Yangiliklar: Iyun 2023

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa sohalari, ya’ni fan, madaniyat, ishlab chiqarish va ta’lim sohasini isloh qilish orqali aholini bilim darajasini oshirish, eng asosiysi esa aholi real daromadlarini oshirish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlatirish, xalqaro hamjamiyat bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida ajmuman o‘tkazildi. Dastlab tadbirda indoneziyalik tadbirkorlar tomonidan ko‘rgazma tashkil qilindi. Shundan so‘ng mehmonlar Indoneziyaning turizm jozibadorligi xususida taqdimot o‘tkazdi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak bugungi kunda Samarqand viloyatida 20 dan ortiq turistik firmalar faoliуоt ko‘rsatmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

          O‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibotlarda asosan yangi Konstitutsiyadagi yoshlarga, ta’limga oid bob va moddalardagi qulay imkoniyatlar xususida tushuntirishlar olib borildi. “Tarix va madaniy meros” kafedrasi professori Odil Boynazarov dars jarayonlarida talabalarga Yangi O‘zbekistonda yoshlar qanday huquq va burchlarga ega ekanligi xususida gapirib, talaba yoshlarning savollariga atroflicha javob berdi.

Kategoriya Yangiliklar

Qardosh ellarning olimlari mushtarak maqsadlar yo‘lida

Samarqandda yana bir nufuzli anjuman – Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universtetlari Ittifoqining navbatdagi yig‘ini o‘tkaziladi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkaziladigan xalqaro tadbir Turkiya va boshqa turkiy davlatlar yetakchi universitetlari vakillarini har taraflama fikr almashinuvlar asosida va oliy ta’lim sohasida hamkorlik qilish yo‘llarini izlash uchun birlashtiradi.

Ta’kidlash lozimki, 2009-yilning 3-oktabr sanasida Naxichevan bitimiga muvofiq asosiy maqsadi mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘lgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzilgan.

O‘zbekiston mazkur Kengashiga rasman 2019-yilning sentabr oyida a’zo bo‘lgan.

2021-yilda Istanbul sammitida Kengash tarixida yangi sahifa ochildi — u “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb qayta nomlandi.

Bu paytda nafaqat tashkilot nomi o‘zgardi balki mazmun jihatdan ham yangilanishlar kuzatildi. Turkiy dunyo nigohi deb nomlangan 2040 yilga mo‘ljallangan strategik hujjat qabul qilingani va qo‘yilgan maqsadlar to‘rt sohaga mo‘ljallab, aniq-ravshan belgilangani buning yaqqol isbotidir. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va xalqaro hamjamiyat bilan turkiy davlatlarning aloqalari shular jumlasidan.

Konsepsiyada ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, turkiy tilli universitetlar ittifoqi hamkorligini yetakchi mexanizmga aylantirish, olimlar, tadqiqotchilar va talabalar ixtiyorida bo‘lgan ilmiy maqolalar manbalarini va a’zo davlatlar ilmiy jurnallari uchun umumiy xalqaro indeksni yaratish ko‘zda tutilgani ham ahamiyatlidir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 2022-yil Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti I sammitidagi nutqida 2023-yili O‘zbekistonda “Turk dunyosi yoshlarining ilm-fan va innovatsiyalar xalqaro Kongressi”ni o‘tkazilishi tashabbusini ilgari surgan edi.

Aslida Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi kengashi 2013-yilda tashkil etilgan. Hozirda Ittifoqning Qozog‘iston, Turkiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadan 40dan ortiq a’zosi bor. Ittifoqqa “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, O‘zbekistondagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Qo‘qon universitetlari a’zo hisoblanadi.

Umuman, Turkiy tilli universitetlar ittifoqi doirasida ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va turkiy dunyo universitetlarining yagona makonini yaratish yo‘lida xizmat qiluvchi Xalqaro Turk akademiyasi faoliyat olib boradi, zero turkiy davlatlar bir-birlari bilan tarixiy, madaniy va ma’naviy rishtalar bilan bog‘langan.

Ittifoqning Samarqandda o‘tadigan navbatdagi anjumani hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlash, ta’limni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tadbirlarda asosan ittifoqqa a’zo universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tajriba va bilimlarni almashish hamda qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini muhokama qilinadi. Bundan tashqari, sessiyada Turk Dunyosi Universitetlari o‘rtasida talabalar almashinuvi tashabbuslari, talabalar uchun amaliyot dasturlarini yaratish, va ularga stipendiyalar ajratishni imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Umuman davlatimiz rahbari tashabbusni amalga oshirish yaqin istiqbolda quyidagi natijalarga olib keladi:

- yoshlar uchun intellektual platforma yaratiladi, yosh olim va tadqiqotchilar almashinuvi dasturlarini yanada rivojlantiradi;

- o‘z ilmiy ishlarida salmoqli natijalarga erishgan olimlar va innovatorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari hamda turli ko‘rik-tanlovlarning yosh g‘oliblarini birlashtiradi;

- yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot siyosatini olib borish, yosh avlodni ilmiy dasturlar va jarayonlarga jalb qilish borasidagi qarashlarini yaqinlashtiradi;

- yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot va o‘quv-anglash faoliyatini rag‘batlantirish, ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, shuningdek, intellektual salohiyatini rivojlantirishga turtki beradi.

Shuningdek anjumanda oliy ta’lim tizimida umumiy ta’lim standartlarini ishlab chiqqan holda yuqori sifatli ta’limni ta’minlashni takomillashtirishdagi muhim masalalar ham muhokama qilinishi belgilangan.

J.Eltazarov,

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros
 xalqaro universiteti birinchi prorektori, professor

  Zarafshon gazetasi 66-son.pdf

Kategoriya Yangiliklar

“Mening orzuim ushaldi”... Ha, hayotda his qilish mumkin bo‘lgan eng ajoyib tuyg‘u. “Tur-220” guruhining 3-kurs talabasi Jahongir Imomov (asli Namangan viloyatidan) Yaponiyaning Vakayama universitetidan o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi maktubni olganida xuddi shu hisni tuygan edi. U 2022-2023-o‘quv yilida “Yapon tili va madaniyati” kursida qatnashdi va almashish dasturiga ariza topshirish huquqiga ega bo‘ldi: yapon tilining asosiy bilimlari va IELTS 5,5 dan yuqori. Jahongir yapon tili fanidan “A” ball olish uchun ko‘p mehnat qildi va “Yapon tili” klubi faoliyatiga katta hissa qo‘shdi.

U 2023-yil oktabr oyidan boshlab Vakayama universitetida o‘qishni boshlaydi. U universitetning ingliz tilida o‘qitiladigan turizm kurslarida qatnashadi va Yaponiyada hayot kechiradi.

Unga Yaponiyadagi almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunlashi uchun eng yaxshi tilaklarni tilab qolamiz!

Kategoriya Talabalar hayoti

2023-yil 2-iyun Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Xolboyev, “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari B.Obloqulov, Z.Maxmudova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi o‘qituvchisi S.Zoxidov va universitet tayanch doktoranti Sh.Toyirova tashrif buyurishdi. Tashrif davomida universitet professor-o‘qituvchilari bilan texnikum o‘qituvchilari birgalikda ta’lim metodikasi hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Kategoriya Yangiliklar

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Fullbright” dasturi bo‘yicha amerikalik assistent Shanel Nasir boshchiligida Samarqand ayollar lakros jamoasi tashkil etilganligini hamma biladi. Ta’kidlash joizki, bu birinchi marta O‘zbekiston universitetlaridan, lakros bo‘yicha darslar bizning universitetimizda tashkil etilgan.

27-may kuni Shanel Nasir bilan birgalikda universitet Sport klubi Tayloq tumanida joylashgan “Madaniyat” o‘yin maydonchasida universitetimiz jamoasi va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan amerikalik professor-o‘qituvchilar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz sportchi ayollari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqadan so‘ng barcha ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandilar va ziyofat uyushtirildi. Sportchilarimizga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Kategoriya Sport tadbirlari

Imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Pekin xalqaro tadqiqot universiteti vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu muhim qadam ikki nufuzli ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik almashinuv va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda yangi bosqichdir.

Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalardan iborat Pekin delegatsiyasi “Ipak yo‘li” universiteti ma’muriyati tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvning muhim maqsadi turizm, madaniy meros va global hamkorlik bo‘yicha tajriba va fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

Samarali muhokamalar davomida ikkala universitet vakillari ko‘plab umumiy manfaatlar va hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, seminar va konferensiyalar tashkil etish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, turizm va madaniy meros sohasidagi zamonaviy talab va muammolarga javob beradigan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Pekin xalqaro tadqiqot universiteti vakili samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun bunday uchrashuvlarning muhimligini takidlab o‘tdi. Shuningdek, u hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanishiga va ikkala tomon ham umumiy maqsadlariga erishishda muvaffaqiyat qozonishiga ishonishini aytdi.

“Ipak yo‘li” universitetining ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektori Toni Zou mehmonlarning tashrifidan mamnunligini bildirdi va Pekin xalqaro tadqiqot universiteti bilan hamkorlik “Ipak yo‘li” universiteti va uning ilmiy dasturlarini rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, bunday hamkorlik ikkala universitet talabalari va o‘qituvchilari uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, bu ularga bilim, tajriba va ilg‘or tadqiqotlar bilan bo‘lishish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Prof. D.Hoffman ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro tushunishni chuqurlashtirishga umid qildi. “Ipak yo‘li” universiteti talabalar dunyoqarashini kengaytirish va xalqaro tajriba orttirishga yordam beradigan qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini aytib o‘tdi.

“Ipak yo‘li” universiteti kelajakda Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti bilan turizm va madaniy meros sohasida bilim almashish, madaniy boyitish va akademik jamoatchilikni rivojlantirishga yordam beradigan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni kutmoqda.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 02 Iyun 2023 13:33

E’LON!

2023-yil 6-8-iyun kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi (TURKUNIB)”ning maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

2023-yil 2-iyun kuni soat 15:00da (universitet binosi 108-xona) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda:

1. “Ipak yo‘li’ turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Beknazarov Behzod Baxtiyor o‘g‘lining 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasini barqaror rivojlantirishda madaniy meros boyliklaridan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi;

2. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Xolbayev Shaxriyor Abdullayevichning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari 30-31-may kunlari “Sof Expo Samarkand” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari forumiga tashrif buyurdilar va quyidagilar bilan tanishdilar:

- oziq-ovqat sanoati vakillari;           

- gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar;

- mebel ishlab chiqaruvchilar;

- elektrotexnika ishlab chiqaruvchilar;

- avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchilar;

- ichki va tashqi turizm vakillari;

- qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchilari.

Kategoriya Yangiliklar
6 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar