davlatning o‘zaro hamkorligi bo‘yicha g‘oyalari va takliflari tinglandi hamda muhokama qilindi.

Tashrif yakunida xorijlik mehmonlar uchun universitetning aqlli kampusi bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

O'qilgan 8654 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar