Chorshanba, 05 Iyul 2023 01:22

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashkil etilganligining 5 yilligi va bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tantanali ravishda nishonlandi

2018-yilda hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qisqa muddatda talabalarga xalqaro ta’lim standartlari darajasida bilim berayotganligi va ko‘plab xorijiy davlatlardan malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda nazariy bilimlar berayotganligi bilan alohida diqqatga sazovor bo‘lmoqda.

Joriy yilning 4-iyul kuni Turizm markazining “Ayvon” bazmgohida universitetning 5 yilligi hamda joriy o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi. Tadbirda universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov barcha bitiruvchilarni qutlagan holda, ularning keyingi ishlarida omad tiladi.

Shuningdek tadbirda oliygoh birinchi prorektori, professor J.Eltazarov va boshqalar so‘z olib, bugungi bitiruvchilar kelgusida turizm sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi. Bayram tadbirida oliygoh bilan faol hamkorlik qilgan turistik kompaniyalar va mehmonxonalar mutasaddilariga hamda o‘tgan o‘quv yilida universitet hayotida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi universitetning ikkinchi qaldirg‘ochlari bo‘lgan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.

O'qilgan 1202 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar