Yangiliklar: Aprel 2022

Postpandemiya davrida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish, shuningdek, Xorazm viloyatining sayyohlik salohiyati va ichki turizm salohiyati bilan tanishish maqsadida, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining sirtqi va masofaviy ta’lim talabalari “Ichan-Qal’a” madaniy meros obyektlariga tashrif buyurdilar, hamda Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan “Lazgi” xalqaro raqs festivalida ishtirok etdilar.

Kategoriya Yangiliklar

Abstract: Uzbekistan is one of the countries which attract many tourists with its rich history and culture.  The main touristic destination in this country is called "Golden Triangle": Samarkand, Bukhara and Khorezm. Tourism industry of these cities is quite beautiful, attractive and full of historical and cultural places. In order to develop the sustainability of the tourism in these cities, the government pays special attention to develop touristic services, especially transportation. Although there have been many redevelopments in this sphere, we can still see some problems related to transport service of "Golden Triangle". The aim of this article is to give short description to transportation in those cities and discussing some problems and solutions of them.

Key words: Golden Triangle, tourism industry, services, transportation, descriptions, problems and solutions.

Read More

Kategoriya Yangiliklar

Talabalarning boʼsh vaqtini unumli oʼtkazish maqsadida «Ipak yoʼli» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2022-yil 27-aprel “Zakovat” intellektual oʼyini tashkil etildi. Bu galgi bahslarda 10 ta jamoa oʼzaro bellashdi.

Hurmatli talabalar, “Zakovat” intellektual oʼyinlarida faol boʼlishlaringizni tavsiya qilamiz. Inson qancha koʼp savol tuzsa, shuncha koʼp narsa oʼrganadi. Bitta savolni tuzish jarayonida inson oʼsha savolga aloqador turli yoʼnalishdagi bilimlarini taftish qiladi, uni mantiqan shakllantiradi. Toʼgʼri, boshida tuzilgan savollar mukammal bo’lmasligi mumkin, lekin keyingi urinishlarda savollar mazmuni ham yaxshilanib boraveradi.

Intellektual oʼyinlar bilan doimiy shugʼullaning. Hozir internetda ham ochiq o’yin platformalari koʼp. Ularda qatnashing va natijalaringizni doimiy nazorat qilib boring.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 26-aprel kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bitiruvchi yoshlarni viloyat hokimligining “Samarqand kelajak javohirlari” istiqbolli kadrlar zahirasiga olish mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev va universitetning birinchi prorektori Joʻliboy Eltazarov ishtirok etib, loyihaning ahamiyati, ishonch bildirilayotgan yoshlar oldiga qoʻyilayotgan vazifalar, maqsadlar, ularga erishish yoʻllari haqida fikr yuritishdi.

Uchrashuv davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini a’lo baholarga bitirayotgan, bilimli, tashabbuskor va liderlik qobiliyatiga ega boʻlgan bakalavriat hamda magistratura bosqichi bitiruvchi yoshlari viloyatning turizm va xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarini, shuningdek, sohadagi mavjud muammolarga oʻzlarining mutaxassis sifatidagi yechimlarini taklif etishdi.

Suhbat yakunida viloyat hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev bitiruvchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida sohani rivojlantirish strategiyasiga kiritilishini aytib, tadbirda ilgari surilgan kreativ gʻoyalarning ijrochisi ham, albatta, aynan shu yoshlar boʻlishi zarurligini ta’kidladi.

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 19-aprel kuni Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi “Gʻulba” MFYda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘qituvchisi K.Abdullayeva tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolari va yoshlari o‘rtasida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 “Gʻulba” mahalla fuqorolari va yoshlari tadbirda faol ishtrok etdi. Tadbir davomida mahalla fuqorolariga hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va sohalarga qaratilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berib oʻtildi va mahalla yoshlariga kelajakda toʻgʻri kasb tanlash mavzusida suhbatlashildi.

Suhbat davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti haqida yaqindan ma’lumot berib oʻtildi.

 

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan imzolangan chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida, “Ipak yo‘li” universiteti talabalari va xodimlari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida xodimlar va talabalar jabrlangan va moddiy mol-mulkni qutqarishda asbob-uskunalar va moslamalar ishlash tamoyillari bilan tanishdilar.

Uchrashuv yakunida FVB mutaxassislari universitet xodimlari va talabalarining barcha savollariga javob berishdi.

Seminarida har bir fuqaro har doim favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Kategoriya Yangiliklar

  Ilmiy rahbar: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti   

  dotsenti, PhD Sultanov T.I.

  Muallif: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti      

  Guide-121 guruh talabasi Asatilloyev A.J.

         Islom dini Movarounnahrga VII asrning boshlarida kirib kelgan. Shu davrdan boshlab yurtimizda islom dini keng tarqala boshladi. Buning natijasida yurtimizdan ko’plab islom  ulamolar yetishib chiqdi. Ularning jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shdi. Arab grammatikasi  asoschisi  Abulqosim  Mahmud  az-Zamaxshariy  (1074-1143)  misol  qilib  olsak  bo’ladi.  Mahmud az-Zamaxshariyga  Islom  ilmiga  qo’shgan  hissasi  uchun  unga  “JORULLOH” (ALLOHNING QO’SHNISI) nomi berilgan.  Uning  “AL-MUFASSAL” asari butun  dunyoda  arab  tilini  o’rganishda  qo’llanma  sifatida  ishlatiladi. Biz tarixni, tarixiy shaxslarni  yozma  va  moddiy  manbaalardan  o’rganamiz, yurtimiz  tarixini o’rganishda  arab  yozuvini bilish  katta  ahamiyatga  ega. Arab yozuvining dunyoda  taxminan   10.000 dan ziyod  turi  mavjud.

         Ularning  asosiylari: SULS,  NASX,  KUFI, NASTALIQ,  DEVONI, MUHAQQAQ,  RIQO,  RAYHONIY.

Xattotlik  badiiy  san’atdir. Uning  kelib  chiqishi  Islom  tarixi  bilan  bog’liq.  Islomning  oltin  davri  bo’lgan  X asrda  boshqa  sohalar  rivojlangani  singari  Xattotlik  san’ati  ham  rivojlandi.

         Eng  qadimgi  xat  bu  KUFI  xatidir.  Kufiy  xati   asosida  boshqa  xatlar  ham  rivojlangan.

         Samarqand  tarixiy  obidalarida   Arab  youvining  asosan  KUFI  va  SULS  xatlaridan  foydalanilgan. (“Islom oltin davri,” 2021)

       Manba: surat  maqola muallifi tomonidan tayyorlangan. 

         Mamlakatimizning  tarixiy  shaharlari  bo’lmish  Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda  tarixiy obidalarida yozma  bitiklarni   juda ko’p  uchratishimiz  mumkin. Samarqand  tarixiy  obidalaridagi  yozuvlar  haqida  to’liq  yozsak, bu  maqola  emas, balki  bir  nechta  katta  kitobga  aylanadi.  Shuning  uchun  ushbu  maqolada  Samarqand  tarixiy  obidalaridagi  yozuvlarning  ba’zilarini  ko’rib  tahlil  qilib  chiqamiz.

REGISTON  MASJMUASIDAGI  TARIXIY  BITIKLAR.

SHERDOR  MADRASASIDAGI  YOZUVLAR:

Sherdor  madrasasining HAZRAT MUHAMMAD IBN JA’FAR  SODIQ  maqbaralari deb ta’riflanayotgan joyning   tepasida  Kufiy xatida: “ALLOH  TAALO  ATDI” deb  va   Suls xatida: “O’QING EY MUHAMMAD BUTUN BORLIQNI YARAYGAN ZOT BO’LMISH RABBINGIZ ISMI BILAN”.  ALAQ surasing  1-oyati yozilgan.

Manba: surat  maqolaning  muallifi tomonidan olingan.

Ushbu  oyat  QUR’ONI  KARIMNING ilk oyatidir. Ushbu  oyat  ilm  olish  naqadar  zarurligini  bildiradi. (Abdulaziz Mansur, Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi, 2013, 457-bet )

 Islom  madaniyatiga  asoslangan  devorlar  atrofida  Kufiy  xatida:  “ALLOH barcha va nuqsonlardan pokdir, Hamd ALLOHGA bo’lsin,   ALLOHDAN o’zga iloh yo’q, ALLOH buyukdir”  “TAMJID  KALIMASI” yozilgan.

         Manba: surat  maqolaning  muallifi tomonidan olingan.

Bu  yozuv  Sherdor  madrasasi  peshdoqining  o’ng  tomondan  boshlanib,  peshtoqning  o’rtasi  va  chap tomonigacha  yozilgan.

Bu  kalima  Kufi  xatida  yozilgan.

TILLAKORI  MASJID  MADRASASIDAGI  YOZUVLAR

Tillakori masjid  madrasasida boshqa  madrasalarga qaraganda asosan  Payg’ambarimiz  MUHAMMAD sollallohu alayhi vasallamning  muborak  Hadislari  yozilgan. Tillakori  masjid  madrasasining  hujralari  tepasida  hadislar  bitilgan. Ushba  maskan  ham  madrasa  ham  masjid  vazifasini  o’tgan.  Madrasadagi  ustozlar  va  talabalar  jamoat  namozlarini  o’qishgan. Ushbu  uchala madrasad  talabalar  Din, Fiqh, Tarix, Falsafa, Matematika, Astronomiya, jahon tillarini o’rganishgan.

 ( Rasul Xodizoda,  Samarqandnoma, 2011, 258-259-betlar)

Manba: surat  maqola muallifi  tomonidan olingan.

Madrasaning kirish qismi  peshtoqi  atrofida  “TAVBA”  surasining 18/22- oyatlari  yozilgan. Tavba  surasi  Madinada  nozil  bo’lgan, 129  oyatdan  iborat. Ushbu  sura  Qur’oni Karimdagi  yagona “Bismillahir rohmanir rohim” siz  ya’ni  “Mehribon va rahmli Alloh nomi’’siz   boshlangan  suradir.  Buning  sababi  to’g’risida  turli  fikrlar  aytilgan.  Ba’zilar  Tavba  surasi undan  oldingi  Anfol  surasining  davomi  bo’lgani  uchun  desalar,  ba’zilar  surada  ko’proq  urush, jang, qatl zikr  etilgani  uchun  deb ulamolar izoh  beradilar.  Rosululloh  sollallohu  alayhi  vasallamdan  esa  aniq  ko’rsatma  berilmagan. Surada  asosan  “Tabuk”  voqeasi, masjid  qurish, iymon-kufr,  savob-gunoh,  tavba-tazarru  va  boshqa mavzular  bayon  etilgan. ( Abdulaziz Mansur, Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi, 2013,  116-117-betlar).

Madrasa hujralarining birida: “ILM INSONNI  DUNYODA  AZIZ   VA  OXIRATDA  SHARAFLI  QILADI”, degan hadis  yozilgan.

         Manba: surat  maqola  muallifi tomonidan olingan.

         Hadisning  aynan  talabalar  hujrasining  peshtoqiga  yozilganligi  insonning  e’tiborini  tortadi. Tolibiilmlar  har  gal  hujralariga  kirishdan  oldin  shu  hadisni  o’qishgan. Bu  ularni  yaxshiroq  ilm  olishga  undagan.

             “AMIR  TEMUR”  MAQBARASIDAGI  BITIKLAR.

          Maqbara  XV asrning  boshida  qurilgan.  Samarqanddagi  boshqa  tarixiy  obidalarga  o’xshab  bu  maqbarada  ham   Quroni   Karimdan oyatlar  va  Payg’ambarimiz  MUHAMMAD  sollallohu   alayhi  vasallam  hadislari  yozilgan.  Maqbaraning  kiraverishidagi  peshdoqda  ushbu  maqbaraning  arxitektorining  ism  sharifi  yozilgan.

Manba: surat  maqola  muallifii tomonidan olingan.

         Bu yerda: “OJIZ  BANDA  MUHAMMAD  IBN  MAHMUD  ISFAHONIYNING ISHI ” deb  yozilgan.

         Insonning   martabasi  qanchalik  yuqori  bo’lmasin  doim  o’zini  kamtar  tutishi  lozimligini  bildiradi. Amir  Temur 1381-yil  Eronga  qilgan  yurishida  Erondagi  binolarning  go’zalligi  unga  yoqib  qoladi va  Erondan  bir qancha   san’at  ustalarini  Samarqandga   olib  keladi. Shundan  so’ng  eronlik  san’at  ustalari  Samarqandda  ishlay  boshlashadi. Tillakori  masjid  madrasasing  ichki hujra va  xonalari  ham Eron  uslubida  bezatilgan. ( Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, 1997, 89-bet  )

 Garchi  ajdodlarimiz  bizga  buyuk  ilm  va  dargohlarni  me’ros  qilib  ketgan  bo’lsalar-da, biz  bu  meroslarga   yaxshi  e’tibor  bermayapmiz.  Registon  majmuasidagi  Tillakori  masjid  madrasasi,  Amir  Temur  maqbarasi  va  Shohizinda  majmuasi.  Ushbu qadam  joylardagi  qayta  qurish  (rekonstruksiya) ishlari to’liq  va  sifatli  tugatilmagan.  Tarixiy  yozuvlar,  bitiklarning   ba’zilari  to’liq yozilmagan, ba’zilari  esa   yozilgan ammo  bir  qismi  yo’q. Ba’zilari  xato  yozilgan. Ularning  ayrimlarida oyatlar  boshqa  oyat  bilan  qo’shilib  ketgan. Bundan tashqari  harflarning  nuqtalari  qolib  ketgan.  Siz  bilan  men  buni  farqiga  bormasmiz, ammo  chet  eldan  buni  farqiga  boradigan   mehmon  kelib  bu  holatni  ko’rsa,  bu  biz  uchun  sharmandalik  bo’ladi. Ming  afsuslar  bo’lsinki,  shu  joyda  ishlaydigan  mahalliy   gidlar ham  yozuvlar  tog’risida  xato  ma’lumotlarga  ega.

                 Manba: surat  maqola  muallifi tomonidan olingan.

          Manba: surat  maqola  muallifii tomonidan olingan.

  • Suratda Bibixonim madrasasining chap  tomondagi  gumbazi ichki  bezaklarining  bir qismi to’kilgan  holdagi ko’rinishi.
  • Suratda Shohizinda majmuasidagi tugatilmay qolgan yozuvlarning 
  • Tillakori masjid madrasasida yozilgan hadisning nuqtalari  qo’yilmay ketilgan.
  • Tillakori masjid madrasasidagi  hadisning  bir  qismi  o’chib  ketganini ko’rishimiz 
  • Amir Temur maqbarasining peshtoqiga  yozilgan “MULK” surasining o’rtasiga  boshqa  sura  qo’shilgan.
  • Amir Temur maqbarasining peshtoqiga yozilgan “MULK” surasining o’rtasiga  boshqa  sura  qo’shilgan.
  • Suratda Amir Temur maqbarasining qabri  joylashgan  xonaning  devorlariga  yozilgan  hadisning  bir  qismi  yo’q.

        Xulosa  qilib  shuni  ta’kidlamoqchimizki,  biz  ham  diniy,  ham  dunyoviy  ilmlarni  yetakchilari  bo’lgan  kishilarning  avlodlarimiz. Butun  dunyo  yurtimizdan  yetishib  chiqqan  olimlar,  shoirlar,  faylasuflarni  tan  oladi. Biz  boy  madaniyati  va  boy  tarixiga  ega  bo’lgan  millatmiz. Samarqand  o’zining  qadimiy  va  tarixiy  me’moriy  obidalari  bilan jahon  madaniyatlari  ichida  ajralib  turadi.  Asosiysi, Samarqanddagi  tarixiy  obidalar  Samarqandning  ajralmas  qismiga  aylanib  qolgan. Bu  obidalar  mahalliy  aholini  ham,   chet  ellik  mehmonlarni  ham  hayratga  solib  kelmoqda. Binobarin, bizning va  butun  jahonning  o’zini  zukkoligi,  farosatligi  bilan  dunyo  sivilizatsiyasiga  qo’shgan  hissasi  va  bizga  qoldirgan  tarixiy  obidalarni,  xususan,  ulardagi  bitiklarni  chuqur  o’rganishimiz  zarur.

Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati:

  1. Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi, 2-jild. Toshkent: O’zbekiston. 2013.
  2. Uzbekistan Today. O’zbekiston tarixiy obidalaridagi bitiklar. Toshkent, 2015.
  3. S.G’afforov, M.A. Yusupova, S.I.Sharipov, & M.M.Saidov. O’zbekiston arxitektura yodgorliklari  tarixi.  Samarqand, 2011.
  4. Rasul Hodizoda. Samarqandnoma. Toshkent, 2011.
  5. Sharafuddin Aliy Yazdiy, Zafarnoma, Toshkent, 1997.
  6. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ibn_Muqla
  7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Islom_oltin_davri
  8. https://arboblar.uz/uz/people/makhmud-az-zamakhshari
Kategoriya Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 aprel kuni turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Dunyoda pandemiya paytida o‘rnatilgan cheklovlar birin-ketin kamayayotgani tufayli turizm industriyasi tiklana boshlayapti. Joriy yil birinchi chorakda yurtimizga xorijdan 610 ming nafar yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravardan ziyod turistlar kelgan. Keyingi oylarda yanada ko‘p turistlar kelishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda turizm infratuzilmasining bunga tayyorlik darajasi tahlil qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston, Andijon va Qashqadaryoda mehmonxona o‘rinlari yetishmaydi. Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida katta imkoniyatlardan foydalanilmayapti. Yoshlarga mos turistik xizmatlar juda kam. “Oilaviy” va “barchasi ichida” xizmatlarni joriy qilish ishlari sust.

Hududlardagi 206 ta termal va mineral suvli buloqlarning 18 tasidan foydalanilmoqda, xolos. Misol uchun, Qamchiq dovonida joylashgan Arashan ko‘llari suvining harorati qishin-yozin 36 gradus issiqlikda bo‘lib, xorijiy kurortlardan qolishmaydi. Yoki, Chimboy, Qorao‘zak va Taxtako‘pirda yer ostidan 40-70 gradus issiqlikda chiqadigan termal buloqlar atrofida sanatoriya-kurortlar tashkil qilish mumkin.

Sayyohlarni jalb qilishda yurtimizdagi 122 ta muzey salohiyatidan ham foydalanilmayapti. Ularda 2 million 500 mingdan ortiq ashyolar bo‘lib, shundan 112 mingtasi jahon tarixi va madaniyati uchun ham noyob hisoblanadi.

Yig‘ilishda shu kabi imkoniyatlarni ishga solib, turizm sohasida pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tiklash, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Avvalo, har bir viloyatda turistlarni o‘ziga ohanraboday jalb qiladigan yirik loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Masalan, Namangandagi “Afsonalar vodiysi”, Bo‘stonliqdagi “Amirsoy” majmualariga kuniga minglab xorijiy va mahalliy turistlar boradi. Xorijiy investorlar ishtirokida Xonobodda yana bir shunday loyiha boshlangan.

Prezident yurtimizda bunday joylar ko‘pligini ta’kidlab, qator imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi. 

Xususan, Boysunda dunyodagi eng chuqur g‘orlardan biri hisoblangan Boybuloq, neandertal odam qoldig‘i topilgan Teshiktosh g‘orlari, qadimiy ellin madaniyati yodgorligi bo‘lmish Uzundara qal’asi bor. Tumanning tabiati, iqlimi ham zo‘r. U yerda mehmonxona, kemping, “dor yo‘li”, turistlar uylari tashkil etish orqali 500 ming sayyohni jalb qilsa bo‘ladi.

Bunday imkoniyatlar Bo‘stonliqdagi Tovoqsoy, Ohangarondagi Ovjasoy, Angrendagi Yangiobod, Shahrisabzdagi Miraki, Yangiqo‘rg‘ondagi Nanay, Popdagi Chodak qishloqlarida ham bor.

Shuningdek, Nukusdagi Ashshiko‘l, Buxorodagi Zikriko‘l, Jizzaxda Aydarko‘l va Tuzkon ko‘lida xuddi Chorvoqdagidek cho‘milish zonalari tashkil etish mumkinligi ta’kidlandi.

“O‘zbekiston turizm magistrali” bo‘ylab, 31 ta tuman va shahar hududidan o‘tuvchi yo‘llar bo‘yida avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg‘i quyish kabi xizmatlarni qamrab olgan “Karvonsaroy”lar barpo etish choralari belgilandi.

Toshkent shahrida xorijiy turistlar uchun kamida 3 kunga mo‘ljallangan “1 ming dollarlik xizmatlar to‘plami” shakllantiriladi. Bu dastur yil davomida ishlaydigan akvapark va mavzuli parklar, gastronomik va savdo ko‘chalari, jonli ijro konsertlari, shou va festivallarni o‘z ichiga oladi.

Yig‘ilishda ichki turizmni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu boradagi ko‘rsatkichni 10 million nafarga yetkazish vazifasi qo‘yilar ekan, buning imkoniyatlari ham belgilab berildi.

Xususan, 1 iyuldan boshlab, turizm qishloqlarida mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor-yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida, bunday qishloqlarda mehmon uylari tashkil etishga 50 million so‘mgacha, o‘tov va eko-uylar majmuasiga 300 million so‘mgacha, chodirli lagerlar qurishga 300 million so‘mgacha kreditlar beriladi. Har yili turizm qishloqlarining 200 nafar yoshlari byudjet hisobidan Turizm texnikumlarida bepul o‘qitiladi.

Hokimlarga turizm qishloqlarida yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi, aloqa tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bunga joriy yilda respublika byudjetidan 250 milliard so‘m ajratiladi.

Shu bilan birga, xorijiy turistlarga sayohatning barcha bosqichlarini tashkillashtirishga ko‘maklashuvchi saytlar, mobil ilovalar yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Turistlarni jalb etish va sayohatlarni mazmunli o‘tkazishda madaniy tadbirlar ham muhim o‘rin tutadi. Yurtimizda 186 xil xalqaro va mahalliy festivallar tashkil etiladi. Ular orqali qo‘shimcha 1 million xorijiy va 5 million nafar ichki turistlarni jalb qilish imkoniyati bor. Mutasaddilarga ushbu tadbirlarni yuqori saviyada va xavfsiz tashkil etish, butun dunyoga keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Joriy yilda Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangani, 250 ta mehmonxona va muzeylarda chegirma berilgani, ziyorat ob’ektlari bepul qilingani ichki turizm uchun katta turtki berdi. Buning natijasida Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar borgan. Kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham xalqimizga yana 5 kunlik dam olish beriladi.

Davlatimiz rahbari bunday ishlarni faqat bayramlar arafasida emas, balki yil davomida tizimli ravishda tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda, bu yildan boshlab barcha davlat tashkilotlari xodimlari uchun yiliga bir marta mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Bundan tashqari, 1 sentyabrdan boshlab, yurtimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari narxining 15 foizi, mehmonxona xarajatining 20 foizi, muzey va boshqa madaniyat ob’ektlariga chipta narxining 50 foizini qaytarish tizimi joriy etiladi.

Muzeylar faoliyatini samarali tashkil etish ham turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, respublika bo‘yicha barcha muzeylar eksponatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning elektron bazasini yaratish, muzeylar rahbar va xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Muzeylarning ko‘rgazma maydonlari kamligi sababli atigi 1 foiz eksponat namoyishga qo‘yilgan. Qolaversa, aholining uzoqdagi muzeylarga borish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun, “San’atni xalqqa yaqinlashtirish” dasturi doirasida hududlarda muzeylarning ko‘chma ko‘rgazmalarini tashkil qilish kerakligi aytildi. Yurtimizdagi 4 ming 500 dan ortiq arxeologiya yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirish vazifasi qo‘yildi.

Sayyohatlarni tashkil etishdagi eng muhim vositalardan biri transportdir. Hozirgi kunda transport xarajatlarining yuqoriligi xorijiy turistlarni jalb qilishda asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda “loukoster”lar ko‘p emas. Zamonaviy “Afrosiyob” poyezdiga chipta olish uchun bir necha hafta oldin murojaat qilish zarur.

Shu bois, Transport vazirligiga turizm sohasida transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Sayyohlarning aviaqatnovlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 1 iyuldan boshlab, “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi. 1 oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi “Silk avia” kompaniyasi tashkil etiladi. Xarajatlarni kamaytirish maqsadida 9 ta samolyot to‘liq ekonom-klassga o‘tkaziladi.

Yig‘ilishda soha mutasaddilari, hokimlar va tadbirkorlar so‘zga chiqib, reja va takliflarini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Kategoriya Yangiliklar

Jomonkulova Guli Rashid kizi, student of “Silk Road” International University of Tourism and Cultural Heritage

Dr. Raymond Joseph Hoffmann, Vice rector for Academic Affairs of “Silk Road” International University of Tourism and Cultural Heritage

 

Annotation. The article analyzes the rate of the attractiveness of museums of Uzbekistan among local tourists, using some statistical data, and provides possible ways to improve the number of visitors.

Keywords: Local tourists, museums, tourist firms, attractiveness, marketing strategy

Аннотация. В статье анализируется показатель привлекательности музеев Узбекистана среди местных туристов, используя некоторые статистические данные, и приводятся возможные пути улучшения количества посетителей.

Ключевые слова. Местные туристы, музеи, турфирмы, привлекательность, маркетинговая стратегия.

Annotatsiya: Ushbu maqolada ayrim statistik ma’lumotlardan foydalangan holda mahalliy sayyohlar orasida O‘zbekiston muzeylarining jozibadorlik darajasi tahlil qilinadi va tashrif buyuruvchilar sonini oshirish imkonini beradigan yo‘llari keltirib o’tiladi.

Kalit so’zlar. Mahalliy sayohatchilar, muzeylar, turistik firmalar, jozibadorlik, marketing strategiyasi

Batafsil maqolani o'qish .pdf

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 26 Aprel 2022 10:45

Ayol - tabiatning eng buyuk mo‘jizasi

   “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova  tomonidan 2022-yil 20-aprel kuni universitet Xotin-qizlar kengashining faollari bilan kengash  yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilishda asosan  joriy yilning 14-15-aprel kunlari “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati”  mavzusidagi respublika o‘quv-seminaridagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va ko‘rilgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Mazkur o‘quv-seminarga Urganch davlat universiteti mezbonlik qildi va unda oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq Xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari ishtirok etishdi. O‘quv semenarida ko‘rilgan masalalar yurtimizda  ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning koʻlamini yanada kengaytirish, mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar darajasini oshirish, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning mustahkam asosini yaratish va bu yoʻlda esa oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot organlari bilan  ta’lim muassasalarining hamkorligi, oilaviy munosabatlar talim muassasalarida ijtimoiy-ma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlashda xotin qizlarning o‘rni,  talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, ijtimoiy masalalari to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot berdi.

Universitetning   Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova ham soʻzga chiqib, respublika o‘quv-seminarida ko‘rilgan masalalarning dolzarbligiga alohida e‘tibor qaratdi. “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish,  gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ilgari surilgan ”Inson qadri uchun”  tamoyili to’g’risida, ayniqsa, bugungi kunda jamiyatimizda uchrab to‘rayotgan zo‘ravonlik kabi  noxush holat va uni bartaraf etishda barcha birdek birlashishi,  xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining  barcha shakllariga barham berish, imkon qadar bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik zarurligi haqidagi alohida to‘xtalib o‘di.

  Yig‘ilish davomida o‘quv semenari to‘g‘risida videorolik va  taqdimot namoyish etildi. Yig‘ilish davomida  ishtirokchilar tomonidan ko`pgina savollar berildi va takliflar ko`rib  chiqildi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar