Yangiliklar: Aprel 2022

Chorshanba, 20 Aprel 2022 20:40

Hurmatli talabalar!

Sizga shuni maʼlum qilamizki, bundan buyon Work & Travel maqsadida xorijga sayohat qilish, shuningdek, magistraturaga kirish uchun, oʻz tyutorgizga murojaat qilishinigiz va undan tavsiyanoma olishinigiz shart. Tyutor tavsiyanomasi – chet elda ishlash va o‘qish uchun hujjatlar to‘plamining ajratilmas qismidir.

Hurmat bilan, Universitet ma’muriyati.

Kategoriya Yangiliklar

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 81-sonli Farmoni,  ushbu Farmonning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-sonli Qarori mamlakatimiz xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishda, xotin-qizlarning markazlashgan tartibda tizimli faoliyatini joriy etish katta imkoniyatlarni yaratdi.

 Shuningdek,   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni qabul qilingan bo‘lib, mazkur hujjatlarning mohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari to‘plami (annotatsiya, infografika, slayd) dan foydalangan holda 2022-yil 19-aprel kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan ayol professor-o‘qituvchilar va xodimalar o‘rasida targ‘ibot ishlari olib borildi hamda qarorlar mazmun-mohiyati to‘liq yoritib berildi.

Ushbu farmon va qarorlar  to‘g‘risida universitetning Ilmiy bo‘lim mudiri N.Mansurova, “Tarix va madaniy meros” kafedra mudiri M.Sidiqova, O‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘I N.Xasanova hamda xorijlik o’qituvchilarimizdan qirg‘izistonlik Erkaim Jusupova va eronlik Mariya Dagmenchilar ham yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarga o‘zlarining  ijobiy fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 19-aprel kuni Pastdarg‘om tumanidagi 55-maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, an’analari, qadriyatlari, professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumotlar berildi.

Maktab o‘quvchilariga universitetda turizmga qiziquvchan yoshlarning ushbu yo‘nalishni ichkaridan o‘rganishi, bilim bazasini to‘ldirishi, xususan, Universitetning keng qamrovli kutubxonasining cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgani aytib o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, maktab va texnikum o‘quvchilari “Ipak yo‘li” universitetiga doimiy asosda taklif etilib, ular universitet talabalarining o‘quv jarayoni va hayoti, shuningdek, “Smart Campus” infratuzilmasi bilan yaqindan tanishadilar

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 20 Aprel 2022 14:00

Tajriba amaliyotdan boshlanadi

Joriy yilning 19-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi o‘qituvchilari Ulug‘bek rasadxonasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdilar.

Amaliyot oliy kasbiy ta’lim dasturining ajralmas qismidir. Shu tariqa, talabalarga kasbiy ko‘nikmalar berish, nazariy tayyorgarlik jarayonida olingan bilim va malakalarni chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadida, tasdiqlangan ish rejalari va o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun tarixiy obidalar bo‘yicha bir haftalik amaliyot dasturi boshlandi

Kategoriya Yangiliklar

Maktablar va texnikumlar o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga doimiy asosda taklif etiladi, ular universitet talabalarining o‘quv jarayoni va hayoti, shuningdek, Smart Campus infratuzilmasi bilan yaqindan tanishadilar.

Xususan, 2022-yil 19-aprel kuni Pastdarg‘om tumanidagi 55-maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, an’analari, qadriyatlari, professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumotlar berildi.

Prezidentimizning 2021-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston ta’limi, tarbiyasi va fanini yangi rivojlanish davrida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ta’lim sohasiga e’tiborning yorqin ifodasi bo‘lganini alohida ta’kidlash joiz. Xususan, mazkur hujjat maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim muassasalari integratsiyasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma’lum qilingan.

Shu munosabat bilan “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida bugun,14 aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir qator professor-o’qituvchilari jumladan Akmaljon Odilov, Sanjar Jumanazarov, Sanjar Mardonov va Yorqulov Muhammadmurod “Besh tashabbus” doirasida Tayloq tumanining Xo'jaqishloq MFY, Tepaqishloq MFY va Talliota  MFYda mahalla yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar haqida fikr almashib, yoshlarni mamlakat ravnaqi uchun yanada jon kuydirishga chorladi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan sporning shaxmat turida kuch sinashib, mahalla yoshlari bilan do’stona aloqalar o’rnatildi.

Tadbir so‘ngida mahalla fuqarolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o’qituvchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib bunday tadbirlar bardavom bo‘lishini tilab qolishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 15-16 aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida barcha qiziquvchi talabalar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun ikki kunlik maxsus o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar Turizm va madaniy meros Vazirligi buyurtmasi asosida “Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga koʻmaklashish markazi” tomonidan tashkil etildi. Seminar turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining startap loyihalari va takliflariga ega bo‘lgan talabalar uchun kelgusida ham ushbu yo‘nalishda mukammal bilim va ko‘nikma bilan ish olib borishlari uchun foydali bo‘ladi.

Ushbu seminarlardan ko‘zlangan maqsad turizm sohasida yangi biznes g‘oyalarga ega bo‘lgan yoshlarni izlab topish va ularning gʻoyalarini rivojlantirish uchun biznes-rejalar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus treninglar va maslahatlar beruvchi biznes-inkubatorlarni ochish, shuningdek, biznes-inkubatorda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarning biznes loyihalariga investorlar yoki bank mablag‘larini jalb etishga ko‘maklashishdan iborat..

Trening quyidagi mavzularda bo‘lib o‘tdi:

1. Turizm sohasida kreativ fikrlash va liderlik koʻnikmalarini shakllantirish;

2. Turizmda self-menejment;

3. Turizm sohasida muloqot samaradorligi va tadbirkorlikni tashkil etish yoʻnalishlari;

4. Turizm sohasi menejmenti;

5. Turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari;

6. Turizm sohasidagi imtiyozlar va imkoniyatlar;

7. Turizm marketingi;

8. Turizm sohasida biznes reja tuzish.

2 kunlik treninglarga professional trenerlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasi, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, turizm sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar jalb etildi.

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining TUR-119, PED-119 guruhlari 3-bosqich talabalari tyutori E.Sayfullayeva boshchiligida Samarqand shahar Qariyalar uyiga tashrif buyurishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarda axloqiy fazilatlarni, mehr-muruvvat tuyg’ularini rivojlantirish, tarbiyalashdir.

Qariyalar uyi xodimlari va tarbiyalanuvchilari tashrif buyurganlarni quvonch va iliqlik bilan kutib olishdi. Tashrif doirasida talabalar oziq-ovqat ko‘rinishidagi insonparvarlik yordamini yetkazib berishdi. Qariyalar bilan umumiy til topishib, ular o‘zlari haqida gapirib berishdi va bobo-buvilarning o‘tmishdagi qiziqarli voqealarni tinglashdi.

Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” universiteti talabalari tomonidan xayriya yig‘inlari, mehribonlik va qariyalar uylariga sayohatlar va boshqa tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi va oliy ta’lim muassasalari tomonidan “Samarqand markaziy kulgu” ligasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘gʻrisida”gi Nizom talablariga asosan joriy yilning 15-aprel kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida mavsumning final o‘yini o‘tkazildi.

Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining (Turist), Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining (Maroqandlik bojalar), Samarqand Davlat universitetining (Ilhom) Toshkent iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining (Iqtisodchi), Samarqand chet tillar institutining (Tarjimon) hamda Samarqand Iqtisodiyot va servis institutining (O‘zbegim) jamolari o‘zaro kuch sinashadi.

Uchinchi o‘rinni egallagan universitetimiz sha’nini himoya qilgan “Turist” jamoasi ushbu o‘yinda munosib ishtirok etib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 14-aprel kuni AQSh Vakillar (Kongress) palatasi va Senati, shuningdek, BMT Jamg‘armasi vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif maqsadi – o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maslalarini muhokama qilish va universititda BMTning aholishunoslik jamg‘armasining gender tenglik loyihasi bilan tanishish.

Davra suhbatida universitetda sog‘lom gender siyosatini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, zarur ko‘rsatmalar va maslahatlar berildi.

Shuningdek, universitetda tanishuv ekskursiyasi tashkil etilgan bo‘lib, unda mehmonlar universitet boshqaruv modeli, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlari aks ettirilgan zallar, laboratoriyalar, Universitet anjumanlar zali va sport zali bilan tanishtirildi. Universitet kutubxonasi mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar