Yangiliklar: Iyul 2023

Viloyat Matbuot uyida o‘tkazilgan matbuot anjumanini viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri o‘rinbosari G‘olib Hasanov olib bordi. Anjumanda universitetning qabul masalalari bo‘yicha mutasaddilari hamda respublika, viloyat matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Ta’kidlandiki, joriy qabul yilida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga 2023-2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-iyundagi F-31-sonli Farmoyishi, shuningdek Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotasi bo‘yicha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining qabul parametrlari asosida 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga abituriyentlarni qabul qilmoqda.

Ushbu xalqaro oliy ta’lim muasassasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakliga ingliz tilini bilish bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abiturentlar hujjat topshirish imkoniyatiga ega. Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.

Kategoriya Yangiliklar

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumining ochilish tadbirida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov so‘z olib, bugungi kunda tuzim sohasini rivojlantirishda professional ta’lim tizimining o‘rni va roli, sohaga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xususida gapirdi. Shundan so‘ng ramziy lenta kesilib, barcha tadbir ishtirokchilari ushbu texnikum o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Kategoriya Yangiliklar

2018-yilda hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qisqa muddatda talabalarga xalqaro ta’lim standartlari darajasida bilim berayotganligi va ko‘plab xorijiy davlatlardan malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda nazariy bilimlar berayotganligi bilan alohida diqqatga sazovor bo‘lmoqda.

Joriy yilning 4-iyul kuni Turizm markazining “Ayvon” bazmgohida universitetning 5 yilligi hamda joriy o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi. Tadbirda universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov barcha bitiruvchilarni qutlagan holda, ularning keyingi ishlarida omad tiladi.

Shuningdek tadbirda oliygoh birinchi prorektori, professor J.Eltazarov va boshqalar so‘z olib, bugungi bitiruvchilar kelgusida turizm sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi. Bayram tadbirida oliygoh bilan faol hamkorlik qilgan turistik kompaniyalar va mehmonxonalar mutasaddilariga hamda o‘tgan o‘quv yilida universitet hayotida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi universitetning ikkinchi qaldirg‘ochlari bo‘lgan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 4 iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti “Tillar” kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borayotgan mustaqil izlanuvchi Ablakulova Iroda Kamolidinovnaning tugallangan tadqiqot ishi muhokama etildi.

Muhokamada Ablakulova Iroda Kamolidinovnaning “XX asr o‘zbek romanlarining inglizcha tarjimalarida milliylikning ifodalanishi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya va avtoreferati professor-o‘qituvchilar tomonidan tahlil qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilarining qaroriga ko‘ra, I.K.Ablakulovaning dissertatsiya va avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiyasi Komissiyasining so‘nggi talablari asosida yozilgan ilmiy tadqiqot ishi sifatida baholandi va Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga tavsiya etildi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 03 Iyul 2023 18:39

E’lon!

Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari!

Joriy yilning 4-iyul kuni Samarqand Turizm markazining “Ayvon” majmuasida soat 17:00 da  bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashkil topganligining 5-yilligi hamda joriy o‘quv yilida oliygohni bitirayotgan talabalar uchun bitiruv kechasi o‘tkaziladi.

Shu munosobat bilan universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalarini ushbu tadbirga lutfan taklif qilamiz!

 Hurmat bilan,

universitet ma’muriyati!

Kategoriya E'lonlar
Dushanba, 03 Iyul 2023 15:59

E’lon!

2023-yil 6-iyul kuni Samarqand shahridagi San’at galereyasida (Art Station) “Ichki ufq: Ella Mayar suratlarida 1930-yillardagi O‘zbekiston” ko‘rgazmasining ochilish marosimi tashkil qilinib, unda shveysariyalik sayohatchi, sportchi, fotograf va yozuvchi Ella Mayarning Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Turkiyaga qilgan sayohati davоmida olgan fotosur’atlari namoyish qilinadi.  

Ayni paytda Ella Mayarning bir biridan qiziqarli bo‘lgan fotosuratlarga ega arxivi Shvesariyaning Lozannada shahridagi Elisey fotografiya muzeyida saqlanadi. Samarqanddagi “Ichki ufq” ko‘rgazmasida Elisey fotografiya muzeyi tomonidan taqdim etilgan raqamli dublikat fotosuratlar namoyish etiladi.

Tashkilotchilar: Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Lozannadagi Elisey fotografiya muzeyi (Photo Elysée: Musée cantonal pour la photographie), “Ella Mayar do‘stlari uyushmasi” va xonim Annelisa Xollmann. Kurator Dona Kulmatova.

2023-yil 6-iyul kuni soat 18:00 da ochiladi, kirish bepul.

Ko‘rgazma 2023-yil 8-oktabrgacha davom etadi.

Manzil: “Art Station by Silk Road University” – Samarqand shahar, Beruniy ko‘chasi 1 uy. Mo‘ljal; Samarqand Temiryo‘l vokzali

Kategoriya E'lonlar
3 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar