Yangiliklar: Mart 2023

2023-yil 6 mart kuni “Ipak yo’li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalariga “Study in UK” mavzusida Buyuk Britaniyaning Grinvich universiteti profressori Dr. Peter Vlachos online maruza qildi.
Eslatib o‘tamiz: 2022-yil maskut universitet bilan “Articulation Agreement” hamkorlik shartnomasi imzolanilgan. Bu hamkorlik natijasida universitet talabalari ko’rsatilgan tartibda mos kelganda Angliya universitetida o’qishlarini ko’chirib davom ettirib Grinvich diplomini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi

Kategoriya Yangiliklar

 “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  “Sport klubi” tomonidan 8-mart-"Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan joriy yilning 4-mart kuni Badminton sport turi bo’yicha "Sport malikasi" musobaqasi o‘tkazildi.

Tashkil etilgan ushbu sport tadbiriga universitetning xotin-qizlar jamoasi va  talaba-qizlari faol ishtirok etishdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra, universitetning faol ishtirok etgan xotin-qizlari va  talaba-qizlar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Kategoriya Yangiliklar

Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi  tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga  kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam sovg‘a qilidi.

Ushbu kitoblar Hindiston tarixi, madaniyati,turizmi,adabiyoti va me’morchiligiga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida professor-o‘qituvchi va talabalarimizga, shubhasiz, katta foyda keltiradi.

Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov rahbarligida kutubxonaga qisqa vaqt ichida, turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros kabi sohalar dunyoning barcha tomonlarida nashr etilgan 25 mingga yaqin kitob yetkazib berildi.

Universitet kutubxona fondiga mamlakatimizning xorijdagi diplomatik muassasalari ham o‘zining bebaho hissasini qo‘shmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi 25 YUNVTOning yozgi Bosh Assambleyasi har yili o'tkaziladigan HOTELga mezbonlik qildi BIZNES FORUM-2023 “O‘zbekistondagi mehmonxonalar, loyihalar va binolar; "Trendlar mehmondo'stlik: xizmatlarning hamkorligidan IT yechimlarigacha" bag'ishlangan xalqaro forum yilning 2-3 mart kunlari Toshkent shahrida bo'lb o'tdi. Ushbu forumda Turizm menejmenti o'qituvchisi G'ulomxasanov Erkin o'zininng "Talabalarning ko'nikmalarini rivojlantirish va ularni professional kadr sifatida yetishtirishda amaliy mashg'ulotlarning ahamiyati" mavzusi doirasida spiker sifatida ishtirok etdi.
Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm menejmenti kafedrasi bilan universitetning munosib vakili sifatida faxrlanadi.

Kategoriya Yangiliklar

    Nafosat, go’zallik, latofat - bu ta’riflar qizlar uchun atalgan. Joriy yilning 3-mart kuni universitet Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi noan’anaviy tarzda tashkil etildi.

    “O‘zbek milliy liboslari” va “Buvijonim kiygan liboslar tarixi” mavzusida “Lider qizlar” tomonidan tadbir o‘tkazildi. Uni o‘tkazishdan maqsad, buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat, betakror urf-odatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, shu bilan birga ularga sharqona odob-axloq fazilatlari, ularni kelajakda haqiqiy uy bekasi, sevimli ona va e’zozdagi buvijon bo‘lishlariga zamin yaratadi.

    Tadbir talaba-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, islohotlarga dahldorlik hissini yanada oshirishga qaratildi. Bu kabi olib borilayotgan ezgu harakatlar kelgusida xotin-qizlar faolligini oshirish hamda farovon turmushida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi

Kategoriya Yangiliklar

2 марта 2023 года в университете туризма и культурного наследия «шёлковый путь» прошли соревнования по бадминтону среди студентов вузов самаркандской области. в данном соревновании приняли участие команды 9 вузов. по итогам проведённых соревнований с международного университета туризма и культурного наследия «шёлковый путь» для участия в универсиаде – 2023, прошла отборочный  тур студентка 3-курса Ёқубова Мохина. Мы поздравляем нашу студентку, желаем удачи и победы в следующем туре!

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yoʻli” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti aʼzolari “Oʻzgarishlar akademiyasi” oliy taʼlim institutlari (OTM) uchun taʼlim sifati, oʻqitish va bitiruv natijalariga eʼtibor qaratuvchi moliyaviy, akademik va tashkiliy avtonomiyaga yoʻnaltirilgan intensiv salohiyatni oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar. “Change Academy” Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  bilan hamkorlikda olib boriladigan hamda Britaniya Kengashi va Advance-HE tomonidan tashkil etilgan Britaniya Kengashining Global hamkorlik dasturining bir qismidir.(https://www.advance-he.ac.uk/).

"Ipak yo'li" Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti universitet Change Academy jamoasi bilan universitetni yaxshi namoyon etgani bilan faxrlanadi.

Kategoriya Yangiliklar

Уважаемые коллеги!

Приглашаем Вас принять участие в работе Международного туристского форума «Трансформация экономики и социально-культурной сферы туристских дестинаций в эпоху глобальных кризисов» (далее - Форум), который состоится с 18 по 20 мая 2023 года в городе Сочи на базе ФГБОУ ВО «Сочинский государственный университет».

ИНФОРМАЦИОННОЕ ПИСЬМО

Kategoriya E'lonlar

 Bugun universitet talabalari o‘rtasida Badminton  o‘yinlari o‘tkazildi.

Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib oʻynaladigan tennisga oʻxshash sport oʻyini. Oʻyin toʻrtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha oʻlchovi 13,4x5,2 m va juftli oʻyinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan toʻrda oʻtkaziladi. Oʻyinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur oʻynaladi. Xar bir xol va juft boʻlganda koptokcha oʻngdan, toq boʻlganda chapdan uriladi. Juftli oʻyinlarda oʻng tomondan boshlanib, har xoldan keyin oʻyinchilar sherigi bilan oʻrin almashtiradi. Badminton  qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70-yillarida Angliyada rasm boʻlib, oʻyin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi. Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934-yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat aʼzo (1991). 1977-yildan jahon birinchiligi oʻtkazib kelinadi. 1992-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947-yildan), ayollar uchun Uber kubogi (1955-yildan) eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon turniri) esa norasmiy jahon chempionata hisoblanadi. Badminton  Oʻzbekistonda 50-yillardan rivojlana boshladi.

Kategoriya Yangiliklar

Faxriy mehmonni birinchi prorektor J.Eltazarov kutib oldi.

Tashkillashtirilgan ekskursiya davomida mexmonlar noyob smart-kampus va universitetning innovatsion kutubxonasi bilan tanishdi.

Mazkur tashkilotning asosiy faoliyati Germaniyada mehmonxona biznesi, xizmat ko'rsatish va boshqa sohalarda amaliyot uchun g'ayratli talabalarni jalb qilishdan iborat.

Kategoriya Yangiliklar
7 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar