Shanba, 13 Aprel 2024 12:45

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning majlisi ingliz tilida bo‘lib o‘tdi

Kun sayin nufuzi oshib borayotgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy Kengashida birinchi bor ingliz tilida falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi. Bugun 13-aprel kuni Saidmamatov Olimjon Aminboy o‘g‘lining 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Orolbo‘yi mintaqasida ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi juda qizg‘in muhokama va munozaralarga boy bo‘ldi.

O'qilgan 412 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar