Yangiliklar: Iyun 2023

Joriy yilning mart oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ilmiy tadqiqotlar” bo‘limi tomonidan talabalar uchun e’lon qilingan “Eng yaxshi innovatsion loyihalar” tanlovi 12-iyun kuni universitetning 108-xonasida o‘tkazildi. Unda talabalar tomonidan topshirilgan loyihalarning taqdimoti komissiya a’zolari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Tanlovdagi loyihalar 3ta yo‘nalish bo‘yicha qabul qilindi. Bular amaliy loyihalar, startap loyihalari va ilmiy loyihalar. Ishtirokchilar tanlovda jamoa bo‘lib va yakka tartibda ishtirok etishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra 3ta o‘rin aniqlanib, eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari 1-oʻringa “Bazaviy stipendiya miqdori”ning 3 baravari, 2-oʻringa 2 barobari va 3-o‘ringa 1 barobari miqdorida pul mablag‘lari  va sertifikatlar topshiriladi.

Kategoriya Talabalar hayoti

Shu kunlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘quv yili davomida o‘tgan fanlari bo‘yicha yakuniy imtihonlarini topshirishmoqda. Oliygohning “Tarix va madaniy meros” kafedrasi o‘qituvchisi, mohir pedagog Kamol Mustaev “Madaniyatlar chorrahasi, madaniyatlararo muloqot“ fanidan “Turizm menejmenti” fakultetining 1-bosqich 122 va 222-guruh talabalarini ingliz tilida sinovdan o‘tkazdi.

Shuningdek universitetning turkiyalik o‘qituvchisi Hasan Safo Tursun ham  “Cost accounting” fanidan 3-bosqich talabalarini og‘zaki tarzda sinovdan o‘tkazdi.

Kategoriya Talabalar hayoti

30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetitida ZAKOVAT QUIZ intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

O‘yin natijalariga ko‘ra;

1-o‘rin - “MONOPOLIYA” jamoasi;

2-o‘rin - “URFON” jamoasi;

3-o‘rin - “UTOPIYA” jamoalari egalladi.

G‘olib jamoalarga kitoblar jamlanmalari topshirildi.

G‘olib jamoalarni qutlab qolamiz!

Kategoriya Talabalar hayoti

Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!

30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetitida Kiber Sport bo‘yicha universitet kubogi tashkil etildi. O‘yinda 10ta jamoa ishtirok etdi.

G‘olib jamoalar:

  • ASSASSINS
  • INVISIBLE
  • LOGISTICS
Kategoriya Talabalar hayoti

2023-yil 26-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Amerika Fulbrayt ETA (Fulbrayt yordamchi o‘qituvchisi) Shanel Nassir hamda tillar kafedrasi o‘qituvchilari Gulrux Yusupova va Nargiza Axrorova tomonidan tashkil etilgan “Amerika nutq tanlovi” bo‘lib o‘tdi. Talabalarning notiqlikka qiziqishini oshirishga qaratilgan ingliz tilidagi nutq tanlovida “Ipak yo‘li”ning barcha talabalari ishtirok etish imkoniyati berildi. Saralash bosqichida “Sizningcha, bugungi kunda dunyo duch kelayotgan muammo nimada? Jahon hamjamiyati bu muammoni qanday hal qilishi kerak?” mavzusiga eng yaxshi javob yozgan 11 talaba og‘zaki taqdimot uchun saralab olindi. Tadbir kuni ishtirokchilar jonli nutqlarini Fulbrayt stajyorlaridan iborat mustaqil mehmon hay’ati baholadi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholandi: mazmun, taqdimot tili va vaqtni boshqarish.

Tanlov natijalariga ko‘ra 3-o‘rin “Plan-119” guruhi talabasi Gulnoza Djiyanovaga; 2-o‘rin – “Int-219” guruh talabasi Sitora O‘zbekova; va 1-o‘rin “Log-119” guruhi talabasi Ramziddin Ergashevga nasib etdi.

Barcha ishtirokchilar va g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar, birinchi o‘rin g‘olibi esa bosh sovrin – Apple AirPods Pro quloqchinlarini qo‘lga kiritishga sazovor bo‘ldi. Barcha ishtirokchilar esdalik sovgʻalari va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Tadbirdagi barcha sertifikat va sovg‘alar AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan taqdim etildi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202З-уil 26-арrеldаgi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va, xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tog‘risida”gi PQ-135-sonli qarorining 5z-ilova 46-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-martdagi “2023-yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shaxrisabz shahrining “2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 98-son qarori 3-ilovasining 7-bandida Samarqand shahrida “Focus on Tourism & Creative Economy” xalqaro kongressini o‘tkazish topshirig‘i ijrosi yuzasidan 2023-yil 22-23-iyun kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Focus on Tourism & Creative Economy” xalqaro kongressi o‘tkazilishini e’lon qilamiz.

Konferensiyada muhokama qilinadigan asosiy masalalar:

  • Kreativ iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan va ish o‘rinlari yaratadigan turizm sohasidagi tadbirkorlik yo‘nalishlarini tahlil qilish.
  • Turizm sohasidagi yangi ehtiyojlarni qondirish uchun turli xil ijodiy industriyalar yaratish loyihalari taqdimotini tashkil etish.
  • Turizmni rivojlantirishni rag‘batlantirishda kreativ iqtisodiyotning kuchli tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlarini tahlil qilish.

Tadbirkorlik subyektlari, yoshlar ishtirokida jahon bozorida turizm sohasidagi ilg‘or tajribalar, turizmning eng yangi kreativ turlarini mamlakatda joriy qilishga qaratilgan anjumanlar va seminarlar tashkil etishni nazarda tutadi.

Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, tadqiqotchilar, aspirantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya axborot xati e’lon qilinadi.

Kategoriya E'lonlar

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bugungi kunda 13 nafar xorijlik professor-o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelishayapti. O‘quv yili boshidan Turkiya, Avstraliya, Amerika Qo‘Shma Shtatlari, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Tojikiston  kabi davlatlardan shartnoma asosida tashrif buyurgan murabbiylar xalqaro munosabatlar, gid-tarjimon, turizm va madaniy meros, jahon tarixi kabi  fanlardan ingliz tilida bilim berib, yoshlarning mahoratli kasb egalari bo‘lishida o‘z tajribasini qo‘llab kelishmoqda. 

Kategoriya Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston – Yangi konstitutsiya

TALABA QIZLAR O’RTASIDA “SIZ YANGI QONUNNI BILASIZMI?” VIKTORINASI O‘TKAZILDI

        Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini sog’lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida Ayol - jamiyat ko’zgusi mavzusidagi tadbirlar doirasida 2023-yil 9-iyun kuni unversitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova hamda universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi S.Haydarovlar hamkorligida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” viktorinasi o‘tkazildi.

       Unda, universitetdagi mavjud yunalishlarda tahsil olayotgan  talaba qizlardan tashkil topgan “Yangi O‘zbekiston”, “Bibixonim”, “O‘zbegim qizlari”, “Qomus”, “Adolat”, “Lider qizlar” va “To‘maris izdoshlari” jamoalari bellashdilar. Mazkur viktorinada rektor maslahatchisi M.Roziqob, Yuridik byuro boshlig‘i O.Absamiyev, psixolog D.Turdiyeva, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i N.Mansurova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqova, tyutorlar G.Xusainova va D.Xusanova, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

       Viktorina “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘gartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasidagi savollar asosida o‘tkazildi.

       Viktorina natijalariga ko‘ra;

1-o‘rin  - “Lider qizlar” jamoasi;

2-o‘rin - “Qomus” jamoasi;

3-o‘rin - “To‘maris izdoshlari” jamoasi loyiq deb topildi.

G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori D.Xusanova 1-kurs talabalari bilan birgalikda Yoshlar Markazida “Mening qonunim- mening kelajagim” mavzusidagi soha mutaxassislari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ekspertlar qonunchilikning turizm va madaniy merosdagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Ular qonunlarning turizmning turli jihatlariga ta’siri haqida o‘z tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuvda ko‘tarilgan asosiy mavzulardan biri madaniy merosni muhofaza qilish edi. Mutaxassislar tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilish, shuningdek, madaniy boyliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini muhokama qildilar.

Talabalar mavzuga faol qiziqish bildirishdi va munozarada faol ishtirok etib, mutaxassislarga savollar berishdi.

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar