Yangiliklar: Aprel 2024

Seshanba, 16 Aprel 2024 10:07

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2024-yil 12-mayda universitetda bo‘lib o‘tadigan 94-xalqaro koreys tilini bilish darajasini aniqlash (TOPIK) imtihoniga nazoratchilar uchun tanlov ochilganligini e’lon qiladi. Imtihonda nazoratchi sifatida qatnashish istagida bo‘lganlar quyidagi shartlarga muvofiq ariza topshirishlari so'raladi:

1. Ariza topshirish muddati : 21-aprelgacha

Imtihonda qatnashish uchun quyidagi anketani to‘ldirib imzolagan holda pasportingiz bilan kanerlagan holda telegram orqali @MunikaBay manzilga yuboring.
Kuzatuvchilikka ariza

2. Tanlov shartlari : Arizalar soni imtihon uchun zarur nazoratchilar sonidan oshib ketganda quyidagi nomzodlar ustunlikka ega bo‘ladi:

     So‘nggi 3 yil ichida TOPIK imtihon nazoratchisi sifatida ish tajribasiga ega bo'lgan shaxslar

    ‚ Oxirgi 3 yil chet tili imtihonlari kuzatuvchisi sifatida tajribaga ega bo'lgan shaxslar

    ƒ Ta‘lim muassasasida ish tajribasiga ega bo'lgan shaxslar

3. Qo‘shimcha shartlar:

- To'lov shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi

- Imtihonda muvaffaqiyatli ishtirok etgan nazoratchilar,keyingi imtihonlarda qatnashish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi.

Kategoriya E'lonlar

Avval xabar berganimizdek, bugun 15-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston-Ispaniya oliy ta’lim muasassalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Ispaniya davlatlaridagi oliy ta’lim muasassalarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv dasturlari doirasida professor-o‘qituvchilarning hamda talabalarning bilim va malakasini oshirish kabi amaliy ishlarni hayotga tadbiq qilishdan iborat.       

Seminar ishida Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi huzuridagi Xalqarolashtirish agentligi direktori janob Alfonso Gentile so‘z olib ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga to‘xatilib o‘tdi. Tadbirda Ispaniya davlatidan 12 ta universitetdan vakillar va yurtimizdagi qator universitetlar rektorlari va prorektorlari ham o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi.

Seminar doirasida O‘zbekiston-Ispaniya universitetlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 4-13 mart kunlarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi kabinet mudirasi Nurullayeva Maftuna 20-mart – 9-aprel kunlari Hindiston poytaxti Nyu Dehli shahrida «Butunjahon Xalqaro Innovatsiyalar va Ta’limda so‘ngi texnologiyalarning o‘rni» mavzusidagi kursda amaliyot o‘tadi.

Kelajakda Maftuna Nurullayevaning bu kursda o‘rgangan bilimlari va orttirgan tajribalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga hama yurtimiz rivojlanishiga o‘zining ijobiy hissasini qo‘shadi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 15-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston-Ispaniya oliy ta’lim muasassalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlash bo‘yicha seminar o‘z ishini boshladi. Dastlab Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi boshchiligidagi 12 ta oliy ta’lim muasassalaridan iborat delegatsiya a’zolariga universitetimizda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv laboratoriyalari, milliy liboslar galeriyasi bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng seminar o‘z ishini boshladi va uning avvalida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, prof. Toni Zou universitet faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda. Biz to‘liq tafsilotlar bilan yana tanishtirib boramiz.    

Kategoriya Yangiliklar

Kun sayin nufuzi oshib borayotgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy Kengashida birinchi bor ingliz tilida falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi. Bugun 13-aprel kuni Saidmamatov Olimjon Aminboy o‘g‘lining 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Orolbo‘yi mintaqasida ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi juda qizg‘in muhokama va munozaralarga boy bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar

         Bugungi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turkiyadagi bir qator nufuzli universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.  Ushbu hamkorlik aloqalari natijasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda qisqa va uzoq muddatli amaliyotlarga yuborish, qo‘shma loyihalar, akademik va ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator kelishuvlar yo‘lga qo‘yilgan va bu bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

         Bundan tashqari universitetimizga Turkiyaning nafaqat ta’lim sohasi vakillari balki boshqa sohasi vakillarining ham qiziqishlari baland. Joriy yilning 12-aprel kuni bir guruh turkiyalik tibbiyot mutaxassislarining universitetimizga tashrifi ham fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi.

         Turkiyalik tibbiyot xodimlarini  respublikaga jalb qilish va ushbu mamlakatdan sayyohlar oqimini oshirishga ko‘maklashish doirasida O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi tomonidan “Doğu Turizm” firmasi rahbari Mexmet Nur va doktor-radiolog Kayxan Altintash bilan hamkorlikda ushbu mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan 102 nafar malakali shifokorlardan iborat guruh sayyoh sifatida yurtimizga tashrif buyurdi.

         Tashrif doirasida mehmonlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha uchrashuv tashkil qilindi. Mehmonlarni universitet Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov hamda turkolog olim, professor J.Eltazarov kutib oldi va turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlab berish borasida oliygohda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.

        - Bizning ko‘p yillik niyatimimiz ota yurtimiz O‘zbekistonga kelish orzuimiz amalga oshganligidan hamda Samarqandda turizm sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydigan zamonaviy universitetga tashrif buyurganimdan juda baxtiyorman,-deydi turkiyalik mehmon doktor Kaytan Altintash.

         Mehmonlar universitetda tashkil qilingan Turk dunyosiga oid milliy liboslar galeriyasi, turli mashhur rassomlar ijodiga oid rasmlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek mehmonlar uchun universitet kutubxonasi bilan tanishish ham juda katta taassurotlarga boy bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 9-aprel kuni Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumiga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov boshchiligidagi mutasaddilar tashrif buyurdi.

Mutasaddilar ta’lim maskaninida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar,  moddiy-texnik bazasi va o‘quv amaliyot laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi hamda texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan yaqindan muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida universitetimiz mutasaddilari va texnikum o‘qituvchilari ta’lim jarayonini yanada yaxshilash, turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashdagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.  

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 8-aprel kuni Xitoyning Baicheng universiteti rektori  Che Guangbo boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi. Ma’lumot uchun Baicheng universiteti Xitoydagi eng nufuzli universitetlar qatoridan o‘rin egallaydi. Hozirda ushbu universitetda 23 ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetimiz ilmiy  va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, prof. Toni Zou bir necha bor ushbu universitet rahbariyati bilan onlayn muloqotlar o‘tkazganidan so‘ng ularning oliygohimizga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Delegatsiya tarikibida  xalqaro aloqalar bo'limi, akademik bo'lim, ilmiy-tadqiqotlar bo'limi rahbarlari va tarix maktabi dekani o‘rin olgan. Dastlab mehmonlarni universitetimiz ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zou kutib oldi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari universitetimizning Ma’muriy masalalar bo‘yicha Birinchi prorektori, prof D.Nasimov bilan uchrashib o‘zaro muloqot qilishdi.

Muloqot davomida kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv kabi muhim masalalar muhokama qilinib, rejalar belgilab olindi. Mehmonlar universitetimizdagi Milliy liboslar galeriyasi, rasmlar ko‘rgazmasi hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.    

During the dialog they discussed such important issues as establishing cooperation in the future, academic exchange, and outlined plans. The guests familiarized themselves with the activities of the National Costume Gallery, the exhibition of paintings and the library of our university.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 09 Aprel 2024 10:38

“Xonatlas” festivali tashkil qilindi

Joriy yilning 8-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi tomonidan “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.

So'nggi yillarda milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.

Milliy qadriyatlar, urf-odatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Ajdodlarimizning ma'naviy merosi asl qadriyatlarimizning sarchashmalaridir.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 09 Aprel 2024 10:16

E’LON

Islomiy Rivoj Banki (IsDB) 2024-2025 ta'lim yili uchun stipendial dasturlariga ariza topshirishning boshlanishiga xush kelibsz. Bu dasturlar Islom Hamkorlik Tashkilotining a'zolari mamlakatlardan talabalar va tadqiqotchilar uchun moliyaviy qo'llab-quvvatlash va ta'lim imkoniyatlari taqdim etadi. Ariza topshiruvchilar uchun har xil o'quv va tadqiqot sohalar mavjud. O'zingizning potentsialingizni ochish va kelajakni yaratishda qatnashish imkoniyatini yo'qotmang! Tafsilotli ma'lumot va arizalar topshirish bo'yicha ko'rsatmalar quyidagi havolada: https://www.isdb.org/scholarships
Hujjatlarni topshirish muddati 2024-yil 20-aprelda tugaydi.

Kategoriya E'lonlar
6 dan 9 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar